Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari
Ob’ektlarni ko‘rsatishning turlari va o‘ziga xos xususiyatlari
Download 207.77 Kb.
|
Kurs Ishi - OS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekskursiya xizmati amaliyotida obyektlarni ko‘rsatishning quyidagi usullari mavjud
2.2. Ob’ektlarni ko‘rsatishning turlari va o‘ziga xos xususiyatlari.
Avtobusli ekskursiyada ob’ektlarni ko‘rsatishning to'rt turi mavjud: 1. Avtobusning 50-60 km/s tezligida ob’ekt oynadan ko‘rsatiladi, gid ko‘ringanlarni sharhlab boraveradi. Ko‘rsatishning bunday turida yo‘l-yo‘lakay ob’ektlar haqida qisqa ma’Iumot beriladi. 2. Avtobus harakati sekinlashtirilganda ob’ektlar oynadan kuzatiladi. Bu jarayon tarixiy, madaniy obidalami tomosha qilish va yuzaki taassurot olish imkonini beradi. Odatda qo‘shimcha ob’ektlar bu tartibda ko‘rsatiladi. 3. Avtobus to‘xtaganda, undan tushmasdan oynasidan obyektlar kuzatiladi. Ekskursantlar obyektlar bilan chuqurroq tanishadi, obyektlami ko‘rsatish usullarini qo‘llash imkoniyati chegaralangan bo‘ladi. 4. Avtobusdan to‘xtash joylariga tushgandan keyin obyektlar obdon ko‘rsatiladi. Ushbu jarayonda obyektlarni ko‘rsatish usullarini qo'llash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Ob’ektlarni ko‘rsatish ekskursiya xizmatining asosiy elementi sifatida o'zining bir necha xususiyatlariga ega. Kо ‘rsatishning faolligi. Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni bu inson qo‘li bilan yaratilgan yoki tabiat in’omi bo‘lgan ob’ektlarni shunchaki passiv tomosha qilib bahramand bo‘lish emas, balki maqsadli kuzatish, ekskursiya xizmati metodikalari yordamida obyektlarni tahlil qilish, gid va ekskursantlaming faol harakatini talab etuvchi jarayonidir. Ob’ektlarni kо ‘rsatishning mantiqiy ketma-ketligi. Ekskursiya xizmatida har keyingi obyekt mavzuni yoritishdagi pillapoya hisoblanadi. Bu holat obyektning boshqa ob’ektlar orasidagi o‘rnini belgilaydi. Ko‘rsatishning mantiqiyligi, ob’ektlar orasidagi bog‘liqlik aniq ketma-ketlik bilan ta’minlanadi. Ekskursiya xizmatida obyektlarni kо‘rsatish usullari ga ob’ektlar kuzatuvini tashkillashtiruvchi va ob’ektni atrof-muhitdan, bir butunlikdan ajratish imkonini beruvchi usullar kiradi. Ko‘rsatish usullarining vazifasi — ob’ektlarning tashqi qiyofasidagi o‘zgarishlami ko‘z ilg‘aydigan qilib, zaruriy rakursda ularni ko‘rsatishdir. Kо‘rsatish usullarini qo‘llashda gid guruhning tayyorgarlik darajasini hisobga olishi kerak bo‘ladi (masalan, me’moriy uslublarni, monumental yodgorliklar turlaridan xabardor bo‘lishi kerak). Ba’zi gidlar ekskursiya jarayonida obyektlarni ko‘rsatishning barcha usullaridan foydalanadilar, ba’zilari esa umuman foydalanmaydilar. Ekskursiya xizmatining sifati nafaqat gidning bilimi, balki o'rganilgan usullardan qay darajada foydalana olishiga bog‘liqdir. Buni faqat malakali tayyorgarlikdan o‘tgan gidlar bila olishi mumkin. Ko‘rsatish usullari obyekt kuzatuvini yengillashtiradi, uning o‘ziga xos jihatlarini ajratadi. Bunday jihatlar oddiy tomosha paytida ilg‘amas bo‘lib, ekskursantlarga obyektni xayolan bo‘laklarga bo‘lish, yo‘qolgan detallarni tiklash, awalgi holatini “ko‘rish”, tarixiy voqealami jonlantirishga yordam beradi. Ekskursiya xizmati amaliyotida obyektlarni ko‘rsatishning quyidagi usullari mavjud: Download 207.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling