O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYAlAR VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
Fakultet: Tabiiy fanlar(biologiya)
|
Magistratura talabasi: Olimova N.B
|
Kafedra: Biologiya
|
Ilmiy rahbar:b.f.n., dots., Temirov A.A
|
O’quv yili: 2021-2023
|
Mutaxasisligi: 5A110401- Tabiiy fanlar o’qitish metodikasi(Biologiya)
|
“Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo’tlari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishining
Anotatsiyasi
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi: Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo‘tlarini taksonomik tarkibi va indikator-saprob turlarni aniqlash, suvning sanitar-epidemiologik holatini monitoring qilishda ulardan foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Magistrlik dissertatsiyasining obyekti va predmeti : Ilmiy tadqiqot ob’ekti sifatida Chirchiq shahar suv havzalari: Tabiiy va sun’iy suv ob’yektlari tanlab olindi. Ilmiy tadqiqot predmeti sifatida esa, Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo‘tlari taksonomiyasi, floristikasi, ekologiyasi, suksessiyasi tanlab olindi.
Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi: Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo‘tlari turlar tarkibini aniqlash, mavsumiy suksessiyasini o‘rganish, tularning keng ko‘lamli tahlilini amalga oshirish va suv havzalari suvini ekologik sanitar holatini aniqlashda indikator-saprob turlarni aniqlash.
Magistrlik dissertatsiyasining vazifalari: Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo‘tlari taksonomik tarkibini aniqlash, tahlil qilish;
-Shahar suv havzalari diatom suvo‘tlarini mavsumiy suksessiyasini aniqlash;
-Shahar suv havzalari diatom suvo‘tlarini tarkibining miqdoriy o‘zgarishlari va biomassasini aniqlash;
-Shahar suv havzalari diatom suvo‘tlarini tarkibidagi dominant turlarni va ekologik guruhlarni o‘rganish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Chirchiq shahridagi tabiiy va sun’iy suv havzalari diatom suvo‘tlari tur tarkibi ilk marta o‘rganilib, ilmiy izlanishlar davomida diatom suv o‘tlaridan 2 ta sinf, 4 ta tartib, 4 ta tartibcha, 10 ta oila, 32 ta turkum va 200 ta tur aniqlandi. Chirchiq shahr suv havzalari diatom suvo‘tlari ekologik guruhlari to‘g‘risida ma’lumotlar olindi, tahlil qilindi. Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo‘tlari mavsumiy suksessiyasi va dominant turlari aniqlandi. Shahar suv havzalaridagi diatom suvo‘tlari miqdori, ularning mavsumiy suksessiyasi bo‘yicha ma’lumot olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |