Chirchiq davlat pedagogika instituti


Fe’lning shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi


Download 0.97 Mb.
bet3/3
Sana04.11.2020
Hajmi0.97 Mb.
#140978
1   2   3
Bog'liq
KURS ISHI YANGI


Fe’lning shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi.

Bu sinfda fe’lni o’rganishning vazifalari quyidagilar:

1. Fe’lning shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi, zamon qo’shimchasi bilan o’zgarishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko’nikma hosil qilish; fe’lning leksik ma’nolari, bo’lishli va bo’lishsizligi, gapdagi vazifasi haqidagi bilimni chuqurlashtirish.

2. Nutqda fe’ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish. Shu maqsadda nutqda ma’nodosh va zid ma’noli fe’llardan matn bilan bog‘liq holda o’z va ko’chma ma’noda ishlatilgan fe’llar bilan tanishtirib borishga qaratilgan mashqlardan foydalanish.

3. Zamon qo’shimchalarining talaffuzi va yozilishi haqidagi ko’nikmani hosil qilish.

4. Qo’shma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko’nikmani hosil qilish hisoblanadi.
Dasturga ko'ra 2- sinfda o'quvchilarni shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so'zlar bilan tanishtirish, ularda bunday so'zlarni shaxs va narsalar nomini va belgisini bildirgan so'zlardan farqlash ko'nikmasini o'stirish vazifasi qo'yiladi. O'quvchilarda harakat bildirgan so'zlarga nima qildi?, nima qildilar?, nima qilyaptilar? nima qiladi?, nima qiladilar? so'roqlarini bera olish ko'nikmasi shakllantiriladi.

So'zga so'roqni to'g'ri berish ko'nikmasi o'quvchilarni keyingi sinflarda fe'lning zamon, shaxs-son shakllarini bilib olishga tayyorlashni ko'zda tutadi. Bulardan tashqari o'quvchilar savollar yordamida so'zlar shaxs va narsalarning nomini, harakatini, belgisini ifodalashini bilib oladilar. (So'zlarni so'roqlar yordamida farqlashga o'rgatish so'z turkumlarini o'rganishda boshlang'ich bosqich hisoblanadi.)

So'zga so'roq berish bilan bir vaqtda shu so'zning (fe'lning) leksik ma'nosini aniqlashga, undan nutqda fikrni aniq ifodalash uchun foyda-lanishni kuzatishga o'rgatish zarur.

O'quvchilar harakat bildiruvchi so'zning (fe'lning) umumiy leksik-grammatik ma'nosini tushunishga o'rgatiladi. Ma'lumki, fe'l shaxs va narsalarning harakatini bildiradi: yozdi, o'qidi, uxladi, topdi, tinchlandi, shodlandi kabi.

Fe'llar harakat ifodalash bilan birga turlicha holatni, belgining o'zgarishini ham harakat tarzida anglatadi: daraxt ko'kardi, o'rik gulladi, bola qizardi, ukam uxladi.

Harakat tushunchasini bunday keng tushunish kichik yoshdagi o'quvchilar uchun qiyinchilik tug'diradi.

O'quvchilar «shaxs va narsalarning harakati» tushunchasini to'g'ri anglab yetishlari uchun nima qilmoq? so'rog'iga javob bo'lgan shaxs va' narsalarning biror aniq ishni bajarishini bildirgan turli leksik ma'noni ifodalaydigan so'zlar (fe'llar)dan foydalanish zarur.
Mavzu. Shaxs (kishi)lar va narsalarning harakatini bildirgan so'zlar haqida tushuncha.

Maqsad. Shaxs va narsalarning harakatini bildirib, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar bilan tanishtirish; shaxs va narsalar harakatini bildirgan so'zlarga beriladigan so'roq bilan shu so'zning ma'nosini taqqoslash ko'nikmasini o'stirish.

B) Tarbiyaviy: Vatanga, tug’ilib o’sgan yurtga mehr- muhabbatni tarbiyalash;

C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning metodi: aralash; _______________

Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, plakat va tarqatmalar.



Darsning borishi.

I. Kim ? nima?so 'roqlariga javob bo 'Igan so 'zlaryuzasidan takrorlash.

— Bir so'z bilan ayting va kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni chap tomonga, nima ? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni o'ng tomonga ustun shaklida yozing.

I. Bolalarta'lim-tarbiya oladigan o'quvyurti. (Maktab.) 2. Maktabda o'qiydigan bola. (O'quvchi.) 3. G'o'za ekilgan dala. (Paxtazor.) 4. Paxta yetishtiruvchi dehqon. (Paxtakor.) 5. Mevali daraxtlar ekilgan joy. (Bog'.) Bog'ni parvarish qiladigan odam. (Bog'bon.)

Namuna: Kim? O'quvchi. Nima? Maktab.

O'quvchilar bajargan ish tekshiriladi.

Kim ?, nima ? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar nimalami bildiradi?

O'qituvchi xulosalaydi. Kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar kishilarning,

nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar narsalarning nomini bildiradi.

II.Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo 'Igan so 'zlar nimani bildirishi yuzasidan kuzatish.

Birinchi usul. O'quvchilar 188- mashqni topshiriqlari tartibida bajaradilar; nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar kishilar va narsalarning harakatini bildiradi, degan xulosaga keladilar.

Ikkinchi usul. O'qituvchi bolalarga nima qilish kerakligi yozilgan topshiriqli (masalan, xattaxtaga yozish, berilgan kitobni o'qish, rasmga qarab kishi va narsalar qanday ishni — harakatni bajarayotgani haqida gap tuzish kabi) kartochkalarni tarqatadi. O'quvchilar topshiriqni bajarishga tayyorlanadilar. lkki o'quvchi chaqiriladi, ulardan biri o'qituvchi aytgan so'zni doskaga yozadi, ikkinchisi berilgan kitobni o'qiydi; boshqa o'quvchilar ular bajargan ish-harakatni kuzatadilar; keyin bir necha o'quvchi berilgan rasmga qarab, gap tuzib aytadi. Kuzatish natijalari shakllantiriladi; o'qituvchi xattaxtaga, o'quvchilar daftarlariga quyidagi tartibda yozadilar:

Kim? Nima qildi?

qizcha yozdi

bola o'qidi

Nima? Nimaqiladi?

qush uchadi

bulbul sayraydi

daryo oqadi

— Chap ustundagi so'zlar qanday so'roqqa javob bo'ladi? (Kim? yoki nima?) Ular nimani bildiryapti? (Kishi — shaxs va narsalarning nomini bildiradi.)

— O'ng ustundagi so'zlar qanday so'roqlarga javob bo'lyapti? Ular nimani bildiryapti?

O'quvchilar nima qijyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlar aytadilar.

Umumlashtirish. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar kishilarning va har xil narsalarning harakatini bildiradi.



III. Kishilarning va har xil narsalarning harakatini, ishini bildirgan so'zlarni aniqlab bilib olish.

1. 189-190- mashqlarni bajarish.

2. Darslikdan qoidani o'qish, misollar aytish.

3. — Hayvonlar qanday ovoz chiqarishini o'ylab toping va gap tuzing.

O'qituvchi hayvon nomini aytadi, o'quvchilar gap tuzadilar. Sigir ma'raydi. Ot kishnaydi. It vovullaydi. Mushuk miyovlaydi. Harakat bildirgan so'zlarga nima qiladi? so'rog'ini beradilar.

4. Og'zaki mashq. Topishmoqni o'qing.



Oyogi yo 'q, qochadi.

Qanoti yo 'q, uchadi.

— Topishmoqning javobi — tutunning harakatini bildirgan so'zlarni aniqlang, ularga so'roq bering. (Nima qiladi? uchadi, qochadi.)



IV. Darsni yakunlash.

— Darsda nimalar haqida bilib oldingiz? Nimalarni o'rgandingiz?



V. Uyga vazifa. 191- mashq.
81- DARS

Mavzu. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar. 192-193-mahsqlar

Maqsad. Harakat bildirgan so'zlarning (fe'lning) vaqt (zamon) bilan o'zgarishi haqida tasavvur hosil qilish, bunday so'zlarga nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlarini berish va ulardan nutqda foydalanish ko'nikmasini o'stirish.

B) Tarbiyaviy: Vatanga, tug’ilib o’sgan yurtga mehr- muhabbatni tarbiyalash;

C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning metodi: aralash; _______________

Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, plakat va tarqatmalar.

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

II.Nima qilyapti?, nima qildi?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarni kuzatish.

1. O'qituvchi bir o'quvchini xattaxta oldiga chiqaradi. Bolaga kitob beradi, bola o'qiyotganda so'raydi:

— O'rtog'ingiz nima qilyapti? Bir so'z bilan ayting. (O'qiyapti.)

Bola xattaxtaga o'qiyapti so'zini yozadi va o'tiradi. O'qituvchi so'raydi:

— Endi u nima qildi? (Yozdi.) Endi u daftariga nima qiladi? (Yozadi.)

O'quvchilar bilan birga ish jarayonida o'qituvchi so'zlarni doskaga

yozadi va so'roqlarga moslab o'zgartiradi:

Nima qilyapti? Nima qildi? Nima qiladi?

o'qiyapti o'qidi o'qiydi

yozyapti yozdi yozadi.

Umumlashtiradi. Demak, harakat bildirgan so'zlar nima qilyapti?, nima qildi?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'ladi.

III. Harakat bildirgan so'zlardan nutqda foydalanish ko'nikmasini o 'stirish. 192- mashqni birgalikda bajarish.

Bir o'quvchi mashq topshirig'ini o'qiydi. O'qituvchi so'raydi: «0'rtog'ingiz nima qildi?» Bir so'z bilan ayting. (O'qidi.) O'qituvchi matnni ifodali o'qiy boshlaydi va o'quvchilardan so'raydi: «Hozir men nima qilyapman?» Bir so'z bilan ayting. (O'qiyapsiz.) Matnni o'qib bo'lgach, o'quvchilardan biriga o'qitiladi. Bola o'qiyotganda so'raydi: «Aziz nima qilyapti?» Bir so'z bilan ayting. (O'qiyapti.)

O'qituvchi mashq topshirig'ini va savollarni o'qiydi. Topshiriqlarni bajarish yo'llarini tushuntiradi. Avval bir o'quvchi 1- savolni (Uch faslda yer nima qiladi?) o'qiydi. Matndan bu savolga javob bo'lgan gap birgalikda toptiriladi va javobni topgan o'quvchiga o'qitiladi. (Yer tabiatning uch faslida xayrli mehnat qiladi.) Javobni barcha o'quvchilar daftarlariga xatboshidan boshlab yozadilar. Keyingi savollarga javob ham shunday yo'l bilan toptiriladi va xatboshidan yozdiriladi. O'quvchilar yozganlarini darslikdan tekshiradilar. Nima qiladi? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar birgalikda aniqlanib, tagiga to'g'ri chiziq chizdiriladi.

IV. Umumlashtirish.

Ish-harakat bildirgan so'zlar nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'ladi.



V. Uyga vazifa. 193- mashq.
82- DARS

Mavzu. Nima qilyapti?, nima qiladi? va nima qilyaptilar?, nima qiladilar? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar. 194-197-mashqlar

Maqsad. Shaxs (kishi) va narsalarning ish-harakatini bildirgan so'zlarga (fe'llarga) so'roq berish ko'nikmasini o'stirish; harakat bildirgan so'zlar (fe'llar) bir kishi bajarayotgan, bajargan ishni (birlikni) va ko'p (ikki va undan ortiq) kishilar bajargan ishni (ko'plikni) bildirishi haqidagi tasavvurni shakllantirish.

B) Tarbiyaviy: Vatanga, tug’ilib o’sgan yurtga mehr- muhabbatni tarbiyalash;

C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning metodi: aralash; _______________

Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, plakat va tarqatmalar.



Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

— Siz bu darsda so'zlar nima qilyapti?, nima qiladi? va nima qilyaptilar?, nima qiladilar? so'roqlariga javob bo'lishini bilib olasiz.



II. Nima qilyapti? vanima qilyaptilar? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarning qo'Uanishi yuzasidan kuzatish. 194- mashq.

Taqqoslang: agar so'z nima qilyapti?so'rog'iga javob bo'lsa, harakat necha kishi (nechta bola) tomonidan bajarilyapti va so'z nima qildilar? so'rog'iga javob bo'lsa, harakat necha kishi (nechta qizcha) tomonidan bajarilyapti? (O'qituvchi o'quvchilar javobini umumlashtiradi.)

O'quvchilar xulosani darslikdan o'qiydilar. O'z misollarini aytadilar.

III. Kishilar va narsalar harakatini bildirgan so'zlarni bilib olish. 195— 196- mashqlar.

IV. Darsni yakunlash.

— Darsda nimalarni bilib oldingiz?

V. Uyga vazifa. 197- mashq.
83- DARS

Mavzu. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar. 198-200-mashqlar

Maqsad. O'quvchilarda so'zga berilgan so'roq bilan shu so'zning umumiy leksik ma'nosini (shaxs va narsalarning) o'zaro bog'lanishi haqidagi to'g'ri tasavvurni o'stirish. Matndagi nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? kabi so'roqlarga javob bo'ladigan so'zlarni farqlash ko'nikmasini shakllantirish.

B) Tarbiyaviy: Vatanga, tug’ilib o’sgan yurtga mehr- muhabbatni tarbiyalash;

C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning metodi: aralash; _______________

Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, plakat va tarqatmalar.



Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

II. Harakat bildirgan so'zlarni bilib olish. 198- mashq.

III. Harakat bildirgan so 'zlarni berilgan savollarga moslab o 'zgartirish. 199- mashq.

O'quvchilar harakat bildirgan so'zni qatnashtirib tuzgan va daftarlariga yozgan shu gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so'zning tagiga bitta, u haqida nima deyilganini bildirgan so'zning tagiga ikkita to'g'ri chiziq chizadilar.

IV. Darsni yakunlash.

— Darsda nimalarni o'rgandingiz? Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so'zni boshqa so'zlardan farqlashni nima uchun bilish kerak? (Bunday so'zlarni gapda to'g'ri qo'llash va o'z fikrimizni aniq ifodalash uchun kerak.)



V. Uyga vazifa. 200- mashq.
Xulosa

Boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarning so’z zahirasini boyitishdir. Bu maqsad barcha darslarda amalga oshiriladi. Xususan, “ona tili” asosidagi darslar bu borada mas’ul va yetakchi fan sanaladi. Shuning uchun ham so’z turkumlarini o’rganish bizga ona tili kursining yuqori sinflarda o’qitilishiga zamin hozirlaydi. Chunki yuqori sinfda o’quvchilar fe’l so’z turkumi sintaktik birliklarda kesim tushuncha orqali ifodalanadi.

Kesimning gapdagi vazifasi fe’lnikiga o’xshash farqli shundagi “Morfologiya” da so’z turkumlari sifatida “sintaksis” da bo’lagi sifatida o’rgatiladi.

Ana shuni hisobga olgan holda boshlang’ich sinflarda birinchi bo’lib so’z turkumi sifatida “ot” mavzusi o’tilib, eng oxirida “fe’l” mavzusi o’tiladi.

Bu ikkala so’z turkumini qatnashtirsak gap hosil bo’ladi. Ana shularni hisobga olgan holda biz so’z turkumi sifatida “fe’l” mavzusini o’rganish jarayonini bosqichlarga bo’lib o’rgandik.

Suhbat jarayoni orqali o’quvchilarni “Fe’l” so’z turkumiga so’roq berishga o’rgatish eng asosiy usullardan biri O’quvchilar bo’lishli va bo’lishsiz fe’l shakllarini o’tish jarayonida ularni ma’nolariga qarab faqlash ko’nikmasini o’stirish maqsadida taqqoslash ishlari olib borilib tajriba o’tkaziladi.



O’quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda o’g’zaki va yozma nutqda fe’llardan foydalanish ko’nikmasini o’stirish, o’quvchilarning asosiy faoliyatini rivojlantirish grammatik mavzu bilan bog’liq holda ayrim orfografik qoidalarni o’zlashtirishdir. Bu vazifalar bir biri bilan bo’liq holda hal etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


  1. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent.: O’zbekiston. NMIU, 2016, 56 bet

  2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalkimiz bilan birga quramiz. - Toshkent.: O’zbekiston. 2017. - 488 bet

  3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent “Ma’naviyat”. 2008 y 173 bet.

  4. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni. T.: 1997.

  5. O`zbekiston Respublikasining Milliy dasturi. T.: 1998.

  6. Boshlang`ich sinflarning takomillashtirilgan o`quv dasturi. Boshlang`ich ta`lim. 2006, 5-son.

  7. Abdullayeva K. va boshqalar. Ona tili. T.: o`qituvchi 1999.

  8. G`apporova T., Abdullayeva K. va boshqalar. Ona tili. T.: o`qituvchi 1999.

  9. G`ulomova X., G`apporova T. 1-sinf ona tili darsligi. T.: Sharq. 2003.

  10. Qosimova K., Fuzilov S.,ne`matova A. Ona tili 2-sinf uchun darslik T.: Cho`lpon. 2005.

  11. Qosimova K., Ne`matova A. 2-sinfda ona tili darsligi T.: Cho`lpon 2004.

  12. Fozilova S., Xudoberyonova M. Ona tili 3-sinf uchun T.: O`qituvchi 2005.

  13. Xudoberganova M., Muxtorova M. 3-sinfda Ona tili darsligi. T.: O`qituvchi 2005.

  14. Ikromova R., G`ulomova X., Yo`ldosheva Sh., Shodmonqulova Sh. Ona tili 4-sinf uchun T.: O`qituvchi 2007.

  15. G`ulomova X., Yo`ldosheva Sh., Shermatova U. 4-sinfda ona tili darslari T.: O`qituvchi 2003

  16. Qosimova K. va b. “Boshlang`ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi” T.,”Noshir”nashriyoti,2009y

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling