Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
oquvchi-yoshlarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik hamkorlik kvalimetriyasi oila mahalla va maktab hamkorligi misolida
Toshkent
Namangan Surxondaryo 20 “Intizom kodeksi” quyidagi 12 ta indikator bo‘yicha o‘quvchilarni axloq- odob normalari asosida kuzatish va nazorat qilish, yuzaga kelayotgan pedagogik og‘ishlarning oldini olish imkoniyatini aniq miqdorlar bilan ochib beradi: darsga sababsiz qatnashmaslik; darsga kechikib kelishlar soni; o‘quv jarayonining intizom qoidalarini buzganlik holatlari; maktab binosi, o‘quv va boshqa jarayonlar (mahalla, oila, ko‘chada va b. holatlarda)da o‘quvchining aybi bilan nizolarning keltirib chiqarilganlik holatlari; maktab, sinf, mahalla ma’naviy tadbirlarida ishtiroki; darsga didaktik tayyorligi (o‘quv qurollarning doimo mavjudligi, uyga vazifalarni bajarish xolati); etiket qoidalariga rioya qilishi (maktab nizomida belgilangan umumiy tartib qoidalarga javob berishi, intizom, darsga qatnashish, axloqiy tarbiya ko‘rganlik salom berish, hurmat ehtirom va h.k.); o‘quvchining estetik tarbiyasi (o‘quv muassasa nizomi bo‘yicha belgilangan formani toza tutish, estetik ko‘rinishga ega bo‘lish va h.k.); tarbiya darsini o‘zlashtirishi; ma’naviy hordiq (muzey, teatr, kutubxona, tabiat qo‘ynidagi ochiq muzeylar, sayilgoh kabi maskanlardan olgan taassurotlari haqida “O‘zbekiston Vatanim” mavzusida yozilgan esse bo‘yicha olgan natija); o‘quv yili davomida olingan yutuqlar soni (diplom, sertifikat, til bo‘yicha sertifikat, tezis nashr va b.). Har bir indikator ichida ichki baholash mezonlari ishlab chiqilgan. Tajriba oxirida olingan ikkala guruhdan olingan natijalar taqsimotining farqining statistik ahamiyatini tekshirish uchun quyidagi gipotezalarni ilgari surish mumkin: H 0 : F (x) G(x) = ilmiy faraz, va unga alternativ H 1 : F (x) G(x) ilmiy farazni olamiz. α = 0,01 qiymatdorlik darajasida H 0 ilmiy faraz rad etiladi va alternativ variant qabul qilinadi. Nazorat va tajriba guruhidagi o‘quvchilarning “Oila, mahalla va maktab hamkorligi”da ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajasining o‘rta darajadagi farqi eksperiment bosqichi yakunida α = 0,01 darajasida statistik muhim ahamiyatli. Bu esa o‘quvchilarning ma’naviy axloqiy tarbiyalanganlik darajasini oshirishda oila, mahalla va maktab hamkorligini rivojlantirish ishlanmalarining samaradorligini tasdiqlaydi. O‘quvchilarning “Oila, mahalla va maktab hamkorligi”da ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik mezonlari asosida ko‘rsatkichning tajribadan oldingi va keyingi holatini statistik tahlili quyidagicha (2020-2021-o‘quv yili davomida). Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling