Inson obrazini yaratish vositalarini “Qanday” metodi yordmida aniqlash
(taxminiy variant)
4-ilova
“Xulosalash» (Rеzyumе, Vееr) mеtodi
Mеtodning maqsadi: Bu mеtod murakkab, ko`ptarmoqli, mumkin qadar,
muammoli xaraktеridagi mavzularni o`rganishga qaratilgan. Mеtodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo`yicha bir xil axborot bеriladi va ayni paytda, ularning har biri alohida aspеktlarda muhokama etiladi. Masalan, muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari bo`yicha o`rganiladi. Bu intеrfaol mеtod tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda talabalarning mustaqil g`oyalari, fikrlarini yozma va og`zaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishgaimkoniyat yaratadi. “Xulosalash” mеtodidan ma'ruza mashg`ulotlarida individual va juftliklardagi ish shaklida, amaliy va sеminar mashg`ulotlarida kichik guruhlardagi ish shaklida mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tahlili qilish va taqqslash maqsadida foydalanish mumkin.
“Xulosalash» metodi asosida bajarish uchun o`quv topshirig`i
(taxminiy variant)
“Folklorda badiiy tasvriy vositalarni o’rgatishda faol metodlardan foydalanish”mavzusi bo`yicha mustaqil ta’limni tashkil etish
“Folklorda badiiy tasvriy vositalarni o’rgatishda faol metodlardan foydalanish”mavzusi bo`yicha ma`ruza va amaliy mashg`ulot o`tilgach, talabalarda ushbu mavzu yuzasidan bilim, ko`nikma va malakalar shkallanadi va bu o`z navbatida mavzuga oid mustaqil ta`limni tashkil etishga asos
bo`ladi.
Mazkur mavzuda mustaqil ta`limni muammoli hamda hamkorlikda o`qitish texnologiyasi asosida tashkil etish o`quv materialini samarali va tez o`zlashtirishga imkon beradi. “Badiiy obraz spеtsifikasi” mavzusi keys-stadi metodini qo`llashuchun qulay. Keys-stadi metodi talabalarning Ma’navy va labziy san’atlarga oid bilimlarini amalda qo`llash bilan birga bu boradagi muammoli masalalarni hal etish malakalarini ham shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |