Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savollar
- Ma`ruza№7 Mavzu: Qadimgi Xett davlati
Tayanch tushunchalar: Bobil, Elam, Rimsin, kass, Xammurapi, Ur, avelium, vardum, Mari, Samsuilin, Mari, Vardum, Redum, zikkurat, kassit, redum, qudurru, mushkenum, Elam, Navuxodonosor I, Issin, Dajla, Frot, tadbirkorlik uylari, Nabopalasar, xaldey, Esagila, Eron, sub ijara, Kayxusrav.
Mustahkamlash uchun savollar: Qadimgi Bobil davlati va uning markashlashgan davlatga aylanishidagi asosiy omillar nimalardan iborat bo‘ldi? Xamurappi davrida amalga oshirilgan islohotlar va ularning amaliy natijasi haqida ma'lumot bеring. Xamurappi qonunlari asosida Qadimgi Mеsopotamiyadagi ijtimoiy va iqtisodiy axvolni taxlil qilishga xarakat qiling. Xammurapi qonunlarida qadimgi Bobilning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Xammurapi qonunlarida mulkchilik munosabatlari. Yangi Bobil podsholigining ichki va tashqi siyosati. Er. avv. I ming yillikda Bobilda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Ma`ruza№7 Mavzu: Qadimgi Xett davlati Xett davlati tarixi manbalari va tarixnavisligi. Davlatchilikni sakllanishi Yangi Xett podsholigi davrida buyuk Xett davlati (er. avv. XIV -XII asrlar). Xett davlati harbiy tashkiloti. Xett diplomatiyasi. Yangi Xett podsholigi davrida iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar. Xett madaniyati. Mitanni. 1. Xett davlati tarixi manbalari va tarixnavisligi. Er. avv. II ming yillikda halokatga uchragan Xett davlati to`g`risida tarixiy ma’lumotlar XX asr boshlarigacha deyarli yo`q darajada edi. Bu vaqtgacha Kichik Osiyo va Shimoliy Suriyada sirli iyeroglif yozuvlar va tasvirlar topilgan edi. 1887 yil tadqiqotchilar Tell-Amarna arxividagi diplomatik yozishmalarda Xett podshosining Misr fir’avniga tengligi (uning birodari ) eslatib o`tiladi. Bu kashfiyot Old Osiyoda qadimda yana bir buyuk davlat mavjud bo`lganini ko`rsatadi. 1906 yil nemis olimi Y. G. Vinkler Bug`ozqoyada (Turkiya) xettlar poytaxti Xattusi xarobalarida arxeologik qazishmalarga kirishadi. Qazishmalar natijasida Yaqin Sharq tillarida bitilgan o`n minglab taxtachalardan iborat arxiv, jumladan, Xett-Misr tinchlik shartnomasining mixxat varianti topiladi. Chex tadqiqotchisi B. Grozniy 1915 yilda chuqur tadqiqotlar natijasida xett tili hind-yevropa tillar oilasiga mansub degan xulosaga keladi. Natijada Xett davlati tarixini o`rganish kuchayib ketadi. Olim A.Getse 1933 yil Xett davlati tarixini umumiy ocherkini yaratdi. Bundan tashqari A. Getse 1933 yilda Kichik Osiyo tarixi umumiy ocherkini chop etadi. Muallif Xett davlatining harbiy va sulola tarixiga asosiy e’tiborini qaratadi. U Xett jamiyatining bir qancha ijtimoiy-siyosiy muassasalari o`xshashligiga (yer-mulk, majburiyatli yer egaligi) asoslanib, xettlarning ijtimoiy tizimini feodal tuzum deb ta`rifladi. Lingvist va arxeologlar Xett madaniyati asoslarini yaratishda protoxettlar, xurrit qabilalarini o`rnini ko`rsatadigan dalillarni topdilar. Kichik Osiyo davlatchiligida bevosita Xettdan keyin Yunon tasiri kuchayib, Troya davlati tashkil topib o‘z davrning qudratli davlatiga aylanadi. Qadim Troyani tadqiq 1870 yildan etgan nemis olimi G. SHliman aynan Turrkiyaning shimoliy – g’arbiy xududlarida eramizdan avvalgi 2 min yillikning oxirlarida o‘ziga hos davlatchilik bosqichi bo‘lganligini aniqladi15. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling