Ajratilgan aniqlovchilar
Ajratilgan aniqlovchilar ikki xil: ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan qaratuvchi.
Ajratilgan izohlovchilar
Izohlovchilar ko`pincha ajratilgan bo`ladi. Bunda ular izohlanmishdan keyin kelib, maxsus intonatsiya bilan talaffuz qilinadi.
Ajratilgan to`ldiruvchilar
Ajratilgan to`ldiruvchilar shakllanishiga ko`ra ikki xil bo`ladi:
1. Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar.
2. Oddiy gap bo`lagi oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar.
TEST TOPSHIRIQ
1.Qaysi qatorda uyushiq kesimli gap berilgan?
A. Do‘kondorlar molini maqtab va xaridorlarni chorlab turishardi
B. Abdulla Qahhorning ijodi xalq hayoti bilan birga ko‘tarilib, birga ulg‘aydi.
C. Biz voqea sodir bo‘lgan joyga borishimiz va ishonch hosil qilishimiz kerak
D. A, B va C
2.Qaysi qatorda uyushiq bo‘lakli gap va qo‘shma gap juftligi berilgan?
A. Tig‘ yarasi tuzaladi, lekin dil yarasi tuzalmaydi. Hamma chuqur xo‘rsindi , Anorxon piq-piq yig‘ladi.
B. Pulimyot miltiqlarning ovoziga xotin-xalaj, bola-chaqalarning yig‘isi, dod-voyi qo‘shilib ketdi. Turg‘unoy birinchi tovushni eshitganda seskandi, so‘nggilari esa uni vahimaga soldi.
C. Bu yerning ob-havosi, iqlimi va sharoiti yaxshi edi. Biz harbiy uchuvchi va vatan posbonlari bo‘lamiz.
D. Bog‘chada yosh-yosh qizchalar va o‘g‘il bolalar davra qurib o‘ynashmoqda. Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi.
3.Qaysi qatordagi gapda uyushiq hol ot va fe’l so‘z turkumlari bilan ifodalangan?
A. U hayajon bilan, tez-tez va bo‘g‘ilib so‘zlar edi.
B. Podsho goh kulib, goh jiddiy o‘y bilan quloq soldi
C. Saida goh afsuslanib, goh kuyib, goh kulib gapirib berdi
D. Ufqqa tutashib ketgan polizlar va tokzorlar qizg‘ish, qahrabo tusda tovlanadi.
4.Uyushiq bo‘lakli sodda gap berilgan qatorni toping.
A. Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg‘oqda tartibsiz o‘sgan o‘tlarni silkitar edi
B. Gap tashuvchilarni, tirnoqdan kir izlovchilarni, chaqimchilarni men yomon ko‘raman
C.Bahor keldi, gul ochildi, chaman bo‘ldi yurtimiz
D. Ilmli ming yashar, ilmsiz bir yashar
E. Vali qaerga borishini bilmay, birpas ikkilanib turgach, qarshidagi tepalikka qarab yurdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |