Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari
Ekskursiya xizmatlarining o’ziga xosligi va pedagogik jarayoni
Download 207.77 Kb.
|
Kurs Ishi - OS
Ekskursiya xizmatlarining o’ziga xosligi va pedagogik jarayoni.
Ekskursiya xizmati sifatini belgilovchi quyidagi muhim sharoitlar mavjud: sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni tashkillashtiruvchi mamlakatning tayyorligi; sayyohlarni qabul qiluvchi mamlakatning shartnoma majburiyatlarini bajarishi; qabul qiluvchi mamlakatning taklif etayotgan asosiy va qo‘shimcha xizmatlarining sifati; sayyohlarga xizmat ko‘rsatishda ishtirok etuvchi guruh rahbari va ekskursovodning tashkilotchilik qobiliyati, ularning o‘z hatti-harakatlarini korxona va tashilotlar bilan kelishgan holda amalga oshira olish va hamkorlik qila olish qobiliyatlari; guruhining qatnashchilarining tartib intizomi, madaniyat darajasi vaqiziqishlari. Shunday qilib, ekskursiya xizmati ko’rsatish ikki tomonlama akt bo’lib, uning sifati ko’p narsalarga qabul qiluvchi mamlakatning tashkiliy tomonlari, sayyohlar guruhi, uning o’ziga xosligi hamda ekskursovod va guruh rahbarining kelishgan holda xarakat qilishiga bog’liq. Ekskursiya faoliyati mazmuni va tashkillashtirilishi nafaqat tadbir turiga balki uning qaerda o’tkazilishiga ham bog’liq. Ushbu faoliyatning amalga oshirilish joyi Nyu-York, Parij, Rim kabi yirik siyosiy, iqtisodiy, madaniy markazlar bo’lsa, turli ixtisoslikdagi - tarixchi, iqtisodchi, muhandis, san’atshunos ekskursovodlar tomonidan sayyohlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish oson kechadi. Sayyohlar tunaydigan va ko’ngil ochish bilan vaqt o’tkazadigan joylarda ham ekskursiya xizmatini ko’rsatish oson kechadi. Odatda ushbu faoliyat doimiy va mavsumiy ekskursovodlar tomonidan oldindan tuzilgan reja asosida tarixiy va madaniy diqqatga sazovor joylarda xizmat ko’rsatilib, yaqin atrofda xarakatlanuvchi avtobuslardagi sayyoo’larga sayyohlik kompleksida mehmonlarning faol dam olishlari uchun sharoitlar mavjudligini eslatishadi va taklif qilishadi. Ekskursovod sayyohlarning mehmonxonada joylashishida ishtirok etadi va guruh rahbari bilan birga administratorga sayyohlarni to’g’ri joylashtirishga ko’maklashadi. Bu borada guruhdagi oilaviy sayyohlar va keksa sayyohlarga alohida iltifot ko’rsatishga harakat qilishadi. Ro’yxatdan o’tgandan so’ng sayyohlar nomerlariga ketishlaridan oldin ekskursovod barchani kunning dasturi, birinchi uchrashuv vaqtini belgilaydi, ovqatlanish sharoitlari va boshqalar bilan tanishtiradi. Agar guruh mehmonxonaga kechasi keladigan bo’lsa, birinchi uchrashuv nonushtadan oldin ertalab belgilanadi. Guruh rahbari va ekskursovod birgalikda adminstrator bilan guruhning mehmonxona xujjatlarini to’ldiradi. Sayyohlar bilan birinchi uchrashuv vaqtida ovqatlanish sharoitlari, sayyohlik resurslari – plyajlar, davolash muassasalari, sport maydonchalari va boshqalardan qanday foydalanish, sayyohlik kompleksi tashqi dunyo bilan qanday kommunikatsiya aloqalari orqali bog’lanishi, qanday transport vositalaridan foydalanish mumkinligi, yaqin atrofdagi shahar, diqqatga sazovor joylarga qanday qililb borish mumkinligi, ekskursiya dasturiga kiritilgan mavzular va kunlar va boshqalar to’g’risida to’liq ma’lumotlar beriladi. Ekskursiya xizmat ko’rsatishining muhim tomoni sayyohlar guruhini ovqatlantirish xisoblanadi. Guruh uchun restoranda maxsus joy hozirlanadi. Biroq ekskursovod sayyohlar ovqatlanishidan yoki oldin yoki keyin tamaddi qiladi va u ovqatlanish vaqtida guruh bilan birga bo’lishi shart. Guruh tarkibi, uning millatiga qarab ekskursovod bosh oshpaz bilan birgalikda har kungi ovqatlanish menyusini tuzib chiqadi. Shunday qilib sayyohlik kompleksi imkoniyatlari va sayyohlar hohishlarini mosligiga erishish mumkin. Ekskursovod – sayyohlik korxonasining vakili sifatida tuzilgan shartnomaga asosan ko’rsatilayotgan xizmatlar soni va sifatini nazorat qilib boradi. U tashkil etilgan sayyohlik guruhi va ishlab chiqarilagan joyning o’zida iste’mol qilinadigan maxsulotlar ishlab chiqaruvchi sayyohlik korxonasining manfaatlarini himoya qiladi. Ekskursiya xizmati ko’rsatishga sayyohlik kompleksida tashrif vaqtida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ba’zi tadbirlar, ekskursiyalar ham kiradi. Ularning ba’zilari sayohatning umumiy narxiga kirsa ba’zi birlari sayyohlar tomonidan o’sha joyda to’lov amalga oshiriladi. Ularni tashkil etish va o’tkazish kompleksning ekskursiya xizmati ko’rsatish bo’limi boshchiligida ekskursovodlar tomonidan amalga oshiriladi. Ular sayyohlar mamlakatda bo’lish vaqtida sayyohlar bilan uzviy bog’langan. Agar guruh ekskursiyaga ketadigan bo’lsa, bu haqda mehmonxona, restoran rahbariyatini ogohlantirishi va bu orqali guruhning sayohat vaqtida ovqatlanishini ta’minlashi, teatr, muzey va boshqalarga tashrif buyurish uchun biletlar olishlariga to’g’ri keladi. Ekskursiya xizmatini ko’rsatish kompleksning o’zida ham amalga oshirilishi mumkin. Guruh rahbari va ekskursovod birgalikda sayyohlarning bo’sh vaqtlarini ratsional taqsimlashga alohida e’tibor qaratishadi. Bayramlar, oilaviy tadbirlar, do’stlik kechalari, tug’ilgan kunlarni nishonlash va boshqalarni tashkil etadilar. Ekskursiya xizmatining sifati sayyohlarning faollligi, ularning dasturga kiritilmagan qo’shimcha tadbirlarda ishtirokiga bog’liq bo’lib, bu orqali turizm xo’jaligining samaradorligi oshadi, mamlakatga qo’shimcha valyuta tushumi ta’minlanadi. Yakka tartibda tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turizmda ekskursiya xizmatini ko’rsatish juda cheklangan bo’lib, sayyohlarning tashrif vaqtlarida ekskursovodlarning bo’lishi majburiy emas. Tashkillashtirilmagan sayyohlar ekskursovodlarning faqat o’zlari uchun kerakli deyub xisoblagan xizmatlaridangina foydalanishadi va to’lovni oldindan amalga oshirishadi. Ekskursiya xizmatlarini ko’rsatishda uchta asosiy omil – sayyohlarga xizmat ko’rsatadigan mamlakatning moddiy bazasi, texnik taraqqiyot natijalaridan foydalanish va kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish xizmat ko’rsatish darjasini belgilab beradi. Sayyohlarga xizmat ko’rsatishda qo’zg’almas moddiy asos va xarakatlanuvchi jamoat va maxsus transport vositalari; sayyohlik kompleksi va korxona ega bo’lgan joylashtirish vositalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, madaniy ko’ngil ochar muassasalardan iborat moddiy baza ishtirok etadi. Ushbu moddiy-texnik bazaning jamlanmasi sayyohlik xizmatlari ishlab chiqarish, uni taklif etish va realizatsiya qilishni ta’minlaydi. Moddiy bazaning sifati ko’rsatilayotgan ekskursiya xizmatining yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi. Moddiy-texnik asos yaxshilanishi bilan sayyohlarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifati ham yaxshilanib boradi. Buning isboti sifatida ommaviy xalqaro turizm boshlangan davrlarda qurilgan va hozirgi davrda qurilgan yetakchi sayyohlik kompleksini taqqoslab ko’rish kifoya. Sayyohlarga xizmat ko’rsatuvchi transport vositalari sezilarli darajada o’zgardi. Ayniqsa havo transportida katta tarqqiyot kuzatilmoqda, biroq boshqa transport turlarida ham kuchli raqobat, texnik taraqqiyot natijasida sayyohlarga xizmat ko’rsatishda o’ziga yarasha xissa mavjud. Asosiy transport vositalarining muqim moddiy asosi ham ekskursiya xizmatlarining sifatiga bog‘liqlik jihati bor. Temir yo‘l vokzallari, dengiz va avtovokzallar, aerodromlarda sayyohlar oqimining harakati boshlanadi va yakunlanadi. Bu asossiz turizm xozirgi kundagi ko‘rinishda va shakllarda mavjud bo‘lmas edi. Turli transport vokzallarida sayyohlarni joylashtirish uchun qulay joylar, kutish zallari, radioaxborot, mikrofonlar, telefonlar va boshqalar tufayli ekskursovod sayyohlarga xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ldi. Texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanish ekskursiya xizmati ko’rsatishning yaxshilanishida va uning takomillashishida juda muhim omil xisoblanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek ekskursovod turli xil faoliyatlarni tashkillashtiruvchi va uni ijro etuvchi xisoblanadi. Unga ushbu faoliyatni amalga oshirishning sifati, ko’p jihatlari bevosita bog’liq. Ekskursovodning ishi – bu jonli mehnat sarfi bo’lib, na mexanizatsiya orqali na avtomatlashtirish orqali uni amalga oshirib bo‘ladi. Ekskursiya faoliyati ekskursovodsiz amalga oshirilishi mumkin emas. Ekskursovod mehnati sarfi moddiy xususiyatga ega bo’lmagan xizmatlarni ko’rsatish bilan bog’liq biroq ushbu mehnat ijtimoiy foydali va zarur bo‘lib, ko‘pgina kishilarning sayohatlarining begona mamlakatlarda, joylarda bo‘lishida tashrifni yengillashtiradi. Ekskursovodlar ko‘magida sayyohlar ko’pgina majburiyatlardan ozod bo’lishadi, axborot olish, ma’lumotlar va boshqalar olishda vaqtlarini tejashadi va o‘zlarining dam olishlarini, ko‘ngil ochishlarini ratsional tarzda tashkil etishadi. Ekskursovodning ishi tartib-qoidalar, topshiriqlar, instruksiyalar orqali qat’iy belgilangan bo‘lib, u o‘z xizmat vazifasini bajarishi lozim. Odatda, ekskursovod vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan oldindan tuzilgan dastur asosida ishlaydi. Ekskursovodning majburiyatlari tasdiqlangan dasturlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lsada u sayyohlar bilan bevosita muloqot mobaynida qo‘shimcha xizmatlarni, madaniy va sport tadbirlariga biletlar olish, tarixiy va madaniy diqqatga sazovor joylarga tashriflarni amalga oshirish, valyuta almashtirishda ko‘mak berish, suvenirlar sotib olish va boshqalarda o‘z xizmatlarini taklif etishi mumkin. Ekskursovodning majburiyati va javobgarligi xorijga ekskursiya uyushtirilganda, anjuman ishtirokchilaridan iborat katta guruhlar bilan ishlaganda ortib boradi. Bunday holatlarda taklif etilayotgan xizmatlar sifati va miqdorini shartnomaga asosan nazorat qilib borishi, xorijiy bojxona, chegara xizmatlari, sayyohlik firmlari oldida milliy sayyohlik tashkilotining, mamlakatning vakili sifatida shartnoma munosabatlarida ishtirok etishini yaxshi tushunishi va shunga yarasha munosib xarakat qilishi lozim. Ekskursiya faoliyatini amalga oshirishda kadrlar tayyorlash va ularning malakasi muhim ahamiyatga ega. Ekskursovod uchun shaxsiy madaniyat, siyosiy, iqtisodiy, til va professional tayyorgarlik hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu sifatlardan birortasida kamchilik bo’lsa ekskursovod boshqa vazifalarini ham bajara olmaydi. Ekskursovodga yuqori darajada umumiy madaniyat talab etilishi uning istalgan sayyoh bilan muloqotga kirishishi uchun zarur. Umumiy madaniyat uning sayyohlarga kasbi, yoshi, milliy mansubligi, an’analarini xisobga olgan holda differentsiyalashgan tarzda xizmat ko’rsatish imkonini beradi. Bu yondoshish ekskursovodga turistlar ishonchini qozonish, ekskursiya xizmatlarini ko’rsatishda kichik ko’ngilsizliklar oldini olishda ko’mak beradi. Ekskursovodlarning ahloqiy barqarorligi uchun siyosiy tayyorgarlik muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yo‘nalishda mintaqadagi beqarorlik xususan Afg‘oniston va Tojikistondagi terror va kuch ishlatish holatlari O‘zbekiston Respublikasida milliy istiqlol g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashni zaruriy talabga aylantirdi. Turizm iqtisodiy jarayonlar ustunlik qiladigan faoliyat bo‘lib, bu holat ekskursovoddan nafaqat boy madaniyatga ega bo‘lish, balki, turizm sohasida valyuta va moliyaviy siyosat masalalarni yechishini ham talab qiladi. U moliyaviy xisobotlar, ekskursiyalar kalkulyatsiya qilish, muayyan marshrutlarda sayohat dasturlarini va boshqalarni tuzishni bilishi lozim. Ekskursovodning til tayyorgarligi shart bo’lib, usiz xorijiy turist bilan bevosita muloqotga kirishish imkoni bo‘lmaydi. Ekskursovod qanchalik tillarni ko‘p bilsa u shunchalik turizm bo‘yicha mutaxassis sifatida muvoffaqiyatli ishlash, o‘z mamlakati nufuzini oshirishi mumkin. Ekskursovod mehmonxonalar, restoranlar, magazinlar, turistik byurolar, madaniy ko’ngilochar muassasalar ekpluatatsiyasi bilan bog’liq ba’zi texnologik jarayonlarni bilishi lozim. Bu bilimlar joylashtirish, ovqatlanish va ko‘ngil ochish bilan bog‘liq shartnoma majburiyatlarini bajarishni yengillashtiradi. Boshqa tarafdan u tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarni xorijiy turistlarning iste’mol talabi to‘g‘risida ma’lumot berish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda ko‘maklashishi mumkin. O‘z xizmat vazifasini bajarish uchun turli turistik kompleks korxonalari bo’g’inlari bilan o‘zaro munosabatlarga kirishadi. U “Sayohat”, “Tadbirlar”, “Joylashtirish”, “Moliyaviy-buxgalteriya”, “Tashviqot va reklama”, “Madaniy jamoatchilik faoliyati” bo‘limlari, alohida joylashtirish va ovqatlanish korxonalari rahbariyati, transport korxonalari xaydovchilari va boshqalar bilan aloqalarni o‘rnatishi lozim. Xizmat ko‘rsatish sifatiga bog‘liq bo‘lgan barcha bo‘g‘inlarni bilish talab etiladi. Ekskursovod turistlarga xizmat ko‘rsatishda vositachi, muvofiqlashtiruvchi, rahbar va xo‘jayin, barcha xizmatlar vakili va yordamchisi sifatida ishtirok etadi. Ekskursovoddan ma’ruzachi sifatida ekskursiya ishi sohasida chuqur bilim, suhbat olib borish usullari, gapirish texnikasi va boshqalarni bilish talab etilib, bu sifatlar ekskursion suhbatdan yaxshi natijalarga erishishni ta’minlaydi. Ekskursovodning tashkilotchilik qobiliyatlari ekskursion xizmat ko‘rsatish sifatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Uning mahorati va tajribasi xizmat ko‘rsatish sohasining barcha turlarida xizmat ko‘rsatish darajasini belgilab beradi. Turistlarning tashrif reja-dasturlarini bajarish, ularning ekskursiya va boshqa madaniy tadbirlarda ishtirok etishi asosan ekskursovodning tashkilotchilik va ishbilarmonlik sifatlariga bog‘liq. Agar ekskursovodning o‘zi yuqori darajadagi tayyorgarlik va har taraflama professional tayyorgarlikni o‘zida mujassamlashtirsa u ekskursion faoliyat sifatiga ijobiy ta’sir etib, turistik xizmat ko‘rsatish darajasi oshishi, xo‘jalik turizmi rivojlanishida muvoffaqiyatlarga erishadi. Shunday qilib, ekskursion faoliyat ko‘p rejaliligi bilan ajralib turadi. U axborot-ma’lumot, tashviqot hamda tashkilotchilik, vositachilik, kungil ochish va operativ faoliyatni o‘zi ichiga oladi. Ekskursiya xizmatlari sayyohlarga kompleks xizmat ko ‘rsatishning ajralmas qismidir. Ekskursiya xizmatlarining mohiyati milliy mexmondo‘stlik bilan bog‘liq faoliyat bo‘lib, davlatning madaniy-tarbiyaviy, iqtisodiy va ijtimoiy siyosati ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi. Ekskursiya – bu ob’ektning diqqatga sazovorligiga ega bo‘lib uchun tashrif buyurish orqali dunyoqarashning kengaytirilishi va borliqni bilish shakli hisoblanadi. Ekskursiya sayyohlik xizmati shakli sifatida bir qator belgilarga ega: ekskursiya qilinadigan resurslarning mavjudligi; ekskursant va ekskursovodlarning mavjudligi; belgilangan marshrut va belgilangan vaqtda ekskursiya qilish; maqsadga yo’nalitirilganligi; temtika asosida amalga oshirilishi. Ekskursiyaga talablar: axborotning ishonchliligi; madaniy-bilish ahamiyati; tushuntirishning to‘liqligi; tuzulishning aniqligi va ijroning tugallanishi; ekskursantlar manfaatlari qondirilishi. Ekskursiya bir qator sabablarga ko‘ra tasniflanadi: tuzilishi bo‘yicha; tematikasi bo‘yicha; qatnashchilar tarkibi bo‘yicha; o‘tkazish joyiga ko‘ra; xarakatlanish usuliga ko‘ra; davomiyligiga ko‘ra; o‘tkazish shakliga ko‘ra. Tarkibiga ko’ra ekskursiyalar ko‘prejali (obzorli) va tematik ekskursiyalarga bo’linadi. Tematik ekskursiyalar odatda bir mavzu yoki bir mavzuga biriktirilgan guruh voqealarga bag‘ishlanadi. Bu kabi ekskursiyalar bir necha guruhlarga bo‘linadi: tabiatshunoslik ekologik tarixiy madaniyatshunoslik adabiyot ishlab chiqarish va boshqa. Bu guruhlarning har biri sinflarga ajratilishi mumkin. Masalan, arxeologik ekskursiyalar: o‘lkashunoslik; harbiy-tarixiy; etnografik; arxeologik. O‘z navbatida ushbu guruh sinflarga bo’linishi mumkin. Masalan, arxeologik ekskursiyalar guruhchasi quyidagilarga bo‘linadi: yer usti-arxeologik; suv osti-arxeologik. Ekologik ekskursiyalar yana quyidagi guruhchalar bo‘yicha tasniflanadi: shahar ekologiyasi; ekologiya va inson; ekologiya, o’simlik va hayvonot olami; suv va havo havzasi ekologiyasi va boshqalar. San’atshunoslik ekskursiyalari bir necha guruhchalarga bo’linadi: kartina galareyalari va ko‘rgazma zallari; halq badiiy san’ati; teatr; tarixiy-musiqali va boshqalar. Shuni ta’kidlash kerakki, ekskursiyalarning bu kabi tasniflanishi shartli xisoblanadi. Qatnashchilar tarkibiga ko‘ra ekskursiyalar quyidagilarga: individual; guruhli; mahalliy aholi uchun ekskursiyalar; keluvchi turistlar uchun; maktab o‘quvchilari va talablar uchun ekskursiyalar; nogironlar va boshqalar uchun ekskursiyalar. Ekskursiyani o‘tkazish joyiga ko‘ra quyidagicha tasniflash umumkin: shahar; shahar tashqarisi; shaharlararo marshrutlarda yo‘ldagi axborot. Harakatlanish usuliga ko‘ra ekskursiyalar piyoda, transport vositalaridan foydalanib va kombinatsiyalashgan. Dunyoning bir qator shaharlarida maxsus piyoda sayr qilish zonalari (kvartallar) faoliyat yuritib barcha transport turlari yurishi ta’qiqlangan. Xorijda ekskursiya zonalarida bir qator holatlarda ekologik toza va ovozsiz transport (harakatlanuvchi trotura, avtobus va boshqalar) vositalaridan foydalaniladi. Ekskursiyalar davomiyligi bir necha soatdan sutkagacha bo’lishi mumkin. Dam olish kunlari marshrutlarida turli davomiylikdagi bir qancha ekskursiyalar nazarda tutilishi mumkin. Ekskursiyalarni o’tkazish shakliga ko’ra odatdagi, reklama, ommaviy ekskursiya, ekskursiya-sayr, ekskursiya-ma’ruza, ekskursiya-kontsert va boshqalar bo’yicha tasniflanadi. Yuqorida keltirilgan ekskursiyalar klassifikatsiyasi turoperatorlar turlarni yaratayotganda ularning ishini yengillashtiradi hamda ekskursovodning ekskursiyani o’tkazish bo’yicha metodikasini ishlab chiqishini yengillashtiradi. Ekskursiyani tayyorlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi: ekskursiya mavzusini tanlash; tanlangan mavzu bo’yicha yangi ekskursiyalarni yaratish; ushbu ekskursiyani o’tkazish bo’yicha ekskursovodni tayyorlash. Ekskursiya mavzusini tanlash ekskursiyalar “banki”ni (portfeli) maqsadli yaratish yoki aniq buyurtma bo’yicha potentsial talabga bog’liq. Ekskursiya mavzusi barcha tashrif ob’ektlarii yagona bir butunlikda birlashtirish kerak. Shunday qilib, ekskursiya –turistik qiziqish ob’ektlari, diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish maqsadida qisqa muddatli mavzuli marshrut. Ekskursiya xizmatini ko’rsatish turistlarga kompleks xizmat ko’rsatishning ajralmas qismidir. Ekskursiya xizmatini ko’rsatish tarkibi milliy mehmondo’stlikni ko’rsatish bilan bog’liq faoliyat bo’lib, davlatning ijtimoiy, madaniy-tarbiyaviy, ma’rifiy, iqtisodiy siyosati ta’sirida tashkil etiladi va rivojlantiriladi. Ekskursovod – turistik korxona vakili bo’lib, u tuzilgan shartnomaga asosan taklif etilayotgan tovar va xizmatlar miqdori va sifatini nazorat qiladi. U uyushgan turistlar va turistik tashkilotlar manfaatlarini himoya qilib, tashrif joyida tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradi va taklif etadi. Bu yerda xizmat ko‘rsatuvchi va xizmat ko‘rsatiluvchilar o‘rtasida ko‘p rejali munosabatlar vujudga keladi va amal qiladi. Shu sababli turistlarga ekskursiya xizmati ko’rsatish muhim ahamiyat kasb etadi. Ekskursiya xizmatini ko‘rsatish sifatini oshirish: mahalliy madaniyat, musiqa, teatr, san’at va hunarmandchilikning haqiqiy xususiyatlari va o‘ziga xosligini ta’kidlaydigan ekskursiya mavzusini takomillashtirish; mahalliy aholining turistik diqqatga sazovor joylar, ob’ektlar va xizmatlardan foydalanishiga imkon berish; mahalliy aholini ekskursiya faoliyatiga jalb etish maqsadida ularni moliyaviy rag’batlantirish, professional tayyorgarligini tashkil etish va o‘rgatish; diqqatga sazovor joyning yuklanishi me’yordan ortib ketmasligining oldini olish uchun nazorat choralarini ko‘rish; mahalliy aholini turizmning qadriyatlari bilan, turistlarni esa mahalliy odat va an’analar bilan tanishtirish; tanlama marketing va turistik diqqatga sazovorliklar va ob’ektlarni nazorat qilish usuli orqali mahalliy odat va an’analarga hurmat bilan qaraydigan turistlarni rag’batlantirish; mahalliy aholini sohani boshqarishning barcha bo’g’inlarida samarali ishlashi uchun professional qilib tayyorlash. Bu mahalliy aholi uchun ish o’rinlari soni ortishiga hamda turistik qoniqish darajasi yuqori bo’lishiga olib keladi. Gid faoliyatida pedagogika muhim o‘rinni egallaydi. Pedagogika - bu o‘sib kelayotgan aviodni o‘qitish, ta’lim va tarbiyalaming qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir. Har bir ekskursiya jarayoni insonga tabiat, jamiyat, tarixiy voqealar, tabiiy hodisalar haqida yangi bilimlami beradi, ya’ni u ta’lim jarayonining bir qismidir. Gidning ekskursantlar bilan muloqoti, uning tavsiyalari, ko‘rsatmalari tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. O'rganilayotgan ma’ lumotlar ulaming ongini ma’naviy va estetik boyitadi. Shunday qilib, ekskursiya xizmati pedagogik jarayonning bir qismi bo‘lib, insonga ta’lim, tarbiya beradi, dunyoqarashini shakllantiradi. Pedagogik ekskursiya jarayoni didaktik tamoyillarga asoslangan bo‘lib, ekskursantlar ta’limining mazmuni, tashkiliy masalalari va uslubini belgilaydi. Bularga ilmiylik, g‘oyaviylik, hayot bilan bog‘liqlik, tizimlilik, oddiylik, foydalilik va ishonuvchanlik tamoyillari kiradi. Ekskursiya xizmati madaniy-ta’limiy ishlaming shakli sifatida alohida ahamiyatga ega. Maktablarda ekskursiya dars va ma’ruza kabi umumta’limiy faoliyat turiga bo‘ysunadi. 0 ‘quv jarayonida ekskursiya ta’lim shakli sifatida ushbu jarayonning boshqa shakllaridan ahamiyatiga ko‘ra farq qilmaydi, ammo nafaqat o‘quv maqsadlaridagi ekskursiya, balki boshqa ekskursiyalar ham o‘z vazifalari va ishtirokchilar ta’siriga ko‘ra pedagogik jarayon hisoblanadi. Barcha pedagogik jarayonlarda bo'lgani kabi ekskursiya xizmatida ham ikki tomon ishtirok etadi: o‘rgatuvchi-gid va o‘rganuvchi-ekskursant. Gid ma’lum bir mavzu bo‘yicha bilimlarni beradi, ekskursantlar esa uni qabul qilishadi. Ushbu ikki tomonning o‘zaro harakati pedagogik jarayonning asosi hisoblanadi. Ekskursantlar bilan o‘zaro munosabatda gid pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llaydi. Gid kasbiy malakasining tarkibiy 13 qismini pedagogik mahorat, pedagogik san’at tashkil etadi. Gidning pedagogik mahoratiga quyidagilami kiritish mumkin: mutaxassislik bo‘yicha yetarlicha bilim; tahlil qilish, obrazli fikrlash qobiliyati; ekskursant ruhiyatini tushunish; guruhni boshqara olish; pedagogik texnika sohasidan bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish; intuitsiya; . ekskursant shaxsiyatini hurmat qilish; tarbiya maqsadida pedagogik vositalami qo‘llay olish hisoblanadi. Gid ekskursiya jarayonida ekskursantlami hamjihatlikda fikrlash, tahlil qilish, hamdardlik bildirish, qiziqishlari bo‘yicha birlashib, jamoaga aylanishini ta’minlashi kerak. Gid ekskursiya xizmatining nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy jihatlariga ham e’tibor qaratishi lozim. U ekskursiya ma’lumotlarini shunday tanlashi va foydalanishi kerakki, ekskursantlarda vatanga bo‘lgan muhabbat, boshqa millatlar, ulaming urf-odatiga nisbatan hurmat kabi xislatlar paydo bo‘lsin. Har bir ekskursiya xizmati o‘z vazifasiga ega. Tabiatshunoslik mavzusidagi ekskursiyalar tabiatga, hayvonot va o‘simliklar olamiga ehtiyotkorona munosabatni, san’atshunoslik mavzusidagi ekskursiya ekskursantlami estetik dunyoqarashini, ishlab chiqarish mavzusidagi ekskursiyalar mehnatsevarlikni tarbiyalaydi. Ekskursiya xizmatidagi pedagogik jarayonning muhim qismi ekskursiya ma’lumotlarini tushuntirishdir. Ushbu jarayonda ekskursantlar ongida ko‘rgan va eshitganlarini taqqoslash, bir obyektni ikkinchisi bilan solishtirish, asosiy va qo‘shimchalarini ajratish, umumlashtirish, xulosalash kabilar ro‘y beradi. Pedagogik jarayon sifatida ekskursiya xizmatining yana bir vazifasi ekskursantlarda obyektlarni mustaqil kuzatishi uchun amaliy ko‘nikmalami shakllantirishdir. Ekskursiya o‘zining ko‘rgazmaliligi, obyektni ko‘rsatishning turli usullari, hikoyaning turli shakllari bilan qatnashuvchilami faollashtiradi. 14 Gid pedagogik jarayonning davomi sifatida ekskursiya jarayoni yakunida ekskursantlar bilimini mustahkamlash maqsadida mustaqil shug‘ullanishlari uchun adabiyotlar ro‘yxati, kinofilmlar ro‘yxati, boshqa ekskursiyalar nomi kabilami tavsiya etadi. Gidning pedagogik faoliyatida quyidagi bosqichlami ajratish mumkin: Ekskursiya jarayoniga gid va guruhni tayyorlash; Ekskursiya xizmatini o‘tkazish; Ekskursiya xizmati ma’lumotlarini mustahkamlovchi ekskursiyadan keying! ishlar. Gid pedagogika-psixologiya asoslaridan ham xabardor boisa maqsadga muvofiq boiadi. Pedagogik-psixologiya ta’lim va tarbiyaning psixologik muammolarini o‘rganadi. Gid pedagogikaning asosiy talablarini o‘rganib, auditoriyaga bilimlami yetkazishning samarali shakllarini, ta’lim va tarbiya vositalarini qo‘llaydi. Ta’lim va tarbiyaning pedagogik tamoyillari ekskursiya xizmatining negizini tashkil etadi. Gid faoliyatining bosh vazifasi ekskursantlarga o‘rgatish va tarbiyalash, shaxsiyatini, bilim va ishonchini shakllantirishga yordam berishdir. Download 207.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling