Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari
-jadval “Dinara Tour Service” turistik firmasi tomonidan ishlab chiqilgan
Download 207.77 Kb.
|
Kurs Ishi - OS
- Bu sahifa navigatsiya:
- _________________ __________ “____” __________ _____ yil (F.I.Sh.) (Imzo)
3.1-jadval
“Dinara Tour Service” turistik firmasi tomonidan ishlab chiqilgan javobgarlik xatining mazmuni
XULOSA Respublikamiz iqtisodiyotida kelajakda katta salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri turizm infratuzilmasidir. Bu sohaga eʼtiborning qaratilishi Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan, turizm orqali dunyoni bilish, boshqa mamlakatlarning faol axolisini bu yerlarga jalb qilish, mamlakat xazinasiga valyuta tushirish va shu orqali axolining turmush farovonligini yaxshilashda katta imkoniyatlar tug‘diradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turizmni rivojlanishiga davlat siyosati, reklama, umumiy iqtisodiy sharoitlar, valyuta kursi, davlatlararo munosabatlar, raqobatbardoshlar soni, dam olish joylarining xavfsizligi va ahamiyati kabi muxim jihatlarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Аyniqsa davlat siyosati va ular o‘rtasidagi munosabatlar halqaro turizmning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi ham turizm orqali rivojlanib ketishi mumkin bo‘lgan davlatlardan biridir. Bunga misol qilib respublikamizning tabiiy sharoiti, iqlimi, har xil tarixiy obidalari, tog‘li xududlari, manzarali joylarini keltirishimiz mumkin. Vaholanki, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz kabi shaharlardagi tarixiy yodgorliklarga boy bo‘lgan mamlakatimizga kelishni rejalashtirib qo‘ygan ko‘pgina yevropaliklarning soni 20 mln. dan ortiqdir. Аgar shu sohani yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yib, mehmonxonalar soni va sifatini, milliy restoranlar va ovqatlar turini ko‘paytirib, sifatli xizmat ko‘rsatish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, O‘zbekiston kelajakda turizm orqali yuqori daromad oladigan mamlakatlar safiga qo‘shiladi. Haqiqatdan ham turizm infratuzilmasini rivojlantirish mamlakat iqtisodiyoti va madaniyatida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, uni o‘rganish, izlanish va undan samarali foydalanish jamiyat oldidagi zarur bo‘lgan ishlardan biridir. Bu sohaning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlariga tatbiq qilinayotgan islohotlarni qo‘llash bilan bevosita bog‘liqdir. Iqtisodiyotda turizm muammolari eng kam o‘rganilgan yo‘nalish bo‘lgan, bu sohaning qay turlariga eʼtibor berish, sayohat qiluvchilar uchun ularning xohish-irodasini bilish, eng foydali va qulay oshxonalarga chorlash, xavfsizligini taʼminlash, talablarini qondirish va yana boshqa ko‘plab turlarini bilish servis xizmati vazifasiga kiradi. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishdan asosiy maqsad jamiyat ehtiyojlarini qondirish, xizmat ko‘rsatish sifati va hajmini kengaytirgan holda dunyo standartlari darajasida bozor iqtisodiyoti modelining turizmga kirib kelishini taʼminlash hisoblanadi. Jamiyat ehtiyoji turistlar talabini ichki va tashki turizm xizmatlarini qondirish, shu bilan xizmat importi va eksportiga bo‘lgan halqaro talabni o‘rganish, aholining ekskursiya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga bog‘liq. Hozirgi kunda ekskursiya faoliyati sohasi eng daromadli sohalardan biri hisoblanadi. Chunki bu faoliyat turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondiruvchi faoliyatdir. Ekskursiya faoliyatida ishlarni bajarish va boshqarish jarayoni tashkiliy tuzilma bo‘yicha kechadi. Tuzilma ekskursiya faoliyatini rejalashtiradi, tashkil etadi, yo‘naltiradi va nazorat etadi. Shu bilan birga ekskursiya faoliyatini boshqarishda kadrlarning bilim va tajriba imkoniyatlari ham muhimdir. Bu esa ushbu faoliyat yo‘nalishi boshqaruv va xizmat ko‘rsatish sifatining oshishiga sabab bo‘ladi. Ekskursovod turistik korxona vakili bo‘lib, tuzilgan shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatning soni va sifatini nazorat qiladi. U turistlarning va turistik korxonalarning joyida iste’mol qilish uchun chiqariladigan tovar xizmatlar taklifiga bo‘lgan qiziqishini himoya qiladi. Ekskursiya xizmati ko‘rsatiladigan turistik xizmatning ajralmas qismidir. Download 207.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling