Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma`ruza №12 Мавзу:Arabiston yarim orolining qadimgi davlatlari
- 1. Geografik o`rni, iqlimi va aholisi.
Tayanch tushunchalar: Suriya, Falastin, Yamxad, Zimrilim, Xaleb, Falastin, Yaxmos , Suriyaning Kadet, Amur, Ugarit, filistim, peleset, Finikiya, Sidon, Xiram, Adad-nerari III, Merneptax , shofetlar”(sudyalar), Saul, Dovud, Solomon , Isroil, Quddus, Yangi Bobil.
Mustahkamlash uchun savollar: Finikiya tabiati va aholisining asoasiy mashg’uloti haqida nimalarni bilasiz? Finikiy yozuvi va uning boshqa xalqlar yozuvlarining genezisiga ta'siri qanday bo‘lgan? Finikiy -Xett munosabatlarini qo‘shimchalar manbalar yordamida tahlil eting? Isroil – Yaxudiy davlatining rivojlanish va inqirozga uchrash sabablarini tahlil eting. Suriya, Finikiya, Falastin davlatlarining jahon tarixi va madaniyatiga qo‘shgan xissasini qo‘shimcha ma'lumotlar yordamida qiyosiy tahlil eting. Ma`ruza №12 Мавзу:Arabiston yarim orolining qadimgi davlatlari Режа:
Geografik o`rni, iqlimi va aholisi. Qadimgi Arabiston tarixi manbalari va tarixshunosligi. Shimoliy Arabiston Janubiy Arabistonning qadimgi davlatlari. Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti. Qadimgi Arabiston madaniyati. 1. Geografik o`rni, iqlimi va aholisi. ArabistonOsiyodagieng katta yarim orol bo`lib, 3 mln. kv. km. hududni egalladi. Uni g`arbda Qizil dengiz, sharqda Fors va Ommon qo`ltiqlari suvi, janubda Adan qo`ltig`i va Arabiston dengizi yuvadi. Arabistonning bepoyon yerlari asosan sahrolardan iborat. Daryolar juda kam. Arabiston yarim oroli tabiiy boyliklarga boy. Qadimgi Sharqda o`zining ziravorlari va xushbo`y moylari bilan mashhur edi. Ziravor va xushbo`y moylardan qadimda kosmetika va parfyumeriya, tibbiyot, diniy marosimlarni bajarishda foydalanilar edi. Arabistonni o`rab turgan dengizlardan qadimdan marvarid, qizil va qora marjonlar olingan. Yarim orolda oltin, temir, qalay, mis va surma kabi xomashyolar va tuz konlari mavjud bo`lgan. Janubiy-g`arb va janubiy-sharqda qadimda oq marmar, oniks, alebastr; qimmatbaho toshlar: zumrad, berulliy, feruza bor edi. Arabiston yarim orolining er. avv. IV-III ming yilliklardagi aholisi to`g`risida aniq ma’lumotlar yo`q. Shumer hujjatlarida Magan va Meluxxa (ba’zi tadqiqotchilar, Magan Arabiston yarim orolining sharqi deb taxmin qiladilar) mamlakatlari to`g`risida eslatib o`tiladi. Arabiston yarim orolining janubiy qismidan ilk paleolit olduvay qurollariga o`xshash qurollar topildi. Bu topilmalar Janubiy Arabiston Sharqiy Afrikadan boshlangan odamlarning tarqalish yo`llaridan biri bo`lganidan guvohlik beradi. Qadimda Arabiston yarim oroli sersuv daryo vodiylari, boy flora va faunaga ega bo`lgan. Er. avv. VIII-VII ming yilliklardan boshlab yarim orolning qariyb butun hududida qurg`oqchil iqlimning mutloqo hukmronligi boshlanadi. Odamlar Arabistonni tashlab ketdilar. Faqat uning chekka janubida va sharqida bir-biri bilan zaif aloqada bo`lgan alohida suvli voqiylar saqlanib qoldi. Er. avv. VIII ming yillikdan odamlar yashashi uchun qulay iqlim yarim orolning sharqiy qirg`oq qismi (Qatar), keyin er. avv. VII-VI ming yilliklarda Markaziy va Janubiy Arabiston (Rub-el-Xalilning janubiy-sharqiy qismi, Shimoliy Yaman, Xadramaut)da vujudga kelib, bu hududlarga odamlar kelib o`rnasha boshladilar. Arabistonning sharqiy qirg`og`i bo`ylab er. avv. V ming yillikdan El-Ubayd madaniyati, keyin Jamdat-Nasr madaniyati odamlari joylashdilar. Sharqiy Arabiston er. avv. III ming yillikda, ayniqsa, Magan (Omon) Janubiy Mesopotamiya, Baxrayn va Shimoliy-G`arbiy Hindiston bilan dengiz savdosiga kirishdi. Arab dengizchilari Hind okeaniga yo‘l olib, Sharqiy Afrika, Sharqiy O‘rtayer dengizi, Hindiston va Arabiston yarimoroli, Janubiy Osiyo va Sharqiy Osiyo kabi davlatlar bilan aloqa o‘rnatdi26. Arabiston yarim oroli orqali qadimda xalqaro savdo yo`llari o`tgan. Bosh savdo yo`li «Xushbo`y moy yo`li» deb atalgan. Arabistonning janubiy-sharqi ikki yo`nalish bilan Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`iga borgan: biri G`azo va Ashdod, boshqasi Tir va Damashqqa yo`nalgan. Yana bir savdo yo`li Janubiy Arabistondan Janubiy Mesopotamiyaga boradi. Bundan tashqari, Arabiston qadimda Qizil dengiz va Fors qo`ltig`i dengiz yo`li orqali Sharqiy Afrika va Hindiston bilan savdo aloqalarini o`rnatdi. Er. avv. II ming yillikda Arabiston yarim orolining janubiy-g`arbida somiy tillarining janubiy arab shevasida so`zlashadigan Saba, Mina va Kataban qabila ittifoqlari vujudga keldi. Arabistonning shimoliy-g`arbiy qismida er. avv. II ming yillikda midianit qabilalari yashagan. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling