Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savollar
- Ma`ruza№8 Mavzu: Qadimgi Ossuriya Reja
Tayanch tushunchalar: Tell-Amarna, protoxett, pankus, tuliya, A.Getse, “dengizdan-dengizgacha”, Y. G.Vinkler, tuxkante, Xattusi, Quyoshim, saxan, lussi, Nesa, dengiz xalqlari, Burusxan, Kussar, Xattusili, podsholarning “tarjimai hollari”, Kades, Labarna, arxivlar, iyeroglif yozuvlar, Tavr, Telepin, otboqar Kikulli, Tesub, Grozniy, “Mand jangchilari podshosi”.
Mustahkamlash uchun savollar: Kichik Osiyoning tabiati va aholisi haqida ma'lumot bering. Ilk davlat uyushmalari shakllanish holatini yoritib bering. Mitanni davlati va uning boshqaruv shakli haqida nimalarni bilasiz? Qadimgi Xett davlati va jamiyatining shakllanishi haqida ma'lumot bering. Old Osiyoda eramizdan avvalgi XIV-XIII asrlarda siyosiy yetakchilik uchun kurash haqida ma'lumot bering. Xett jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida ma'lumot bering. Xett madaniyati haqida ma'lumot bering. Ma`ruza№8 Mavzu: Qadimgi Ossuriya Reja: Qadimgi Ossuriya axolisi Ossuriya davlati taraqqiyoti Xorij istilolari Ossuriya madaniyati 1. Er.av. 2 ming yillik boshida xalqaro vaziyat Ossuriya uchun nobop holat kasb etgan edi. Amorey qabilalarining Shimoliy Mesopotamiyada joylashishi, O‘rta Yevfratda Mari davlatining ko‘tarilishi osuriylar uchun g’arbda savdo qilishga jiddiy to‘g’anoq bo‘ldi. O‘ta faol tashqi siyosat amorey sardori, Xammurapining katta zamondoshi Shamshi-Adad I (er.av. 1824-taxm. 1780 yy.) vaqtida olib boriladi. Er.av. XIX-XVIII asrlar bo‘sag’asida Ashshur Old Osiyoning yirik davlati markaziga aylandi va Shamshi-Adad I “ko‘pchilik shohi” unvonini o‘zlashtirib oldi. Er.av. XV asrning o‘rtasida 1- Bobil sulolasining ag’darilishidan so‘ng Ossuriya yosh davlat Mitanniga o‘lja bo‘ladi. Er.av. XV asrda ossuriylar o‘z davlatlarining avvalgi holatini tiklashga harakat qiladilar. Er.av. XIII asr Ossuriya davlati rivojining cho‘qqisi bo‘lib, bu davrda u tashqi siyosatda ham eng ko‘p muvaffaqiyatlarga erishadi. Ossuriya davlati taraqqiyoti Er.av. XII asrda Ossuriya to‘xtovsiz janglar bilan holdan toyib, kuchsizlanib qoladi. Ammo Tiglatpalasar 1 hukmronligi paytida (er.av. 1114-1076 yy.) unga yana avvalgi qudrati qaytib keladi va bu xalqaro vaziyatga o‘z ta'sirini ko‘rsatmay qolmaydi: Xett podsholigi qulaydi, Misr siyosiy tarqoqlik yo‘liga kiradi, Bobilning janubini xaldey qabilalari to‘ldirib yuboradi. Ossuriylar jamiyatining yuqori tabaqasini quldorlar sinfi tashkil etib, ular katta xususiy meros yerlarga, xizmatlari uchun olgan noxususiy yer bo‘laklariga ega, shohdan tortiqlar va sovg’alar, majburiyatlardan ozodlik olgan, qullarga ega yirik yer egalari, savdogarlar, kohinlar, mansabdor a'yonlardan iborat edi. O‘rta assuriy qonunlari aynan “kiborlar” huquqlarini himoya qilar edi. Aholining asosiy qismi – mayda ishlab chiqaruvchilar sinfi ozod yer egalari-jamoachilardan tashkil topgan edi.Aholisonio`sishibilan, hunarmandlarningyangivakillaripaydobo`ldi, jamiyatiyerarxiyagaasoslanabordi, qishloqlarshaharchalargaaylandi. Er.av. IX asr Ossuriyaning iqtisodiy va harbiy-siyosiy ko‘tarilishi davri bo‘lib, uni ko‘pincha “ikkinchi ko‘tarilishi” deb ataydilar. G’arb tadqiqotchilari asalarida. Qadimgi Ossuriyaning yuragi bo‘lmish Ashshur va Nineviya shaharlari Dajla daryosining yuqori oqimida joylashgan. Milloddan avvalgi IX asrga kelib Ossuriya gárbga tomon kengaytirish siyosatini boshladi va kuchli davlatga aylandi. Milloddan avvalgi 824-yilda butun O‘rta Yer mamlakatlarini bosib oldi va o‘lpon to‘lashga majbur qildi. Savdo yo‘llarni o‘z nazoratiga oldi16. Er.av. IX asrning oxiri va 8 asrning birinchi yarmida Ossuriya davlati bir qator sabablarga ko‘ra yana inqiroz va tushkunlik pallasiga kiradi. Er.av. IX asrdagi ko‘psonli urushlar, yurishlarda ishtirok etgan mamlakatning oddiy xalq ommasini ishlab chiqarishdan uzoq vaqtga ajratib qo‘yardi va bu Ossuriyaning iqtisodini pasayib ketishiga va mayda hunarmandlarning kasodga uchrashiga olib kelardi. Xalq ommasining nochor holiga tabiiy falokatlar: hosil bo‘lmasligi, epidemiyalar qo‘shilib, ular mamlakatning ichki siyosiy ahvolini og’irlashtirib, quyi qatlamlarning qo‘zg’olonini keltirib chiqardilar. Ossuriyada ayollar hokimyatni boshqargan, milloddan avvalgi 810-806-yillada qirolicha Shammuramat o‘g’li yosh bo‘lganligi sababli regentya’ni vaqtinchalik hokimyatni boshqargan17. 3.Ossuriyaning tanazzuliga er.av. VIII asrda yuzaga kelgan xalqaro vaziyat ham sababchi bo‘ldi. Old Osiyoning podsholiklari ichida birinchi o‘ringa Urartu ko‘tarildi. Ma’lum vaqt o‘tgach, istedodli harbiy rahbar Tiglatapalasar davrida Ossuriya davlati yanada ulkan davlatga aylandi. Tiglatapalasar o‘z qo‘lida hokimiyatni markazlashtirdi va shu tariqa imperiyanining mustahkamlashni va kengaytirishning ikkinchi bosqichini boshladi18. Er.av. 746-745-yillarda taxtga harbiy partiya yordami bilan yangi shoh Tiglatpalasar III keladi va u davlatning mustahkamlashishiga olib kelgan bir qator muhim islohotlar o‘tkazadi. Islohotlardan biri ma'muriy bo‘lib, u mayda yerlarni yiriklashtirib, ularning viloyat boshliqlari deb nomlangan hokimlarini markaziy hokimiyat tomonidan nazorat qilinishiga va ularning vazifalarini cheklashga qaratildi. Tiglatpalasar III ning boshqa islohoti harbiy soha va armiyada o‘tkazildi. Yirik va ajoyib tashkil etilgan armiyaga ega bo‘lgan, yangi bosib olingan yerlarni talab qilayotgan harbiy partiyaga suyangan Tiglatpalasar III (er.av. 745-727 yy.) bosqinchilik siyosatini tikladi. Tiglatpalasar III er.av. 737-yilga kelib sharqda Midiyaning ba'zi tumanlarida o‘rnashib olishga, janubda Bobilni keskin kurashda nafaqat yengdi, balki er.av. 729- yilda ushbu muqaddas shaharda taxtga o‘tirishga muyassar bo‘ldi. Bu barcha muvaffaqiyatlar Ossuriyani Old Osiyoning eng yirik davlatiga aylantirdi. Uning tarkibiga Mesopotamiya, O‘rta yer dengizi sharqiy sohilining katta qismi, Midiyaning bir qator viloyatlari kirdi. Tiglatpalasar 3 paytida birinchi marta xalqlarni osuriylar egallagan bir viloyatdan boshqa viloyatga yoki bevosita Ossuriyaga tizimli ravishda ko‘chirishni amalga oshirdilar. Tiglatpalasar III ning vorisi – Salmanasar V (er.av. 727-722 yy.) davrida saroydagi harbiy partiyaning kuchayishi davom etdi. Kohinlar va savdogarlarning noroziligi, shuningdek Isroil podsholigi bilan urushning cho‘zilib ketishi Salmanasar V ning ag’darilishi va sulolaning kichik vakillaridan biri – Sargon II ning (er.av.722-705 yy.) taxtga kelishiga yordam berdi. Sargon II hukmdorligi vaqtida Ossuriya Isroil podsholigini yakson qildi. Uning qo‘shinlari er.av. 722 yilda uch yillik qamaldan so‘ng hujum bilan uning poytaxti Samariyani egallaydilar va yakson qiladilar, aholisini esa yangi yerlarga ko‘chiradilar Sargon II boshqaruvi yillari Ossuriyaning yangi poytaxti – shohning ajoyib saroylar, bog’lar va ibodatxonalarga ega qarorgohi joylashgan Tigrdagi Dur-Sharrukin shahriga asos solinadi (hozirgi Xorsobodga yaqin). Sargon II ning o‘g’li – Sinaxxerib (er.av.705-681 yy.) meros sifatida katta, ammo unchalik tinch bo‘lmagan davlatni oladi. Uning boshqaruvi butunlay Ossuriya zabt etgan davlatlarning qarshiligini bostirish bilan o‘tadi. Er.av. 681 yilda u suiqasd tufayli vafot etadi. Uning o‘limidan so‘ng Sinaxxeribning kichik o‘g’li Asrxaddon (er.av.681-669 yy.) taxtni egallaydi. U harbiy partiya manfaatlarini savdo-sudxo‘r va kohin doiralari manfaatlari bilan ustalik bilan birlashtirish orqali mamlakat ichidagi vaziyatni barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Asrxaddon o‘z podsholigining asosiy vazifasi - Misrni bosib olish deb bilar edi. Er.av. 671 yilda Asarxaddon Misrni bosib oladi va an'anaviy Misr fir'avnlari unvonlarini qabul qiladi. 4.Ossuriya davlati Nilning birinchi ostonalaridan Kavkaz ortigacha, Eron yassi tog’liklaridan Kichik Osiyogacha, O‘rta yer dengizidan Fors qo‘ltig’igacha yoyilgan edi. Ashshurbanapal (er.av. 669-taxm. 633 yy.) o‘sha davrdagi Ossuriya poytaxti Nineviyada Qadimgi Sharqdagi 30 000dan ortiq loy taxtaga yozilgan eng katta kutubxonani yaratadi. Ossuriya jamiyatini titratib turgan ijtimoiy ziddiyatlar, siyosiy birlikning yo‘qligi, ulkan davlatni boshqaruv tizimini tashkil etishdagi xatoliklar, mute davlatlar va xalqlarning kun sayin kuchayib borayotgan kurashi Ossuriyani halokatga olib kelgan asosiy sabablardandir. Hikoya qilinishicha Janubiy-g’arbiy Osiyoda vujudga kelgan Yangi Ossuriya davlati.“Yangi Ossuriya” podsholigi davri deb atalib er avv. 911-612 yillarni qamrab olishi ta’kidalangan19. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling