Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari


Download 207.77 Kb.
bet10/16
Sana01.11.2023
Hajmi207.77 Kb.
#1736395
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Kurs Ishi - OS

Oldindan ko‘rib chiqish usuli. Bu usul ekskursantlar obyekt joylashgan joyga kelganlaridan so‘ng obyektni kuzatishning birinchi bosqichi hisoblanadi. Usuldan foydalanishning ikki varianti mavjud. Birinchi variantda «bu ... obyekti, marhamat tanishib chiqing» so‘zi bilan gid ekskursantlarga obyektni tashqi ko‘rinishi, ba’zi detallarini mustaqil ko‘rib chiqishlarini taklif etadi. Shundan so'ng gid guruh diqqatini obyekt mohiyatini aniqlashga yo‘naltiradi. Bu ekskursantlarga: voqealar sodir bo‘lgan tarixiy joy haqida tasavvur uyg‘otish; mazkur ob’ektni tabiiy holatda tasavvur qilish; ob’ektga baho berish; ob’ektning tabiiy muhiti haqida tasawurga ega bo'lish imkonini beradi.
Oldindan ko‘rib chiqish usulidan foydalanishning ikkinchi variantida gid awaliga qisqa chiqish so‘zi (5-6 daqiqali) bilan guruhga ob’ektni kuzatish jarayonida qanday o‘ziga xos jihatlarga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab o‘tadi.

Panoramali ko‘rsatish usuli. Bu usul ekskursantlarga joyning umumiy ko'rinishini kuzatish imkoniyatini beradi(masalan, Samarqand viloyatidagi «Registon» maydoni). Panoramali ko'rsatishda maxsus maydonchalar, minoralar, ko‘priklar va boshqa baland nuqtalar tanlanadikim, u yerdan shahar, maydon, vodiy, daiyolar xuddi kaftdek namoyon bo‘ladi. Keng manzarani ekskursantlar faol qabul qilishi uchun kompozitsion markaz tanlanadi va guruhning diqqati unga jalb etiladi. Panoramali ко‘rsatishning yana bir o‘ziga xosligi shundaki, ekskursantlar nigohi ko‘plab obyektlarga tushadi. Gid mavzuni yoritadigan ob’ektlarni, umumiylikdan xususiylikka qarab ko‘rsatishi kerak.
Ko‘rish orqali rekonstruksiyalash (qayta tiklash). “Rekonstruksiya” tushunchasi biror narsani qoldiqlar yoki yozma manbalarga asoslanib dastlabki ko‘rinishini qayta tiklash ma’nosini anglatadi, ya’ni so‘zlar yordamida tarixiy obyektning dastlabki holatini ekskursantlaming tomoshaviy taassurotiga tayanib tiklaydi. Bu usul urush, xalq qo‘zg‘oloni, qatl va boshqa voqealar bo‘lib o‘tgan tarixiy joylar ko‘rsatilayotganda qo‘llaniladi. Davlat arboblari, mashhur yozuvchilar, olimlar, bastakorlar, rassomlar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq joylami ko‘rsatishda ham ushbu usulni qo‘llash mumkin. Usulning vazifasi ekskursantlarga ushbu joyda bo‘lib o‘tgan tarixiy voqea, bino va inshootning dastlabki holatini ko‘z oldida gavdalantirish imkoniyatini berishdir.
Obyekt yillar davomida xarobaga aylangan bo‘Isa, uning saqlanib qolgan qismlari va detallari gidga ko‘rish orqali rekonstruksiyalash usulini qo‘llashga yordam beradi. Agar saqlanib qolgan qismlari bo‘lmasa «gid portfeli»dagi ko‘rgazmali vositalar (fotosuratlar, chizmalar, tasviriy san’at materiallari) qo‘l keladi. Ko‘rish orqali rekonstruksiyalash usulining muvaffaqiyati gidning tayyorgarligi darajasiga bog‘liq bo‘lib, uning malakaviyligi voqealar haqida ekskursantlarga ishonarli hikoya qilish, ko‘z o‘ngida gavdalantirish imkonini beradi.



Download 207.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling