Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet27/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

3. Davrlashtirish. Mesopotamiya hududida er. avv. IV ming yillikdan III ming yillikgacha ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilish jarayoni bordi. Shumerlarning er. avv. IV ming yillikni boshlarida Janubiy Mesopotamiyaga kelishi bilan Uruk madaniyati boshlandi.
Er. avv. III ming yillikdan boshlab mamlakatning janubiy qismida shumerlarning kichik shahar-davlatlari paydo bo`ldi. Er. avv. III ming yillik ilk sulola davri deb ataladi. Bu davrda ilk shahar-davlatlar paydo bo`ldi. Ayniqsa, janubda shumerlarning Eredu, Ur, Lagash, Larsa, Uruk, Umma, Shuruppak, Isin, Nippur va Kish kabi shahar-davlatlar paydo bo`ldi. Er. avv. III ming yillikning oxiri kuchli mutloq monarxiyalar tashkil topish davri hisoblanadi. Er. avv. XXIII-XXI asrlar siyosiy markaz Mesopotamiyaning markaziga ko`chib, bu yerda Akkad davlati tashkil topadi va uning tarkibiga Shumer janubi va Shimoliy Mesopotamiya kiradi. Kutiylar hujumi sababli, Akkad podsholigi yemirilib, yetakchilik Shumer-Akkad podsholigi qo`liga o`tadi.
Er. avv. II ming yillikning boshlarida Ikki daryo oralig`ida Bobil podsholigi yuksalib, Bobil boshchiligida butun mamlakat birlashtiriladi. Uning tarixi quyidagi davrlarga bo`linadi:
1. Qadimgi Bobil yoki amoriy davri (er. avv. XIX-XVI asrlar);
2. O`rta Bobil yoki kassit davri (er. avv.XV-XII asrlar);
3. Bobilning siyosiy tushkunlik davri (er. avv.XII-VII asrlar);
4. Yangi Bobilning qisqa qayta uyg`onish davri (er. avv. VII-VI asrlar ) va Eron tomonidan malakatning bosib olinishi.
Bosqinchilar ko‘payishi bois ko‘chmanchi odamlar o‘tror birlashmalarni bosib olgan. Nihoyat miloddan avvalgi 2004 yilda g’arbiy cho‘llik Ammoreylar Eronning yassi tog’liklardan kelgan odamlar bilan ittifoqda bir asrdan ko‘proq janubiy-g’arbiy Eron va butun Mesopatamiyaninazorat qilgan Urning 3-sulolasini yiqitdilar12.
4. Mesopotamiyaning qadimiy tarixiy manbalari. Qadimgi Mesopotamiya tarixi bo`yicha asosiy manbalarga moddiy madaniyat yodgorliklari, yozma hujjatlar va adabiy asarlar, antik mualliflar asarlari kiradi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling