Chirchiq iqtisodiyot va pedagogika instituti


Download 87.06 Kb.
bet5/8
Sana19.06.2023
Hajmi87.06 Kb.
#1618636
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi Yerimbetov Jahongir(1)

4. Misr ehromlari. Qadimgi Misr ehromlari, ya`ni piramidalari me`morchilikning eng noyob obidalaridan hisoblanadi. Ehromlar asosi uch, to`rt va ko`p burchakli geometrik shaklda bo`lib, asosi keng, yuqori totnoni torayib borgan.
Qadimgi podsholik davrida Misr fir`avnlari va a`yonlari o`zlari uchun toshdan ulkan sag`ana – ehromlar qurdirganlar.
Bu ehromlarni bizdagi maqbaralarga qiyos qilish mumkin. Bunday maqbaralarga vafot etgan misrlik fir`avnlar, uning oila a`zolari va amaldor – a`yon1ari dafn etilgan. Ehrom – maqbaralar o`zining kattaligi va salobati bilan kishini hayratga soladi. Ehromlar misrlik fir`avn va amaldorlar kuch-qudratining ramzi ham bo`lgan. Misrda qurilgan eng katta va hashamatli ehrom Joser va Hufu maqbarasidir. Memfes shahri yaqinida miloddan avvalgi 2600-yilda to`rtinchi sulola fir`avni Xufu qurdirganjnaqbara o`zining ulkanligi va hashamati bilan kishilarni lol qoldiradi. Ehromning tomonlari 250 metr bo`lib, uning atrofmi aylanib chiqish uchun sayoh bir kilometr yo`1 bosishi kerak. O`sha o`z davrida uning balandligi 150 metrdan ziyod bo`lib, hozirgi holati 146 metrdir. Uni qurish uchun ikki million uch yuz ming dona tosh ishlatilgan. Maqbara qurilishiga tarashlab tayyorlangan toshlarning eng kichigi ikki yarim tonna, kattasi esa o`n besh tonnadan iborat bo`lgan. Yunon tarixchisi Gerodotning yozishicha bu ehrom maqbara 30 yil mobaynida qurilgan ekan. Uning qurilishida 100 mingdan ortiq kishi doimiy ishlagan. Maqbara toshlari silliqlanib bir-biriga shunday zich qilib terilganki, toshlar oralig`iga fransuz imperatori Napoleon Bonapart qilichining tig`i ham sig`magan ekan. Ehromlar qadimgi Misr me`morchiligining eng noyob yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Xufu maqbarasini dunyodagi yetti mo`jizaning biri deydilar.
O`rta podsholik davrida qadimgi Misr
1. Qadimgi podsholikning yemirilishi. Misr fir`avnlari, ruhoniy va a`yonlari ulkan ehromlar, saroylar va ibodatxonalar qurilishiga ko`plab mablag`lar sarf etganlar. Ularning kundalik turmushi va dabdabali hayoti uchun ham behisob boyliklar sarf qilinardi. Tashqi mamlakatlarga uyushtirilgan bosqinchilik urushlari oddiy xalq boshiga og`ir musibatlar olib kelar edi. Qadimgft podsholikning oxirlariga kelib mamlakatdagi hokimliklar – nomlar (kichik davlatlar) fir`avnlarga itoat etmay, mustaqil boiishga intilgafllar. Soliqlar miqdorining ortishi va qo`shimcha majburiy xizmatlar oddiy xalqning sabr kosasini to`ldirib, mamlakatda qo`zg`olonlar boshlanishiga sabab boigan.
Qadimgi podsholikning oxirlariga kelib markaziy hokimiyat zaiflashgan. Miloddan avvalgi XXIII asrda mamlakat mayda davlat-chalarga bo`linib ketgan. Mayda davlatlar esa bir-birlari bilan qonli urushlar olib borganlar. Shu tariqa Misrda tarqoqlik davri boshlangan.

Download 87.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling