Chirchiq davlat pedagogika universiteti tojixon sabitova


"Dostonlarda badiiy tasviriy vositalarni o`rgatishda faol va interfaol metodlardan foydalanish


Download 1.62 Mb.
bet22/29
Sana18.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1032306
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
МОНОГРАФИЯ охирги вариант

3.3 "Dostonlarda badiiy tasviriy vositalarni o`rgatishda faol va interfaol metodlardan foydalanish.





___________________________________________________
B.Mengliyevning «Multimedia vositalariva ulardan foydalanish» maqolasidan foydalanildi.

















1-ilova
Islom shoir Nazar o’g’liningning “Orzigul” dostonidagi Orzigul obrazini badiiy obraz xususiyatlari yuzasidan “FSMU” metodida tahlil qilish mumkin. Buning uchun talabalar oltita kichik guruhga bo`linadilar. Har bir guruhga hikoya qahramonini haqidagi bittadan fikr bo`yicha “FSMU” jadvalini to`ldirish so`raladi.


1-guruh uchun: Orzigul obrazi konkretlilik xususiyatiga ega.
2-guruh uchun: Orzigul individuallashtirilgan umumlashmadir.
3-guruh uchun: Orzigul obrazi – ratsional va emotsional birlik.
4-guruh uchun: Orzigul obrazi metaforiklik xususiyatiga ega.
5-guruh uchun: Orzigul obrazi ko`pma’nolilik xususiyatiga ega.
6-guruh uchun: Orzigul obrazi assotsiativlik xususiyatiga ega.



3-ilova
“Qanday?” metodi talabalarda o‘rganilayotgan mavzu, muammo yuzasidan
umumiy tasavvurlarni hosil qilishga imkon beradi. Metodni qo‘llashda o‘quvchi (talaba)larda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga solish, ularni tahlil qilish ko‘nikmalarishakllanadi. Metodni qo‘llash:
1) o‘qituvchi tanlangan mavzu, masalani e’lon qiladi;
2) o‘quvchi (talaba)larni mavzu va metod bilan ishlash qoidalari bilan
tanishtiradi;
3) ular guruhlarga biriktiriladilar;
4) guruhlarga topshiriq beriladi;
5) guruhlar topshiriqni bajaradilar;
6) guruhlar tomonidan taqdim etilgan yechimlar bilan jamoa tanishtiriladi;
7) jamoa tomonidan guruhlarning ishlari muhokama qilinadi.
Muammoning yechimi “Buni qanday qilish kerak?”, “Qanday?” savollariga
javob topish asosida hal qilinadi. Muammoni yechishda “nima qilish kerak”ligi to‘g‘risida o‘ylanib qolmaslik lozim. Savollarning izchil berilishi muhim ahamiyatga ega. Metodni qo‘llashda muammoni echish imkoniyatlarigina izlanmay, ularni qo‘llash yo‘llari ham tadqiq qilinadi.
Metodni qo‘llashda quyidagi shartlarga amal qilinadi: 1) o‘ylangan barcha
g‘oyalar tahlil qilinmasdan, baholamasdan va taqqoslamasdan tezda qayd etilishi kerak; 2) shakllanayotgan diagramma tugallangan bo‘lmay, unga yangi g‘oyalarni kiritish mumkin bo‘lsin; 3) agarda chizmada savol uning “shoxlarida” bir necha bor qaytarilsa, unda u biror muhimlikni anglatib, u muammoning asosiy echimi bo‘lishi mumkin; 4) yangi g‘oyalar grafik, klaster yoki tasvir ko‘rinishida bo‘lishidan qat’iy nazar yuqoridan pastga yoki chapdan o‘ngda qayd qilib boriladi va buni talabalarning o‘zlari hal etadilar; 5) agar talabalar savollarni to‘g‘ri qo‘ysalar va masalaning rivojlanish yo‘nalishini ob’ektiv belgilay olsalar, u holda yechim to‘g‘ri topiladi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling