Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet32/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Tayanch tushunchalar: Frot, Dajla, fauna, El-Ubayd, melioratsiya ishlari, ubtropik zona, SHumer, Akkad, semit, amoriy, gutiy, kassit, xurrit, oromiy, Eredu, Uruk, Eshnunna, Ashshur, Nineviya, Murashu uyi, SHulyoga, Lipit-Ishtar, deshifrovka, Tell-Amarna, Umma, Rimush, «Kalxatlar stelasi», Urukagina, Sargon II, «Bobil va Xaldey tarixi», «Gilgamesh va Aga», Ktesiy, Ksenofont, «Anabasis», Hamadon, Kunjik tepaligi, Xorsabod, Dur-SHarrukin, A.Oppenxeym.


Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Qadimgi Mesopotamiyaning geografik joylashuvi va aholisi haqida nimalarni bilasiz?

  2. Mesopotamiya xudularida ilk davlat uyushmalari qachon vujudga keldi?

  3. Mesopotamiyada vujudga kelgan shaxar davlatlar va ularning siyosiy boshqaruvi xaqida ma'lumot bering?

  4. Ossuriya davlati va uning boshqaruv shakli xaqida ma'lumot bering.

  5. Ossuriyaning Old Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarini qo‘shimcha manbalardan foydalanib kengroq yoritib bering.

  6. Qadimgi Mesopotamiyadagi diniy e'tiqodlar va ularni xalqning turmush tarziga tasirini ochib bering.

  7. Mesopotamiya madaniyatini jahon madaniyatiga ta'sirini misollar yoradamida tahlil eting.


Ma`ruza№6


Mavzu:Qadimgi va Yangi Bobil podshohligi



  1. Bobilning yuksalishi.

  2. Xammurapi qonunlari.

  3. Bobilning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti.

  4. Bobil kassit sulolasi davrida.

  5. Bobil er. avv. II ming yillik oxiri-er. avv. I ming yillikning I yarmida. Yangi Bobil podsholigi.



1. Bobilning yuksalishi. Iqtisodiy tushkunlik, ko`chmanchi amoriy qabilalarining hujumi, Ur sulolasining yemirilishi Mesopotamiyada siyosiy tarqoqlikka olib keldi. Amoriy va Akkad davlatlari bir-birlari bilan shafqatsiz urushlar olib bordilar. Er. avv. 1800-yillar atrofida Mesopotamiya janubini Larsa podsholigi, markazni Bobil shahri va Eshnunna shahar-davlatlari, Yuqori Mesopotamiya va Mari podsholigini er. avv. XIX asr oxirida amoriy hukmdor Shamshi-Adad (1824-1870-yillar atrofida) davlati egallab olgan edi.Bu vaqtda Janubiy Mesopotamiyada akkadlar shumerlarni to`la assimilyatsiya qildilar. Amoriylar sulolasi asoschisi yo`lboshchi Sumuabum edi.


O`zaro urushlar shahar-davlatlarni zaiflashtirdi. Larsa shahrini Elam bosib oldi. Elam hokimi Rimsin (er. avv. 1822-1763-yillar) kanallar va ibodatxonalar barpo qildi. Uruk, Nippur, Issin va Larsa shaharlari Elamga qaram bo`ldi.
Bu davlatlar o`rtasida Mesopotamiyada o`z hukmronligini o`rnatish uchun o`zaro urushlar uzoq davom etdi. Bu urushlar davomida asta-sekin Mesopotamiyaning markazida strategik jihatdan mudofaa va himoya uchun qulay joyda joylashgan Bobil (Bab-ili «xudo darvozasi») shahri yuksala boshladi. Bu shaharda I Bobil yoki amoriylar sulolasi hukmronlik qilib, uning boshqaruvi tarixda qadimgi Bobil (er. avv. 1894-1595 yillar) davri deb nom oldi. Mesopotamiyaning markazida joylashgan Bobil shahrining yangi siyosiy markaz sifatida roli kuchayadi. Ikki daryo oralig`ining qoq o`rtasida joylashuv, barcha sun'iy sug`orish inshootlarining va Old Osiyoning quruqlik va daryo yo`llarining tutashgan joyda o`rnashgani Bobilning siyosiy, iqtisodiy markaz bo`lishiga qulay omillar bo`ladi. Bobil ham aynan shu daryolardan oziqlanib ulg’aygan tamaddun uchoqlaridandir.
Bobilning gullab-yashnashi I Bobil sulolasining oltinchi podshosi Xammurapi (er. avv. 1792-1750 yillar) davriga to`g`ri keladi. Xammurapi dono, uzoqni ko`ra oladigan davlat arbobi, ayyor diplomat, yirik strateg, adolatli qonunshunos va mohir tashkilotchi edi. Xammurapi Bobil uchun foydali bo`lgan ittifoqlar tuzishda mohir diplomat bo`lib, bu ittifoq o`z vazifasini o`tab bo`lgach, tezda undan voz kechgan. Xammurapi dastlab Larsa bilan ittifoq tuzadi va janubda Ur va Issin shaharlarini bosib oladi. Mari bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib oladi. Unga xavfli raqib bo`lgan Elamni 10 yillik urushdan so`ng, Mari podshosi Zimrilim qo`shinlari bilan birlashib, er. avv. 1764-yilda yanchib tashlaydi. Mari bilan birgalikda sobiq ittifoqchisi Larsani o`ziga bo`ysundirgach, Xammurapi er. avv. 1759-yil Mari shahrini bosib oladi. Shimolda faqat zaiflashib qolgan Osuriya davlati qoladi. Uning yirik shaharlari Ashshur va Nineviya Bobil hokimiyatini tan oladi.
Xammurapining 42 yillik hukmronligi davrida Bobil kichik shahardan butun Mesopotamiyani birlashtirgan yangi qudratli davlatning poytaxti, Old Osiyoning yirik siyosiy–iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi.
Mesopotamiyada yagona markazlashgan davlat tashkil topadi. Xammurapi uni ikki qismga: akkad tillarida so`zlashadigan, Shumer-Akkad xudolariga sig`inadigan asosiy hududga va Elam Suzasi, Yuqori Mesopotamiyaning xurrit-amoriy hududlarini o`z ichiga olgan viloyatga bo`ldi.
Xammurapining vorisi Samsuilin (er. avv. 1749-1712-yillar) davrida Bobilda ichki ziddiyatlar kuchayib, qishloq jamoalari, jangchilar va boshqa soliq to`lovchilarning ahvoli yomonlashadi. Er. avv. 1742-yilda Mesopotamiyaga shimoliy-sharqdan bu yerda avval noma`lum bo`lgan “kass” etnoninimidagi hind-yevropa qabilalari (akkadcha Kassu, zamonaviy fanda kassitlar, o`zlarini kaspe-kaspiy deb atagan) Gandash nomli yo`lboshchilari bilan bostirib kiradilar. Elam janubda Shumer shaharlariga bostirib kiradi. Sippar va Issin shaharlarida qo`zg`olon ko`tariladi.
Shimoliy-g`arbda yangi Mitanni davlati vujudga keladi. Mitanni davlati Bobilni Kichik Osiyo va Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`iga boradigan yo`llardan to`sib qo`yadi. Buning ustiga er. avv. 1595-yilda xettlar Bobilga bostirib kirib, I Bobil sulolasini tugatadilar.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling