Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Download 2 Mb.
bet5/30
Sana16.06.2023
Hajmi2 Mb.
#1489676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
SUV HAVZALARI DIATOM SUVO‘TLARI

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda dunyo aholisining soni 8 miliarddan ziyod hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida dunyo aholisining toza ichimlik suviga, oziq-ovqat mahsulotlariga, xususan chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabni kundan-kunga oshib borishiga sabab bo‘ladi. Tabiatni, shu jumladan, suv va suv havzalarini muhofaza qilish insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biridir. Urbaniztsiyalashishning yildan-yilga oshib borishi, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishininmg keskin sur’atlarda ortishi suvlarning ko‘p miqdorda iste’mol qilinishiga olib kelinmoqda. Tabiiy va sun’iy suv havzalari ifloslanishining asosiy sabablaridan biri, shaharlardan va sanoat korxonalaridan chiqayotgan oqava suvlarning tozalanmasdan yoki chala tozalanib ochiq suv havzalariga tashlanishidandir. Korxonalardan chiqadigan oqava suvlarning tarkibida ko‘p miqdorda organik, mineral va har xil zaharli moddalar hamda kasallik tarqatuvchi patogen mikroorganizmlarning ko‘p miqdorda bo‘lishi hamda ularni suv havzalariga tashlanishi natijasida suvning ekologik muvozanatining buzilishiga va ifloslangan suvlarni qayta ishlatilishi natijasida tuproqlarning sho‘rlanish darajasi ham yildan - yilga oshib bormoqda.
O‘zbekiston suv havzalari va suvo‘tlarining inventarizatsiyasi, suvo‘tlarning sistematikasi, geografiyasi, ekologiyasini o‘rganish, indikator-saprob suvo‘tlarni aniqlash va ularni suv havzalar sanitariya- holatini baholashda foydalanish yurtimiz suv havzalari ekologik holatini barqarorlashtirishga ko‘maklashadi umumiy suvo‘tlar ro‘yxatini tuzish va kamyob, noyob suvo‘tlarni aniqlash, istiqbolli turlarni ajratib olish va suvo‘tlar kollektsiyasida saqlash choralarini ishlab chiqish yurtimiz suv havzalari ekologik holatini barqarorlashtirishda amaliy yordam beradi. Ayniqsa, daryolar quruqlik suv havzalari algoflorasining shakllanishi va taqsimlanishida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, algofloraning 46% xilma-xilligi daryolar ulushiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston suv havzalari yuksak suv va suv-botqoq o‘simliklari florasini o‘rganish, mahalliy va o‘zga xududlardan keltirilgan yuksak suv va suv botqoq o‘simliklarini introduktsiya sharoitidagi bioekologik xususiyatlarini o‘rganish va ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish tijasida chorvachilikda, baliqchilikda, tibbiyotda va oqova suvlarni biologik tozalashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Bu o‘rinda, Chirchiq daryosi, Bo‘zsuv kanali ham alohida o‘ringa ega bo‘lib, so‘nggi yillarda hududda kimyoviy omillar ta’sirining kuchayishi uning zamonaviy algologik tarkibini aniqlash va shu asosda tabiiy O‘rta Osiyo suv havzalari algoflorasi shakllanishidagi ahamiyatini baholashning muhimligini belgilab bermoqda. Shunga ko‘ra, Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo‘tlarining zamonaviy holatini baholash, suv havzas diatom suvo‘tlarining taksonomik tarkibi shakllanishida ekologik omillarning rolini ilmiy asoslash, suvning ekologiyasanitariya holatini aniqlashda indikator-saprob turlarni ahamiyatini ochib berish, shahar suuv havzalari diatom suvo‘tlari ma’lumotlar bazasini tuzish va amaliyotga joriy etish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Hozirgi kunda tabiiy suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish uchun suv havzalari algoflorasining turlar tarkibi va ularning tarqalishini aniqlash hamda suvni tozaligini belgilashdagi o‘rnini asoslashga katta e’tibor berildi. Bu borada, jumladan, Amudaryo, Chirchiq, Ohangaron, Oqbura daryolari algofloralari tarkibi va ularning istiqbolli xo‘jalik ahamiyatiga molik turlaridan samarali foydalanish borasida muhim natijalarga erishildi. Shu bilan birga, algofloraning suvning turli texnogen ifloslanishlarini monitoring tahlil qilishda indikator-saprob turlardan foydalanish uchun, jumladan, Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo‘tlarini inventarizatsiyalash, indikator-saprob turlarni ajratish, bu turlar orqali suvning ekologiya-sanitariya holatini baholash bo‘yicha ilmiy asoslangan natijalar talab etilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” Farmonida “...atrof-muhit holatiga zarar yetkazadigan muammolarni oldini olish, irrigatsiya tarmoqlari obyektlarini rivojlantirish” vazifasi belgilangan. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda, jumladan, Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo‘tlarini taksonomik tarkibi va indikator-saprob turlarni aniqlash, suvning sanitar-epidemiologik holatini monitoring qilishda ulardan foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 martdagi 82-son “Ozbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risida”gi Qarori [2], O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 21 sentabrdagi 409-son “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni [4], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda [1], Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 iyundagi 484-son qaroriga [3] muvofiq “2019-2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling