Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet106/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

4.Me`morchilik va haykaltaroshlik. Er.avv. III asrdan boshlab shaharsozlik rivojlanishida yangi bosqichga chiqdi. Endi shaharlar reja asosida qurula boshlandi. Kichik Osiyodagi Antioxiya, Misrdagi Iskandariya, Pergandagi Priyena, Afg`onistondagi Oyxonim shaharlarida to`g`ri to`rtburchak shaklida qurilib, bir-birini kesishadigan to`g`ri ko`chalar, maydonlar, saroy-bog`lar, ibodatxonalar bunyod qilingan edi. Iskandariya shahriga er.avv. 322-yilda Iskandar asos soldi. Shaharda bir-birini kesishib o`tgan to`g`ri ko`chalar, saroy-bog`lar, xiyobonlar muhtasham uylar, ibodatxonalar mavjud. Ptolemey II buyrug`i bilan er.avv. 285-yilda Knidlik me`mor Sostrat dengizda kemalarga yo`l ko`rsatadigan mayoq qurilishini boshladi. Mayoq besh yil davomida qurib bitkazildi. Inshoot uch qavatli balandligi 120 metr, asosi har bir tomoni 30 metr kvadratni tashkil qilar edi. Mayoqdagi ulkan oynalar shulasi doimiy yonib turadigan gulxan yordami bilan uzoq dengizdan ko`rinib turar edi.
Mayoq binosi uzoq vaqt saqlanib qoldi, faqat XIV asrdagi yer qimirlashi natijasida u buzildi. Iskandariya mayog`i qadimgi dunyoning yetti mo`jizasidan oltinchisi hisoblanadi (1-Misr piramidalari, 2 Bobildagi Semiramida Osma bog`lari, 3 Ebesdagi Artemida ibodatxonasi, 4 Galikarnas mavzoleyi ibodatxonasi, 5 Rodosdagi haykal, 6. Olimpiyadagi Zevs haykali).
Bu davrda haykaltaroshlikning mahalliy maktablari texnik uslublari va badiiy qarashlari bilan farq qilar edi. Taniqli haykatarosh Lisipp o`zining Iskandar byustini yaratdi. Uning shogirdlaridan biri Lindlik Xaret Rodosdagi mashhur ulkan haykalni bunyod qildi. Lisippning boshqa shogirdi Yevtixid Antioxiyada baxt ma`budasi Tyuxeni haykalini ishladi. Ellin hukmdorlarining haykal portretlari yaratildi, haykaltarosh Praksitelning o`g`li Kefisodot va Timarx Iskandariya shahrida yashab ijod qildilar. Ular ellin hukmdorlari va shoir Menandrning portretini yaratdilar. Haykaltarosh Poliyevkt (er.avv. 280-yil) Demosfenning haykalini ishladi. Taxminan er.avv. III-II asrlarda haykaltarosh Agesandr mashhur “Miloslik mabuda Venera” haykalini yaratdi. Bu davrda bir necha haykallardan iborat guruhiy haykallar paydo bo`ldi (“Laokoon o`g`illari bilan”, “Farneza buqasi” haykallari guruhi).
Afrodita va boshqa ma’budalarning yalang`och haykallari ishlandi. Dramatizmda to`la Pergam maktabi Skopasga borib taqaladi. Pergam mehrobining frizi mazkur maktabning ajoyib yodgorligi bo`lib, unda ma’budlarning gigantlar bilan kurashi tasvirlanadi. Bu Pergam va boshqa ellin davlatlarining jangovar galat (kel’t) qabilalari bilan olib borgan og`ir kurashlarining ramzi edi. Rodos mashhur haykaltaroshlik maktabi Asippga borib taqaladi. Bu maktabda asosan haykallar baquvvat atletlarning tasvirlaridan iborat. Ellin davri me`morchiligi va haykaltaroshligi madaniyatning noyob namunalari sifatida bundan keyingi san`at taraqqiyotiga hayotbag`sh ta`sir qildi,

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling