Chirchiq davlad pedagogika unverstiteti gumanitar fanlar fakulteti


Download 389.88 Kb.
bet4/4
Sana17.02.2023
Hajmi389.88 Kb.
#1206187
1   2   3   4
Bog'liq
OBIDAXON MUSTAQIL ISH (2)

Ǧ (Ağ) harfi. x harfi g‘(g) tovushini ifodalaydi: ixY yağï – yov (KT), mLxo xoLo uluğ oğlum – toʻngʻich farzandim (E), NxzQ qazğan – qoʻlga kiritmoq (To‘n).
G (äg) harfi. g harfi g undoshini, ya’ni g‘ fonemasinng o‘rta variantini anglatadi: zgw ögüz - daryo, grwk körüg – kuzatuvcni, glw ülüg – ulush (To‘n).
Nazal va birdan ortiq undoshlarni bildiruvchi harflar: Ŋ (ang) harfi. H, h harflari ŋ tovushini ifodalaydi: irht täŋri - tangri, hLoB trwt tört buluŋ - to‘rt yoq, dunyoning to‘rt tomoni, iPoB hwk küŋ boltï – joriya bo‘ldi, mhQ qaŋïm - otam (KT).
NT (Inti) harfi. O harfi yonma-yon kelgan nt tovush birikmasini bildiradi: wOk käntü - o‘z (KT), Ok känt – shahar (TT), OoY yont – ot (MCh). nt tovush birikmasi ikki harf bilan ham yozilishi mumkin: ztnwk küntüz – kunduz (To‘n), NČ (Inchi) harfi. W harfi yonma-yon kelgan nch tovush birikmasini ifodalaydi: Wr ärinč – ekan, WaS sanč – sanch (KT), Wo unč – mumkin (To‘n), YWuq qunčuy – malika (E).
LT (Ilti) P harfi yonma-yon kelgan lt tovush birikmasini ifodalaydi: vPB baltu– bolta (Mon), VmP altmïš – oltmish (E).
RT (Art) harfi. ÉI harfi yonma-yon kelgan rt tovush birikmasini bildiradi: ÉI art– tepalik (To‘n), ÉIÔ tart – tartmoq (Oltun yorug‘).
So'zni «To'nyuquq» bitiktoshidan boshlaylik. To'nyuquq — shaxs nomi. U ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonining maslahatchisi va sarkardasi bo'lgan. To'nyuquq: «Turk Bilga xoqon davlatida bu bitikni yozdirdim»- deydi. Bilga xoqon Eltarish xoqonning o'g'li edi. Bitiktoshdagi voqealar To'nyuquq tilidan hikoya qilinadi: «Men — Dono To'nyuquq erurman. Tabg'ach davlatida tarbiyalandim. Turk xalqi tabg'ach davlatiga bo'ysunar edi...» So'ng turkiylarning o'z erkini qo'ldan berib qo'yishlarining sababi aytiladi: «Turk xalqi boshboshdoqlikka, o'zibo'larchilikka, beparvolikka yo'l qo'ydi... o'zining xoni bilan birga bo'lmadi». Mustamlaka azobi, o'zga xalqlar yetkazgan zulm yodgorlikda qisqa va lo'nda, ammo nihoyatda ta'sirchan tarzda ifodalanadi: «...Tabg'achga taslim bo'lganligi uchun tangri, o'l degan shekilli, turk xalqi o'ldi, yo'q bo'ldi, tugadi. Turk Sir xalqi yerida birorta ham urug' qolmadi». Ana shunday musibat xalqning birlashmog'ini, yakdillik bilan harakat qilmog'ini taqozo etar edi. Yodgorlikda To'nyuquq xalq yetakchisi, dono maslahatchisi, kuchli va botir sarkarda sifatida namoyon bo'ladi. U yetti yuz kishini birlashtirib, «shad» degan unvon oladi. Bu turk xoqonligidagi eng oliy darajadagi unvonlardan biri edi. To'nyuquq Bo'gu Tarxon hamda Eltarish xoqonlar bilan birga mamlakat mustaqilligi, el-yurt farovonligi, yurt „ osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib bordi. U bu kurashlarning oldingi safida edi. Ammo dushmanlar ham tinch o'tirmadi. Ular kuchlarni birlashtirish payiga tushishdi. Tasvir davomida vaziyatning keskinlashib borishi, buning natijasida To'nyuquq shaxsiyatidagi kuchli nuqtalarning tobora kengroq ochilishini kuzatish mumkin. Xususan, buyuk sarkardalarga xos bo'lgan tavakkalchilik, dovyuraklik, jasorat, jur'at, ba'zan nihoyatda keskinlik, cho'rtkesarlik, ayni vaqtda bosiqlik, vazminlik xislatlari bu tasvirlarda aniq ko'rinib turadi. U katta tajriba egasi sifatida namoyon bo'ladi. («Xoqonim muvaffaqiyat qozongani uchun, men o'zim muvaffaqiyat qozonganim uchun davlat ham davlat bo'ldi, xalq ham xalq bo'ldi, o'zim chol bo'ldim, ulg'aydim».) To'nyuquq bahodir va jasoratli shaxsgina emas, ayni paytda o'z atrofidagilarning mustahkam jipsligini ta'minlaydigan, yagona maqsad yo'lida xalqni birlashtirishning uddasidan chiqadigan boshliq sifatida ham namoyon bo'ladi. U odamlarning ko'nglidan kechayotgan o'ylarni nozik darajada his etadi. Shu bilan birga, ularning qalblariga ta'sir etish yo'llarini ham yaxshi biladi. Shunga ko'ra, u Vatan va yurt taqdirini, xalqining kelajagini o'z qardoshlariga buyuk xavotir bilan yetkazganida oz sonli qo'shini harakatga keladi. Natijada ko'p sonli dushman tor-mor bo'ladi.To'nyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir. Uning o'z vatani, xoqoni, qo'shini, xalqi bilan faxrlanishi, ularning borligidan o'zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan. Hatto dushmanning «xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi donishmand ekan» degan bahosida ham shu ruh mavjud. To'nyuquqning xotirjamligi esa «xalqning tomog'i to'q edi» jumlasi orqali ifodalangan. Dushmanning turkiylar ustiga hujum uyushtirish haqidagi yovuz niyatini eshitgan To'nyuquq «tun uxlagim kelmadi, kunduz o'tirgim kelmadi» deb nido qiladi. Bu o'rinda uning o'z taqdirini xalq bilan yaxlit holda tasavvur qilishini yaqqol ko’ramiz.

TEST TOPSHIRIG’i


1.O'rxun- Enasoy yodgorliklari asosan qaysi davr voqealarini aks ettiradi?
A) 5-6 B)*6-7 C) 8-9
2.”Maytri simit nòm bitig” hozir qayerda saqlanmoqda?
A)Toshkent Sharqshunoslik isntitutida B)Turfonda C)*Berlin va Urumchida
3. Kulichur bitik toshi qayerdan topilgan.
A) Selanga daryosi
B) *Ulanbator yaqinidagi Ixe-Xushotu manzili
C) Volga bo’yidan
4.,,Moyun chur" bitigidagi toponimlarni toping
A)*Selanga daryosi,Qayra daryosi,Qora qum
B) Qapaģan,Eltarish,Eletmish
C) Turk,toģolon
5. O’rxun-enasoy yodgorliklarining topilishi va o’rganilishi qaysi asrdan boshlanadi.
A) XVI asr
B) XIV asr
C) *XVIII asr
6. O’rxun-enasoy yozuvini dastlab…… o’qigan
A) V.Radlov
B)*V.Tomson
C) R.Melioranski
7. To’nyuquq bitiktoshi nechta ustunga yozilgan.
A) 3ta B) 6ta C)*2ta
8. To’nyuquq bitiktoshini kim izlab topgan
A) V.Radlov va S.E.Malov
B)V.Tomson va N.M.Yadrensiv
C) *Y.Klemens va D.Klemenslar
9. Qaysi bitik qog’ozda yozilgan?
A) O’rxun-enasoy
B)To’nyuquq
C)* Irq bitigi
10. Ermitaj qayerda joylashgan
A) Avstriya
B) Sharqiy turkiston
C)* Sank peterburg

11. Bajanaq (pecheneg) tilida yozilgan yodgorliklar qaysi davlatdagi muzeyda saqlanadi.


A)*Avstriya
B) Sharqiy turkiston
C) Sank peterburg
12. Talas vodiysidan qaysi yozuvlar topilgan.
A)*Run yozuvlari
B) O’rxun enasoy yozuvlari
C) Ko’k turk yozuvlari
13. Eltarish xoqoning o’g’li ….. edi
A) To’nyuquq
B)*Bilgaxoqon
C) Tabg’ach
14. Bilgaxoqon bitigini kim topgan.
A)*Yadrinsev
B)Radlov
C) Mellioranski
15. Qaysi bitiktosh marmardan ishlangan.
A) To’nyuquq
B)*Kultegin
C) O’rxun enasoy
16. Bitiktoshdagi yozuvlar qayerdan qayerga qarab yozilgan.
A) Chapdan o’ngga va yuqoridan pastga
B)* o’ngdan chapga va yuqoridan pastga
C) Barcha javoblar to’g’ri
17. Shimoliy Mog’ilistondan topilgan bitiktosh qaysi edi.
A)*To’nyuquq
B) Kultegin
C) Bilgaxoqon
18. To’nyuquq bitiktoshi ustunlarining balandliklari.
A) 180cm va 160cm
B) 170cm va 155cm
C)*170cm va 160cm
19. Mog’ulistonning Kosho Saidam vodiysidagi Ko’kshin-O’rxun daryosi qirg’og’idan qaysi bitiktosh topilgan.
A)To’nyuquq
B) *Kultegin
C) Bilgaxoqon
20. Bilgaxoqon bitiktoshining balandligi.
A)*3m 45cm
B) 4m 50cm
C) 3m 50cm
Download 389.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling