Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari
Taqsimot boshqaruvining asosiy elementlari
Download 88.98 Kb.
|
Hazratqulov Jasurbek. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqsimot iqtisodiyoti
- Axborotlar oqimi ustidan nazorat.
Taqsimot boshqaruvining asosiy elementlari:Oliy boshqaruv organi namoyish etadigan taqsimot iqtisodiyoti; Axborotlar oqimini yig‘ish, undan foydalanish va uning ustidan o‘z vaqtida nazorat qilish; Taqsimot bo‘yicha personalni umumiy malakasi va jo‘shqin xulq atvori shijoati. Ko‘pgina turfirmalar rahbariyati taqsimotning a’lo tizimi firmani muvafaqiyatli raqobat qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydilar. Taqsimot iqtisodiyoti. Taqsimot iqtisodiyoti kattagina darajada biznesni boshqa soxalaridagi qarorlar siyosati ta’siri ostida bo‘lganligi sababli boshqaruvda ehtiyotkorlik taqsimot samaradorligi va uning bahosida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Agentlikni tanlashda qo‘yidagi savollarni o‘rganish zarur: turoperator tomonidan agentlikka taqdim etilgan xizmatlar xajmi; agentlik yordamida sotishni oshirish imkoniyatlari; turagentlikni qo‘llab-quvatlash uchun zarur bo‘lgan harajatlar: iste’molchiga nisbatan agentning joylashgan joyi; agentlik amaliyotini turoperator talablariga moslik darajasi; agentlikni sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarda ishtiroki; agentlikni moliyaviy holati; agentlik firmasini boshqarish shakli; agentlikdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar miqdori; agentlik amalga oshirayotgan reklama faoliyatning xajmi va uni sharotlari; turagentlikni raqib faoliyatiga munosabati; turagentlikni schetlarni to‘lash doimiyligi; turagentlikni bozor to‘g‘risidagi taqdim etayotgan ma’lumotlar xajmi; turagentlik ishiga so‘ngi iste’molchilar tomonidan shikoyat va e’tirozlarni mavjudligi Axborotlar oqimi ustidan nazorat. Turxizmatlar sezilmasligi sababli ular to‘g‘risida axborotlarni olish va uzatish operativliga hamda samaradorligi taqsimot samaradorligida ahamiyatli rol o‘ynaydi. Axborotlar etarli darajadami? Boshqarishning bosh elementlariga tegishli bo‘lgan asosiy narx ko‘rsatkichlari qanchalik to‘g‘ri va o‘z vaqtida olingan? Boshqaruv organlari tadqiqot natijalari ustidan tazorat uchun xaqiqiy ma’lumotlardan foydalanadimi hamda bu rejalashtirish ishlab chiqarish va taqsimot kabi soxalarda o‘z siyosatini yaxshilaydimi? Bugungi kunda turistik firmalar ishida personal kompyuterlar foydasi to‘g‘risida gapirishga xojat yo‘q. Ular buxgalteriya hisobini samarali yuritishga, turistik po‘tyovkalar harakati, charter reyslarini to‘ldirilishi, mehmonxonalardagi mavjud o‘rinlar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar olishga, zaruriy blankalar bilan ta’minlashga imkon yaratadi. Turfirmalar tomonidan persanal kompyuter nafaqatgina o‘z ichki vazifalari uchun balki, turli telekonferensiyalarga (e’lonlarni elektron gazetasi) va bu tarmoqlarni ko‘p millionli abonetlar armiyasiga global kompyuter tarmoqlari orqali axborotlarni uzatish uchun ham foydalaniladi. Persanal malakasi. Sotishni muvafaqiyatli amalga oshirish uchun sotiladigan xizmatni batafsil bilishi, xizmatchilar malakasi juda muhimdir. Bu mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga sotish xajmini oshirishga hamda harajatlarni kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Ko‘p hollarda turfirmalarda shunday holat kuzatiladiki, ya’ni sotish bo‘yicha menejer taklif qilingan turistik yo‘nalish to‘g‘risida, xizmat ko‘rsatish dasturi mehmonxona, transfert, mintaqadagi ob-havo sharoitlari to‘g‘risida mukammal malumot berish holatida emas. Natijada hafsalasi pir bo‘lgan mijoz turni barcha tavsilotlarni yaxshiroq tushuntira oladigan, barcha savollarga to‘liq javob beradigan menedjer faoliyat ko‘rsatadigan boshqa firmaga o‘tib ketadi. Boshqa tomonidan yaxshi menejment tamoyillaridan foydalanadigan persanalni ratsional boshqarish turistlarga sifatli xizmat ko‘rstaishga erishish uchun tashkilotni barcha xizmatlarini muvofiqlashtirishni ta’minlashga qodirdir. Bu – ishonch, qaniqarlilik, konstruktiv yondashuv, menejmentni ratsional tarkibi, turfirma faoliyatining eng muhimlarini aniqlash. Mehnat motivatsiyasiga firma xizmatchilarini ierarik ehtiyojini hisoblash yordamida erishladi. Rahbariyatning vazifasi ularni qoniqtiruvchi sharoitlarni yaratish, shu bilan xodimlarni intensiv va sifatli mehnatini motivlash. O‘z navbatida jo‘shqin va xushyor persanal rahbariyatga taqsimotni optimallashtirishga va nazoratga yordam berishi va hamkorlik qilishi mumkin. Download 88.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling