Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari
Download 207.77 Kb.
|
Kurs Ishi - OS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rganlarni taqqoslash usuli.
- Memorial taxtani ko‘rsatish usuli.
Voqealami jonlantirish usuli. Voqealami aniq bir joy bilan bog‘lashda ushbu usul muhim ahamiyatga ega. Bu usul ekskursantlar diqqatini voqea bo‘lib o‘tgan ma’lum joyga qaratish imkonini beradi. Ma’lumotlarni yetkazishda usul umumiylikdan xususiylikka o‘tishni nazarda tutadi. Masalan, Sarnarqand vino zavodidagi ekskursiya xizmatida «Aynan shu joylarda dunyoda tanilgan vinolar tayyorlanadi» deb gapirib o‘tish mumkin.
Ko‘rganlarni taqqoslash usuli. Ekskursiya xizmati metodikasida taqqoslashning har xil turlari qo‘llaniladi: ko‘z oldida turgan obyektni boshqa bir obyekt bilan taqqoslash, xayolan tiklanayotgan yoki avval ko‘rsatilgan obyekt bilan taqqoslash. Ushbu jarayonda bir-biriga o‘xshash obyektlar yoki turlicha obyektlar ham solishtirilishi mumkin. Taqqoslash usuli ekskursantlarga obyektning haqiqiy o‘lchamini tasavvur qilish (obyektninng balandligi, uzunligi, kengligi va h.k.), hikoyadagi raqamlar, dalillar, misollar sonini kamaytirish, tushuntirishga ketadigan vaqtni tejash imkonini beradi. Ushbu usulning vazifasi - obyektning o‘ziga xosligini, jozibadorligini aniqlab berishdir. Memorial taxtani ko‘rsatish usuli. Ekskursiya xizmatida gid o‘z hikoyasini dastawal obyektning tahlili va u bilan bog‘liq voqealar bilan boshlaydi. So‘ng obyektga o'rnatilgan memorial taxtaga ekskursantlar diqqatini jalb etadi. III bob. Ekskursiya xizmatida ekskursantlarning xavfsizligini ta’minlash va ularning majburiyatlari. 3.1. Turist va ekskursantlarning qonunchilik tomonidan himoyasi va xavfsizligini ta’minlash. Turizm sohasida xavfsizlik – turizm sohasidagi davlat va yuridik shaxslarning, fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy,huquqiy va boshqa holatlardagi qonuniy va huquqiy manfaatlarini ta’minlovchi omillar majmuasidir. Davlat boshqaruvi tashkilotlari va mahalliy o‘z o‘zini boshqaruv tashkilotlarining mansabdor shaxslari o‘zlarining vakolati doirasida quyidagilarga yo‘naltirilgan: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan turistik sayohatlarni amalga oshirishda fuqarolarning hayoti va sog‘ligini atrof-muhitdan saqlash, xavfsizlik huquqlarini O ‘zbekiston fuqarolari chegara doirasida himoyaqilish; atrof-muhitga zarar keltirmagan holda turistlarning (ekskursantlarning) shaxsiy xavfsizligini ta’minlash,ularning mulkini saqlash; mamlakatga vaqtinchalik kelgan turistlarning (ekskursantlarning) turistik faoliyatni amalga oshirishda sub’ektlarning xavfsizligiga tahdidlar haqida xabardor etish; favqullodda vaziyat sodir bo‘lganda turistlarga (ekskursantlarga) zarur bo‘lgan yordamni ko‘rsatish; turistlarga (ekskursantlarga) tibbiy, huquqiy va boshqa ko‘rinishdagi kechiktirib bo‘lmaydigan xizmatlardan to‘sqinliklarsiz foydalanish va aloqa vositalari bilan ta’minlash; turizmdan noqonuniy migratsiya, mehnat va fuqarolarni ekspluatatsiya qilishning boshqa ko‘rinishdagi maqsadlarda foydalanishni ta’qiqlash; O‘zbekistonning turistik resurslarini, atrof-muhitini va madaniy yodgorliklarini o‘rnatilgan tartiblar asosida himoya qilish; Turistlarning (ekskursantlarning) Boradigan ob’ektlarini tabiiy va texnogen halokatlardan va boshqa favqulloddagi vaziyatlardan xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi. Turistik korxona turistik faoliyatni amalga oshirishda turistik sub’ektlarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagilarga majbur: sayohat vaqtida sodir bo‘lishi mumkin bo‘ladigan xavf to‘g‘risida va umumiy talablarni bajarish yoki ehtiyotdan ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida turistlarni (ekskursantlarni) xabardor qilish; turistik xizmatlarni taqdim etish vaqtida xavfsizlik shartlarini yaratish, safar, sayr va ekskursiya vaqtida tegishli choralar bilan ta’minlash; yuqori xavf-xatarli turistik xizmatlarni (avtomobilli, tog‘li, chang‘ili, suvli, velosipedli, speleo turizm va boshqalar) taqdim etishda maxsus xavfsizlik talablari bilan ta’minlash; turistlarni (ekskursantlarni) ko‘ngilsiz voqealar haqida ogohlantirishni, birinchi tibbiy xizmatni ko‘rsatishni, shikastlanishdan saqlanish va oldini olishning o‘rgatilishini ta’minlash; sayohat vaqtida jabr ko‘rgan shaxslarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishini va transportirovkasini ta’minlash; favqulodda vaziyatda gid-turistlar (ekskursantlar), yo‘qolib qolgan shaxslar haqida mahalliy organ va mas’ul shaxslarni zudlik bilan ogohlantirish. Download 207.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling