Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Tarixnavislik . Mixxatning o`qilishi (deshifrovkasi).
Antik mualliflar asarlari. Antik mualliflar Mesopotamiya tabiati, iqlimi va aholisining urf-odatlari, diniy e’tiqodlari, yutuqlari va tarixiy afsonalari to`g`risida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar.
Mesopotamiya to`g`risida eng batafsil ma’lumotlarni Mesopotamiyaga sayohat qilgan yunon tarixchisi Gerodot beradi (er. avv V asr). Ko`p yillar Eronda yashagan Gerodotning kichik zamondoshi knidlik Ktesiy 23 kitobdan iborat «Eron tarixi» asarida Mesopotamiyaga ancha katta o`rin ajratgan. Ammo Ktesiy tarixini bayon qilish afsonaviy an’analarga asoslangan bo`lib, voqealarni soxtalashtirish, xatolarni ko`pligi uchraydi. Er. avv. V asrda fors shahzodasi Kirning yollanma qo`shinida askar bo`lib Mesopotamiyaga kelgan yunon tarixchisi Ksenofontning «Kiropediya» va «Anabasis» asarlarida Dajla va Frot daryo vodiylari tasviri, mamlakat xalqlari va urf-odatlari to`g`risida ma’lumotlar berilgan. Strabonning «Geografiya» asarining (er. avv. I asr-eramizning I asri) 16 kitobi Mesopotamiyaga maxsus bag`ishlanib. boy ma’lumotlar beradi. Mesopotamiya tarixi bo`yicha bir qancha ma’lumotlar Iosif Flaviy va Rim tarixichisi Pompey Trog asarlarida uchraydi. 5. Tarixnavislik. Mixxatning o`qilishi (deshifrovkasi). Mesopotamiya va Erongabirinchi ilmiy safar qilgan yevropalik odam XVIII asrdadaniyalik olim Konstantin Nibur edi. U Yevropaga qadimgi Eron poytaxti Persepol saroyidan mixxat yozuvlarini olib keldi. 1802-yilda qadimgi yunon va lotin grammatikasi o`qituvchisi, nemis olimi Grotofend mixxat yozuvining 39 tabelgisidan 10 tasini o`qidi. XIX asrning 30-40-yillaridaYaqin SHarqda uzoq yillar ishlagan ingliz harbiysi vadiplomati G.Roulingson mixxatlarning o`qilishida katta hissa qo`shdi. U Eronning Hamadon (Midiyaning qadimgi poytaxti Ekbatana) shahri yaqinidan Behistun qoyasidaDoro I ning uch tildagi ulkan tekshirdi. 1947-yilda Roulingson Behustun yozuvining Bobil qismidagi 600 belgidan 250 tasini o`qidi. 1855-yildaBehistun yozuvining uchinchi qismi bo`lgan elam tilidagi mixxatlar ham olimlar tomonidan o`qildi. XIX asrning 90-yillarida nemis olimi F. Delichakkad tilining grammatikasi va lug`atini yaratdi. Olimlar J. Oppenxeym, E. Xinks vaboshqalar Mesopotamiyaning Akkad mixxatlarini o`qishga o`z hissalarini qo`shdilar. SHumer mixxat yozuvini o`qish XIX asrning I yarmida F. Tyurgo-Danjan, O. Pepel, A. Daymel vaA. Falkenshteynlar tomonidan amalga oshirildi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling