Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Download 2 Mb.
bet7/30
Sana16.06.2023
Hajmi2 Mb.
#1489676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
SUV HAVZALARI DIATOM SUVO‘TLARI

Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertatsiya tarkibi kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiya hajmi ____ betni tashkil etib, unda jadval, rasmlar mavjud.

I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI
1.1. MDH mamalakatlarida diatom suvo‘tlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining qisqacha sharhi
A.A.Sivrid [6; 20-24-b] 2010-yilda chop etilgan maqolasida Belorussiyadaagi Palik va Postrejeskoy ko‘llari diatom suvo‘tlarini o‘rgangan va o‘zaro solishtirgan. Palik va Postrejeskoy ko‘llarining diatom suvo‘tlari tarkibi, suvning pH i, ikkala ko‘l diatomlarining umumiyligi va farqlarini 3 yil davomida o‘rgangan [8 20-24-b].
A.K.Xramsav [14; 8-10-bet] 2010-yida chop etilgan kitobida diatom suvo‘tlarini labaratoriya sharoitida kuzatgan. 3-5 turdagi diatom suvo‘tlaridan problar yig‘ib aniqlagich yordamida identifikatsiyalashni va bir hujayrali va ko‘p hujayrali vakillarni bir-biridan farqlashni, tartiblar o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlikni aniqlash, ularning tallomi va hujayraviy tuzilish metodikasini ishlab chiqqan.
Ushbu maqolada diatom suvo‘tlarining tarqalishiga yashash muhiti, suvning pHi, suvning tarkibi bevosita ta’sir qilishini ta’kidlab o‘tgan. Viliya va Iliya daryosi diatom suvo‘tlari tur xillari orasida sezilarli farq borligini aniqlagan. Aniqlangan turlarni plankton, mikrofitobentos, perifton turlarga ajratgan.
A.A. Temirov [7; 94-95.], [8; 57 – 59-b] 1992-1996 yillarda shimoliy Tojikistonda joylashgan Qayroqqum va Kattasoy suv omborlarining algoflorasini o‘rganib, ikkita suv omboridan 529 tur, ulardan 104 tur ko‘k-yashil, 10 tillarang, 1 sariq-yashil, 1 qizil, 195 diatom, 15 dinofita, 23 evglena, 179 yashil suvo‘tlari tur va tur xillarini keltiradi. Suv omborlaridagi algoflora qisqa muddat davomida shakllanishi, biroq uning o‘zgaruvchan xarakterga egaligini qayd qilgan.
D.B.Denisov va A.L.Kosova [22; 449-452-b] bilan birgalikda 2011 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrda xalqaro monitoring dasturlarini (TEC Kolarctic) amalga oshirish doirasida uch mamlakat - Rossiya, Finlyandiya va Norvegiya hududida joylashgan Paz (Patsoyoki) ko‘l-daryo tizimining drenaj havzasining diatom suvo‘tlarini o‘rgangan.
Ushbu maqolada Paz ko‘l-daryo tizimining suv havzasi diatomlari sezilarli taksonomik xilma-xillik bilan ajralib turishi va plankton va perifitonda turlarning dominant kompleksini tashkil qilishi keltirib o‘tilgan. Paz daryosida ‘Didymo’ hodisasi qayd etilgan bo‘lib, global o‘zgarishlar fonida suv sifatini shakllantirish uchun gidrogolo-geokimyoviy sharoitlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan perifiton diatomlarning (Didymosphenia geminata) tez o‘sishi hodisasi aniqlangan. O‘rganilayotgan drenaj zonasining geterogen ko‘llari yashash sharoitlarining sezilarli o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi, bu esa diatomlarning sezilarli taksonomik xilma-xilligiga olib keladi degan xulosaga kelingan[39; 449-452-b].
Janubiy g‘arbiy Sibirdagi Dolgyi Sor ko‘lida G. V. Stepanova , Z. V.Pushina, V. L. Rasumovskiylar [25; 318-322-b.] paleoekologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ko‘l konlarining indikator diatom suvo‘tlar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Maqolada Tyumen viloyatining Uvat tumanining janubiy taygasida joylashgan Dolgi Sor ko‘lining tub cho‘kindilaridan diatom suvo‘tlarni o‘rganish natijalari keltirilgan. Maqolada 57 turdagi chuchuk suv diatomlari 3 ta ekozonaning taqsimlanishini belgilaydi deb aytib o‘tilgan, bu paleo suv ombori cho‘kindilarining shakllanishi uchun sharoitlarni aks ettirishi aniqlangan.
Svetlana Aleksandrovna [16; 1-16-b] Belorusiyadagi Vileyskogo suv omborini, Viliya va Iliya daryolarining diatom suvo‘tlarini o‘rganib, 199 ta diatom suvo‘tlari tur va tur xillarini aniqlagan. Viliya daryosida Navicula Bory va Nitzchia Hass. turkumi vakillari dominantlik qilishini aniqlagan. Iliya daryosida bunga qo‘shimcha ravishda Gomphonempha turkumi ham dominanatlik qilishini aniqlagan.
P.A.Qurbonova va Х.Х.Xisoriyev [47; 267-269-b] Pomir tog‘ining sharqiy qismida joylashgan Gunt daryosining diatom suvo’tlar tarkibini o’rgangan. Daryo algoflorasining 38 % ini (107 ta tur va 9 ta tur xillari) diatom suvo’tlari tashkil qilishini aniqlagan. Diatom suvo’tlarini o’rganish jarayonida 3 ta sinf, 12 ta tartib, 13 ta oila, 28 ta turkumga mansub ekanligini aniqlagan. Diatom suvo’tlari orasida Naviculales, Cymbellales, Fragilariales va Achnathales tartiblariga mansub ekanligi va umumiy diatomlarning 80 %ini tashkil qilishini aniqlagan.
T.P.Niyatbekov [53; 690-693-b] 2014-yilda nashr etilgan maqolasida Tojikiston Respublikasida joylashgan Bulunko‘l (Sharqiy Pomir) ko‘lining algoflorasini o‘rgangan. Maqolada ko‘lda topilgan taksonlarning eng ko‘p guruhi diatom suvo‘tlariga tog‘ri kelishi keltirilgan. Bulunko‘l ko‘lining umumiy algoflorasining 53,8% ni diatom suvo‘tlar tashkil qilishi aniqlangan. Aniqlangan turlardan 115 ta tur Pennatophyceae sinfiga mansub bo‘lib, bu diatomlar umumiy sonining 93,8% ini tashkil etishi va bu ko‘l algoflorasining 50,3 % ini tashkil qilishini aniqlagan.
T.P.Niyatbekov Pomir [54; 7-11-b] tog‘larida tarqalgan (2014) diatom suvo’tlarining turlarini aniqlagan va ekologik turlarini o’rgangan. Pomir diatomlari florasining tizimli tarkibi va tuzilishida Raphinales tartibi yetakchi rol o’ynashini va butun diatom floraning 83,04%ini tashkil qilishini aniqlagan. Diatom floraning 66,95 %i bentos, 11,73 %i plankton-bentos, 5,43 %i plankton, 0,43 %i epifit va 15,43 %i kam o’rganilgan tur ekanligini o’rgangan.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling