Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Janubiy Arabistonning qadimgi davlatlari


Download 1.44 Mb.
bet47/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

4. Janubiy Arabistonning qadimgi davlatlari. Arabiston yarim oroli janubi va janubiy-g`arbida (hozirgi Yaman Arab Respublikasi va Yaman Arab Demokratik Respublikalari hududi) er. avv. X-IX asrlarda bir necha davlatlar vujudga keldi. Janubiy Arabistonning chekka shimolida bosh shaharlari Isil va Karnava bo`lgan Main davlati tashkil topdi. Maindan janubroqda markazi Marib shahri bo`lgan Saba, undan janubroqda poytaxti Timna bo`lgan Kataban, Katabandan janubroqda Ausan davlati, sharqroqda markazi Shabva bo`lgan Xadramaut davlatlari bor edi.
Qadimgi Yaman davlatlari er. avv. IX-VIII asrlarda shakllana boshladi. Er. avv. VI-V asrlarda Main, Kataban, Saba va Xadramaut davlatlari o`rtasida yetakchilik uchun kurash boshlandi. Saba, Kataban va Xadramaut dastlab Ausanga qarshi birlashib, kurash boshladilar. Natijada Ausan Katabanga qo`shib olinadi. Main davlati Kataban va Sabaning tazyiqiga zo`rg`a bardosh beradi. Er. avv. III-I asrlarda zaiflashib qolgan Kataban Arabistondagi eng kuchli davlatlar Saba va Xadramaut tomonidan bo`lib olindi. Er. avv II asrda eng qudratli davlat Saba podsholigi bo`lgan. Saba gullab-yashnagan davrida uning hududi Qizil dengizdan Xadramautgacha, Markaziy Arabistondan Hind okeanigacha cho`ziladi. Bu davlat Yaqin Sharq bilan yaqin aloqalarni o`rnatdi.
Er. avv. II asr oxirida shu vaqtgacha Kataban tarkibida bo`lgan, poytaxti Zafar bo`lgan yangi Ximyarit davlati yetakchi o`ringa chiqdi. Eramizning IV asr boshlarida Ximyarit davlati butun Janubiy Arabistonga o`z hukmronligini o`rnatdi. Ximyarit davlati davrida Janubiy Arabiston va Efiopiya o`rtasida urush va tinchlik munosabatlari hukm surdi.
Er. avv. I ming yillik o`rtalaridan eramizning I ming yillik o`rtalarigacha Arabiston Yunoniston, Ptolomeylar Misri va Rim imperiyasi bilan juda serqatnov savdo aloqalarini olib bordi. Bu aloqalar hududda savdo-hunarmandchilikning rivojlanishiga ijobiy ta`sir qildi. Ko`chmanchi chorvadorlar savdo yo`llarini qo`riqlashda faol ishtirok etdilar.
Janubiy Arabiston davlatlari iqtisodiyoti birinchi navbatda, sun'iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik va ko`chmanchi chorvachilik bilan belgilanadi. Saba davlati hududidagi Marib to`g`oni (uzunligi 600 metr, balandligi 15 metr) er. avv VII asrda qurildi va XIII asr davomida hududning sug`orma dehqonchilikida suv ta`minotini amalga oshirishda yetakchi o`rin tutdi. G`alla, poliz ekinlari, xurmo o`stirildi. Yirik va mayda chorva mollari va tuya boqilgan. Hunarmandchilik sohalaridan toshga ishlov berish, qurilish ishlari, metallarni qayta ishlash, kulolchilik, to`quvchilik va teriga ishlov berish yuqori darajada rivojlanadi.
Er. avv. I ming yillikda Janubiy Arabiston iqtisodiyotini tushkunlikka uchrashiga bir necha omillar sabab bo`ldi. Ulardan biri yunonlar, misrliklar va forslarning Arabistonni chetlab o`tib, bevosita Hindiston bilan aloqa o`rnatishlari edi.Endilikda quruqlikdagi xavfli savdo yo`lidan ko`ra, xavfsizroq bo`lgan dengiz yo`li yetakchi o`rinni egalladi. Tushkunlikka sabab bo`lgan ikkinchi omil mavjud sun'iy sug`orish tizimlarining yemirilishi, iqlimning o`zgarishi bilan hosildor yerlarning sahroga aylanishi bo`ldi. Bundan tashqari, ichki va tashqi urushlar Janubiy Arabiston davlatlarining tushkunlikka yuz tutishiga sabab bo`ldi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling