Chirchiq iqtisodiyot va pedagogika instituti
Misrda yagona davlat tuzish uchun kurash
Download 87.06 Kb.
|
Kurs ishi Yerimbetov Jahongir(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Ilk podsholik davrida xo`jalik.
2. Misrda yagona davlat tuzish uchun kurash. Misrni yagona davlat bayrog`i ostida birlashtirish Yuqori Misr podshosi Mina (Menes) davrida amalga oshirilgan. Miloddan avvalgi 3000-yilda Mina Yuqori va Quyi Misrni birlashtirib yagona davlatga asos solgan. U yagona Misr davlatining dastlabki podshosi boiib, birinchi sulolaga asos solgan. Mina Quyi Misr chegarasida Memfis shahrini bino qildirib, uni mamlakat poytaxtiga aylantirgan. Mina davrida Quyi misrliklar o`z mustaqilliklari uchun bir necha bor qo`zg`olon ko`targanlar. Ammo bu qo`zg`olonlar shafqatsizlik bilan bostirilgan. Mina va uning avlodlaridan so`ng Misrda ikkinchi sulola namoyandalari podsholik qilganlar. Shu davrdan boshlab Misr podsholari fir`avn deb atala boshlangan. Bu ikki sulola vakillari idora qilgan davr Misrda «Ilk podsholik davri» deb nomlanib miloddan avvalgi 31002800-yillarni o`z ichiga oladi. Yagona Misr davlatining tashkil topishi har jihatdan katta ahamiyatga ega bo`lgan.
3. Misr fir`avnlarining istilochilik urushlari. Ilk podsholik davrida, xususan fir`avn Jer davrida Misr qo`shinlari janubda Nubiya, shimoli-sharqda Sinay yarim oroliga bir necha marta bostirib kirganlar. Ular bu mamlakatlardan ko`plab asir va behisob boyliklar olib qaytganlar. Misr qo`shini qo`mondonlaridan biri bunday hikoya qiladi: «Qo`shin qo`shni mamlakatlarni talab, uning bog`lari va uzumzorlarini chopib, qishloqlariga o`t qo`yib, o`ng minglab kishilarni o`ldirib, ko`plab odamlarni asir olib, eson-omon qaytib keldi. Buning uchun podsho meni benihoya maqtadi». 4. Ilk podsholik davrida xo`jalik. Ilk podsholik davrida fir`avnlar mamlakat xo`jaligining hamma tarmoqlariga katta e`tibor berganlar. Yer ochish va sug`orish inshootlarining qurilishi kuchay-tirilishi munosabati bilan dehqonchilik rivoj topgan. Misr dehqonlari omoch bilan yer haydab arpa, bug`doy, zig`ir va boshqa boshoqli ekinlardan yuqori hosil olganlar. Ularda bog`dorchilik rivoj topib, shimolda uzumchilikka, janubda xurmochilikka katta e`tibor berilgan. Qadimgi misrliklar bu davrda chorvachilikka ham katta e`tibor berganlar. Ilk podsholik davrida hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo ham rivoj topgan. Misrliklar Nubiya, Liviya va O`rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlar bilan qizg`in savdo-sotiq olib borganlar. Savdo quruqlik va suv yo`li orqali olib borilgan, Download 87.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling