Chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti


Download 353.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana07.03.2023
Hajmi353.78 Kb.
#1246665
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Маъруза 1

 
EGILUVCHANLIKNI TARBIYALASH 
Egiluvchanlik - bu gandbolchilarning o‘yinda uchrab turadigan harakatlarni 
katta amplitudada bajara olish qobiliyati. Bo‘g‘inlarning harakatchanligi mushaklar 
va paylarning cho‘ziluvchanligiga bog‘liq. Shuning uchun ham dastavval barcha 
bo‘g‘inlarning harakatchanligini oshirishga alohida e’tibor berish kerak. 
Egiluvchanlikka oid mashqlarni dastlab har kungi ertalabki mashg‘ulot va yakka 
trenirovkaga kiritgan holda bajara boshlash kerak. Talabga muvofiq bo‘lgan 
egiluvchanlikka erishilgandan keyin, katta xajmdagi mashqlarning zaruriyati ham 
kerak bo‘lmay qoladi, chunki yaxshi egiluvchanlikni saqlab qolish uchun xaftada 2-
3 marta kichik dozirovka bilan bajariladigan tegishli mashqlarning o‘zi kifoya qiladi. 
Bo‘shashtiruvchi mashqlarni bajarishda maydonga nisbatan yuqoriroq 
joylashganligi uchun tananing ayrim qismlarining og‘irligidan foydalanish oddiy va 
odatiy bo‘lib qolgan mashqlardir. Bajarish uchun og‘irlik marka-zini o‘zgartirish 
bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar murakkabroq mashqlardan hisoblaniladi. O‘yin 
jarayonida zarur bo‘lgan harakatlarni ta’minlab beruvchi mushaklarning asosiy 
guruhini bo‘shashtira bilish gandbolchida quyidagi mashqlar orqali vujudga keladi: 
- o’tirgan xolda oyoqlarga cho’zilish(14-rasimlar). 
 qo‘l panjalarni silkitish; 
 gavdani o‘ngga va chapga burgan holatda qo‘llarni erkin aylantirish yoki 
silkitish;
 bir joyda turib sakrash yoki qo‘llarni erkin tutgan holda mayda qadam bilan 
yugurish; 
 oyoq uchlarini poldan uzmasdan, oyoq tizzalarini galma-galdan tez bukib,
gavda og‘irligini bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa ko‘chirish;
 sonni ikki qo‘l bilan ko‘tarib, qayta tushirish (boldir va payni 
bo‘shashtirgan holatda); 
 joyda turib bir oyoqda sakrash (boshqa oyoq bo‘shashgan holatda bo‘lishi 


kerak); 
 engashgan holatda qo‘llarni erkin qo‘yib, gavdani aylantirish; 
 yotgan holatda oyoqni ko‘tarib yon tomonga burilish, keyin bo‘shashgan 
holatda oyoqni joyiga qo‘yish. 
Hozirgi vaqtda bir qator sport turlarida mushak-larni bo‘shashtirishni 
ta’minlash uchun autogen treni-rovka va uning yangi turi - psixoregulyatorli 
trenirovkadan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Asta-sekin kattalashtirilib boruvchi 
amplitudada bajariladigan, cho‘ziluvchanlikni oshiradigan, kichik og‘irlik bilan 
qayta-qayta bajariladigan prujina-simon harakatlar, sherik yordami bilan 
bajariladigan mashqlar egiluvchanlikni rivojlantirish uchun asosiy vositalar 
hisoblanadi.
Mashqlar inersiya kuchlaridan to‘laroq foydalanilgan holda har doim 
amplitudasi, salmog‘i va sur’ati oshib boradigan va 3-5 harakatni o‘z ichiga kiritgan 
seriyalar bilan bajariladi. Bo‘g‘imlarning har qaysi guruhi uchun mo‘ljallangan 
takroriy mashq-larning umumiy soni asta-sekin ortib borishi kerak. 
Cho‘ziluvchanlikka qaratilgan mashqlar va, shuningdek, dastlabki badan tarbiya
uqalash, issiq vanna, iliq dush, bo‘shashishga imkon yaratadigan mashqlar mushak 
va paylarning tarangligini rivojlantirishga yordam beradi. Takrorlash usuli 
egiluvchanlikka qaratilgan mashqlarni qo‘llashda etakchi hisoblanadi. 
O‘z-o‘zini tekshirish savollari 
 
1. 
Jismoniy tayyorgarlik deganda nimani tushunasiz? 
2. 
Kuch deb nimaga aytiladi? 
3. 
Tezkorlik deb nimaga aytiladi? 
4. 
Chaqqonlik deb nimaga aytiladi? 
5. 
Chidamlilik deb nimaga aytiladi? 
6. 
Egiluvchanlik deb nimaga aytiladi? 
7. 
Jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositalariga nimalar kiradi? 

Download 353.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling