Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
1. Ellinizmning mohiyati. Iskandar yurishlaridan boshlab to er. avv. II asrgacha Rim Yunoniston va Yaqin Sharqda o`z hukmronligini o`rnatganiga qadar bo`lgan davr G`arb adabiyotida ellinizm davri deb ataladi. Bu davrda savdo-hunarmandchilik, madaniyat o`choqlari-shaharlar jadal rivojlandi (Iskandariya, Antioxiya, Baqtra va boshqalar). Bu davrda O`rtayer dengizining g`arbiy qismi Sharqning boy qadimgi madaniyati bilan jadal tanishib, uning boy yutuqlarini o`zlashtirib ola boshladi.Ma`naviy-madaniy hayot, ilm-fan va san`at bu davrda yuksak darajada rivojlandi. Yangi ilm-fan o`choqlari, oliy maktablar vakutubxonalar paydo bo`ldi. Fan-texnikada kashfiyotlar, ixtirolar qilinib, nodir asarlar yaratildi. Yangi fan tarmoqlari paydo bo`ldi. Fanning taniqli arboblari o`zlarining nodir asarlarini yaratdilar. Ijtimoiy-siyosiy, falsafiy ta`limotlar shakllandi.
“Ellin” tushunchasi tarix fanida birinchi marta XIX asrning birinchi yarmida nemis olimi I. Droyzen tomonidan kiritildi. Droyzen bu tushunchani makedoniyalik Iskandarning bosqinchilik yurishlaridan keyingi katta tarixiy davrga nisbatan qo`lladi va uning mazmunini madaniy soha bilan chekladi. XX asrning 50-yillari boshlaridan ko`pchilik tarixchilar ellinizm davrini siyosiy-iqtisodiy, madaniy-mafkuraviy sohalarda ellin (G`arb) va mahalliy (Sharq) madaniyatining sintezi natijasida madaniy taraqqiyotning yangi bosqichi deb hisoblaydilar. Bu sintez qadimgi Sharqning ko`pgina hududlarini yunon-makedon istilolari oqibatida aniq tarixiy vaziyatda amalga oshdi degan tushuncha hukm suradi. Haqiqatga esa, er. avv. I ming yillikdan boshlab, ayniqsa, dunyoda birinchi bor uch qit`ani birlashtirgan ulkan Ahmoniylar imperiyasi davrida Sharq va G`arbning madaniy-iqtisodiy aloqalari va madaniyatlar muloqoti boshlandi. Aleksandr vafotidan so‘ng u tuzgan davlat uch qismga (Salavkiylar davlati, Makedoniya - Antogonidlar sulolasi , Misr - Ptolomeylar davlati) bo‘linib aynan shu mintaqalrga ellinistik madaniyatlar tarqalganligi, ellinistik dunyo deyilganda ham aynan shu geografik ob’ektlar tushinilishi manbalarda ko‘rsatib o‘tiladi69. Ellin davrinining uch yuz yillik xronologik davri uch tizimli izchil bosqichga bo`linadi: Birinchi bosqich Iskandarning Sharqqa yurishlari, uning davlatining tashkil topishi va diadoxlar urushlari natijasida bu davlatning yemirilishi (er. avv. 334-281-yillar)ni o`z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich (er. avv. 280-er. avv. II asr o`rtalari) yunon-sharq davlatchiligi, iqtisodiyoti va madaniyatining gullab-yashnagan davri. Ellin davrining yetuklik bosqichi. Uchinchi bosqich er. avv. II asr o`rtalaridan ellin davlatchiligining oxir-oqibatda yemirishga olib kelgan tushkunlik belgilarining yaqqol ko`rinishi, so`nggi Ellin davlati-Ptolemeylar Misrining er. avv. 30-yilda halokatga uchrashi va uning Rim davlati tarkibiga qo`shib olinishi bilan belgilanadi. Bu vaqt Ellin tafakkurini yaqqol so`nish davri edi. Ilgari Ellin davlatlariga qarashli butun hudud g`arbda Rim, sharqda Parfiya davlatlari tomonidan bo`lib olindi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling