Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi
Download 2 Mb.
|
SUV HAVZALARI DIATOM SUVO‘TLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- V.I. Polyanskiy
- X.E.Ergashev
S.Barinova [62; 358-b.] 2009–2015-yillarda Zarafshon daryosining quyi oqimidagi oltita joyda yiliga to‘rt marta to‘plangan 195 ta namunadan birinchi marta diatomlarning 198 ta turi va kenja turi aniqlangan. Eng boy turlar Cymbella, Navicula va Nitzschia ekanligini maqolada ko’rsatib o‘tgan. Sho‘rlanishga chidamli Pleurosira laevis birinchi marta O‘zbekistondagi suv muhitida topilgan deb izohlagan. Zarafshonning quyi qismida turlar boyligi va diatomlarning koʻpligi ortishi bilan oʻz-oʻzini tozalash qobiliyati ortganini aniqlagan. Daryoning oʻrganilayotgan qismining ekotizimi Zarafshonning oʻrta qismiga quyiluvchi ifloslangan suv ta’sirini muvaffaqiyatli yengib, maʼlum barqarorlik erishishi va suv sifati yaxshilanib, muvaffaqiyatli tarzda oʻzini-oʻzi tozalashni koʻrsatgan. Zarafshon daryosi ekotizimining dastlabki oʻrganilgan quyi oqimi bioindikatorlar, statistik maʼlumotlar va ekologik xaritalar yordamida Markaziy Osiyoda qurgʻoqchilik muammosi daryo ekotizimining buzilishiga va ifloslanishning oshishiga ta’sir ko’rsatmasligi, balki suvdan oqilona foydalanish bilan bogʻliqligini koʻrsatib o’tilgan. Suv sifati va o‘z-o‘zini tozalash jarayonlarini yaxshilash mumkin ekanligi izohlangan. O’rganilgan adabiyotda xulosa sifatida, diatomlar yarim qurg‘oqchil mintaqada daryo suvi sifatining yaxshilanishiga olib kelishi mumkin ekanligi bildirib o’tilgan. Suvdagi organik moddalar va loyqalikni nazorat qilishga e'tibor qaratishni va daryoning quyi qismidan Qorako‘lgacha bo‘lgan hududda davlat nazorat punktlarini kengaytirishni tavsiya qilingan.
V.I. Polyanskiy [12; 5-7-b.] o’tgan asrning olib borgan izlanishlari asosida Samarqand shahridagi ba’zi sug‘orish kanallari, ko‘lmaklar va hovuzlardan algologik namunalar to‘pladi. Bu namunalardan suvo‘tlarning 25 turini aniqlab, ularning qisqacha tavsifini berdi. Ularning 3 turi xivchinlilar, 9 tur yashil suvo‘tlar va 13 turi ko‘k-yashil suvo‘tlar hisoblanadi. X.E.Ergashev [58; 180-181-b] O‘zbekistonda Algologiya fanining rivojlanishi, unga antropogen omillarning ta’sirini, biologik xilma-xillikkka oid omillarni, suv resuslaridan unumli foydalanishni Respublikamizda berilayotgan e’tiborga alohida to‘xtalib o‘tgan. Eng faol algologik tadqiqotlar o‘tgan asrning 60-80-yillari (Muzaffarov 1965, Ergashev 1974)da o‘rganilgan deyilgan. Bugungi kunda algoflorani invertarizatsiya qilish bo‘yicha ishlarni qayta boshlash bilan bog‘liq floristic tadqiqotlar sezilarli darajada kuchayayotganini e’tirof etgan. Muallifning fikricha O‘zbekiston suv havzalari, kata suv ob’yektlarini algoflorasini o‘rganish, suvo‘tlarning taksonomik xilma-xilligidagi o‘zgarishlarni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. X.E.Erashev 2006-2014-yillarda Andijon suv omborida mavsumiy kuzatish ishlarini olib brogan bahor oylarida suv omborlarida-306 tur, yozda-346 tur suvo‘ti, kuzda 301-tur, qishki probalarda-73 turi uchrashini aniqlagan. Bulardan diatom suvo‘tlari o‘rta hisobda umumiy suvo‘tlarining bahorda-31%, yozda-22,5%, kuzda-31,3%, qishda-38,4%ni tashkil qilishini aniqlagan. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling