Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
Isroil – Yahudiy podsholigi. Isroil qabilaviy ittifoqi er.av.XIII asrda jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi. Uning o‘zagi Misr shohi fir'avn Merneptax tomonidan yakson qilinib, ular Falastindan siqib chiqarilgan edi va ehtimol, tarqab ketgan edi.
Isroilliklarning boshqa bir guruhi yana ham ilgariroq Misrda o‘troqlashgan bo‘lib, ammo er.av. XIII asr oxirida uni tashlab chiqib ketadi va Sinayga joylashadi. Bu Misrdan rixlat (ko‘chish) to‘g’risidagi qadimgi yahudiy rivoyatida o‘z aksini topgan. Sharqiy O‘rta yer dengizi uchun notinch davr – er.av. XIII-XII asrlarda isroillik guruhlar birlashib (Misrdan chiqqan yahudiylarning anchayin madaniy va tashkiliy jihatdan kuchliroq bo‘lgan), yana Falastinga Iordan ortidan bostirib kiradilar. Er.av. XII asrda Isroil Falastin hududida o‘n ikki qabila ittifoqi sifatida butunlay shakllanib bo‘ladi. Saylanuvchi sardorlar – “shofetlar”(sudyalar) oliy kohin hisoblanib, qabilaning ko‘ngilli qo‘shinlari ustidan qo‘mondonlik qilardilar, tinchlik paytida esa ular qozilik qilar edilar. Er.av. XI asr boshida Falastinda filistimlik harbiylar taxtga keladi. Isroilning qabilaviy tizimi qarshilik ko‘rsatishga noqobil ekanini ko‘rsatadi. Filistimliklar bilan kurashda omadli harbiy yetakchilar yetishib chiqadi. Shulardan biri – Saulni yahudiy qabilalari Isroil shohi deb saylaydilar. Shoh hokimiyatining o‘rnatilishi zodagonlar qarshiligiga qaramay asosiy ko‘pchilik tomonidan jadal qo‘llab-quvvatlanadi. Saul o‘z yaqinlarini armiya mingboshisi va yuzboshisi qilib tayinlaydi, ularga dalalar va uzumzorlar tortiq qiladi. Bu mulozamat zodagonlarni noroziligini keltirib chiqaradi. Ammo Saul omadsiz qo‘mondon bo‘lib chiqadi. Filistimliklardan to‘la mag’lub bo‘lgach, o‘z joniga qasd qiladi. Uning kuyovi Dovud shohlikni qabul qiladi (er.av. 1000-965 yy.). U markazlashgan monarxiya tashkil etish siyosatini olib boradi G’arb olimlari tadqiqotlarida Dovud hukmronlik yillari (er. avv.1000-960-y.y) deb ko‘rsatiladi22. Uning davrida Quddus qo‘shib olinib, yangi podsholik poytaxtiga aylantiriladi. Mamlakatni boshqarish uchun markaziy davlat boshqaruvi tuziladi. Uning boshida oliy mansabdor shaxs turgan. Dovudning tashqi siyosati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan edi. U filistimliklar bilan sulh shartnomasi tuzadi. Dovudning o‘rniga uning o‘g’li Solomon taxtga o‘tiradi(taxm. er.av.965-928 yy.). An'anaga ko‘ra u donoligi uchun ko‘kka ko‘tariladi, oqil va odil hakam qilib tasvirlanadi. Solomon hukmdorligida qurilish ishlariga katta e'tibor beriladi Sulaymon Yaxva xudosi sharafiga Quddusda yorqin jilolangan ehrom qurdiradi. Bu dinda montestik qarashlar olg’a surilgani ilk dinlardan biri ekanligi bilan ahamiyatlidir23. Bu barcha binolarni bunyod etish uchun Tir shohi Axiram Solomonga eng yaxshi ustalar va rassomlarni, qurilish materiallarini yuboradi. Buning uchun Solomon Axiramni bug’doy va zaytun moyi bilan ta'minlardi, unga yigirmata shaharni ham berib yuboradi. Quruvchilik faoliyatining keng yoyilishi va saroyni ushlab turish katta mablag’lar talab qilardi. Bu esa soliqni ko‘paytirishga olib keladi. Isroil -Yahudiy podsholigi hududi 12 viloyatga bo‘linib, ularning har biri bir yilda bir marta bir oy davomida saroyga oziq-ovqat keltirardi. Mehnat majburiyati kiritilgan edi. Solomonning hukmdorligi so‘ngida davlatning tashqi siyosiy ahvoli og’irlashadi. Shimoliy chegara ortida kuchli Damashq podsholigi paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik qabilalar Yahudiyadan ajralib, yangi Isroil podsholigini yaratadilar. Keyinroq (Er.av. IX asrda) uning poytaxti etib yangitdan bunyod etilgan Samariya e'lon qilinadi. Dovud va Sulaymon tomonidan tashkil etilgan davlat doirasida chuqur diniy va madaniy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Bugungi kunda Quddusdagi buyuk ibodatxonalardan biri dunyodagi boshqa barcha ibodatxonalardan ancha yuqori mavqega ega24. Ilohiy diniy rahbarlardan eng shavqatsizlaridan Ishayo (taxminan mil. avv. 720-yil), Ezra (taxminan mil. avv.600-yil) va Eramiya (taxminan mil. avv. 590-yil) lar o‘ziga xos monoteistik din va madaniyatni shakllantirishda asosiy rol o‘ynashgan. Ularni yangi bir ma’bud, bir xudo va bir ma’naviy tizim g’oyasiga qarshi) ilohiy qirg’in qilish tahdidi ham to‘xtata olmadi25. Er.av. 722 yilda Ossuriya shaharni egallab oladi va Isroil davlati tugatiladi. Janubiy podsholik yana 120 yil yashaydi. Er.av. 587 yilda bobilliklar Quddusni bosib olib, talaydilar. Uning hududida Yangi Bobil viloyati paydo bo‘ladi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling