Chirchiq davlat pedagogika universiteti tojixon sabitova


Download 1.62 Mb.
bet24/29
Sana18.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1032306
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
МОНОГРАФИЯ охирги вариант

Keys-stadi metodi
Keys-stadi (case-study) aniq vaziyatlar tahlili metodi bo‘lib, real ijtimoiy, iqtisodiy, biznes vaziyatlar ta’rifidan foydalanuvchi ta’lim texnikasi hisoblanadi. Ta’lim oluvchilardan berilgan vaziyatni tahlil qilish, muammolar mohiyatini anglash, ushbu muammolarning muqobil echimlarini izlash va ular orasidan eng afzalini tanlash talab etiladi. Keyslar real dalilli materiallarga yoki real vaziyatga maksimal ravishda yaqinlashtirilgan ma’lumotlarga asoslanadi. Ushbu metod dastlab 1924 yilda Garvard biznes maktabida qo‘llangan.
Keys-stadi ta’lim texnologiyasi – bu ta’limdagi metodik yangilik bo‘libgina
qolmay, balki uning ta’lim tizimida keng ishlatilishi zamonaviy ta’lim tizimidagi
vaziyatga ham bog‘liq. Aytish mumkinki, ushbu texnologiya asosan yangi bilim,
ko‘nikmalarni o‘zlatirishga emas, o‘qituvchi va talabalarning umumiy intellekual
va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Keys-stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida talabalar tomonidan eng afzal ko‘riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Buning sababi sifatida ushbu metod talabalarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‘zlashtirishda hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyatini berishida ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) talabalarning professionalizatsiya jarayoniga kuchli ta’sir o‘tkaza olishi, ularning kasbiy jihatdan “ulg‘ayishiga” xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi.


Aniq vaziyatlarni bosqichma-bosqich tahlil etish va hal etish bo‘yicha
talabalarga uslubiy ko‘rsatmalar






“Badiiy obraz spеtsifikasi” mavzusi uchun

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling