Chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti


Download 353.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana07.03.2023
Hajmi353.78 Kb.
#1246665
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Маъруза 1

CHIDAMLILIKNI TARBIYALASH 
Chidamlilik - markaziy asab tizimining holati, funksional tayyorgarlik, 
jismoniy fazilatlar, harakatlanish malakalarining toliqishga bardosh berishi hamda 
psixologik turg‘unlik bilan belgilanadi. Chidamlilik darajasi faollik 
ko‘rsatkichlari va uzoq davom etgan musobaqa harakatlarining samaradorligi 
bilan baholanadi.
Chidamlilikni oshirishga qaratilgan trenirovka yuklamalarining o‘ziga xos 
xususiyatlari shundaki, gandbolchining organizmiga ta’sir qilayotgan mashqlar 
musobaqalar paytidagidek yoki undan ham ortiqroq bo’lib, bu mashqlardan 
sistemali ravishda foydalanish kerak.
Analitik nuqtayi nazardan qaraganda, chidamlilikning yuqori darajasiga 
erishish yo’li o ‘z ichiga ko‘p marotaba takrorlanadigan va bir-biriga qo‘shilgan 
jadal yugurish, to‘xtash; tezlanish, aylanish, sakrash (kichik yuk yoki qarshilik 
bilan), ogirlik ko’tarib (suv, qum, qor qarshiligida) kabi katta hajmli mashqlar 
orqali vujudga keladigan kuch, tezkorlik, chaqqonlikdir.
Trenirovkaning ayrim bosqichlarida gandbolchi fazo-vaqtini hisobga olgan 
holda tezkorlik va aniqlik bilan bog’liq bo’lgan katta hajmdagi mashqlarni 
bajarishi lozim. Bunda o‘yinchining markaziy asab tizimiga katta yuklanmalar 
to‘g‘ri keladi, bu esa muhim maqsadga qaratilgan tayyorgarlik bilan belgilanadi. 
Ilmiy tekshirishlar natijalari va ko‘zga ko‘ringan jamoalaming trenirovka tajribasi 


shuni ko‘rsatadiki, uzoq vaqt o‘rta jadallikdagi o'yin texnikasini 
takomillashtirishga qaratilgan dars paytida yuqori jadallikdagi oddiy sikilli 
shakllarining 5-7 daqiqali kompleksini 2-3 marotaba kiritish kerak. Bunday 
o‘zgarishlar mashg‘ulotning tonusini ko‘taradi, asab toliqishini yo‘q qilishga 
yordam beradi va sekin-asta o‘yinchining markaziy asab tizimi qobiliyatini oshirib 
borib, murakkab mashqlaming oshib borayotgan hajmiga bardosh berishga 
yordamlashadi.
Chidamlilikni rivojlantirish uchun ko‘p marotaba takrorlanadigan va maxsus 
uyushtirilgan o‘yin texnikasi va taktikasiga oid mashqlardan (ayniqsa, pressingda 
va tez yorib oiishda), 2x2 va 3x3 o‘yin mashqlaridan, ikki tomonlama trenirovka 
o‘yinlaridan ham foydalaniladi. Shu bilan birgalikda, trenirovka o‘yin vaqtini 
sportchilami oldindan alohida ogohlantirmasdan, odatdagidan 5-10 daqiqa 
uzaytirish kerak: o‘yinga yangi yoki dam olgan raqiblar kiritiladi. 
Maxfiylashtirilgan fora (imtiyoz) belgilangan holda bir necha jamoalar orasida bir 
kunlik turnirlar o’tkazish mumkin. 
Qiyinchiliklarga bardosh berish uchun tayyorgarlik ko‘rishda, tekshirish 
o‘yinlarida interval trenirovka tamoyilidan foydalanish mumkin, chunonchi, to’liq 
dam olishga 3-5-7 daqiqali tanaffus berib, yangi vaqt hisobida har biri 12 yoki 15 
daqiqa davom etadigan to‘rt bo‘limdan iborat o ‘yin o‘tkazish. Bunda, ayniqsa, 
“aylanma trenirovka” yaxshi natija beradi. Aylanma trenirovkaning har bir 
“bekatida” aniq dozalangan yuklanmalar dam olishning xilma-xil turlanishi 
ehtimolligining keng diopazoni quyidagilarni kuzatishga “imkon” yaratadi:
- o ‘zgaruvchan jadallikdagi ishini to‘xtatmasdan, uning ancha cho‘zilishini 
ta'minlab beradi;
- yuqori jadallikdagi ishining intervalligini ta’minlab beradi (10-15 soniya 
ishdan so‘ng 20-30 soniya dam olish; 30-40 soniya is h - 1-1,5 daqiqa dam olish; 
1,5-2,5 daqiqa ish - 3 daqiqa dam olish);
- o‘yin rejimining qisqartirilgan modeli asosida qayta-qayta ish bajarish (4-3 
daqiqa ish, 5 daqiqa dam olish).
Chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan interval va aylanma trenirovkaning 
jiddiy dasturlarini amalga oshirishda trenirovka va musobaqaga oid ta’sirlar 
o‘yinchinmg funksional imkoniyati va tayyorgarligi darajasiga qanchalik muvofiq 
ekanligini nazarda tutish kerak. Faqat organizmda tiklanish jarayon lariga yaxshi 
sharoit (stimul) yaratib bergan holda yuklamalami jadallashtirish mumkin. 
Tiklanish jarayoni dastavval mashg‘ulotlaming ratsional tuzilishi bilan 
ta’minlanadi. Bunda quidagilar katta ahamiyatga ega: 
- trenirovka jarayonining hamma elementlarida yuklamalar va dam olishni bir-
biriga nisbatan to‘g‘ri olib borish, trenirovka vositalari va usullarining variativligi; 
- maksimal yuklamadan keyin keladigan kunni faol dam olish bilan o‘tkazish; 


- asosiy mashqlar oralig‘ida dam oldiruvchi va bo‘shashtiruvchi mashqlarni 
bajarish;
- mutlaqo bo‘shashgan passiv holda dam olish (suvda bo‘lgani 
ma’qul); 
- musiqa va ritmoliderdan foydalanish; 
- turli sharoitlarda trenirovkalar o‘tkazish (stadionda, o‘rmonda, bog‘da, daryo 
yoqasida va hokazo);
- yaxshi turmush sharoitini yaratib berish va salbiy ta’sir etuvchi omillami 
yo‘qotish; 
- to‘g‘ri ovqatlanishni ta’miniash, farmakologik preparatlar, uqalash, suv 
muolajalari, fizioterapiyadan foydalanish. 

Download 353.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling