Chirchiq iqtisodiyot va pedagogika instituti
Qadimgi podsholik davrida xo`jalikning rivojlanishi
Download 87.06 Kb.
|
Kurs ishi Yerimbetov Jahongir(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Misrda mulkiy tengsizlik va tabaqalanish.
2. Qadimgi podsholik davrida xo`jalikning rivojlanishi. Qadimgi Misr podsholari va ularning amaldorlari mamlakat xo`jaligini rivojlantirish uchun yangi yerlar ochish, to`g`on, kanal va boshqa sug`orish shoxobchalarini qurish ishiga alohida e`tibor berganlar. Chunki Misrdek issiq mamlakatlarda sug`orma dehqonchilik xo`jalikning asosini tashkil etgan. Misr dehqonlari don, dukakli ekinlar ekkanlar, poliz va sabzavotchilik mahsulotlari yetishtir-ganlar va bog`dorchilik bilan shug`ullanganlar.
Qadimgi podsholik davrida fir`avnlar chorvachilikka katta e`tibor berganlar. Ular qoramol, echki, cho`chqa, eshak va parranda boqqanlar. Dehqonchilik va chorvachilik misrliklarning asosiy oziq-ovqat manbai hisoblangan. Bu davrda misrliklar hunarmandchilik sohasida jiddiy yutuqlarga erishganlar. Misrda miskarlik, qurolsozlik va hunarmandchilikning boshqa sohalari ancha rivoj topgan edi. Shu davrda kulolchilik charxi kashf etilib, kulolchilik yanada rivojlangan. Misrda dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning rivoj-lanishi natijasida ortiqcha mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Dehqonlar, chorvadorldar va hunarmandlar ixtiyorlaridagi ortiqcha narsalarni o`zaro almashganlar. O`zaro almashuv ichki va tashqi bozorni vujudga keltirgan. Misrning shahar va qishloqlari orasidagi almashuv suv va quruqlik yo`llari orqali olib borilgan. Misr shaharlari va qishloqlaridan har tomonga aloqa yo`llari tarqalgan edi. Nil daryosi bo`ylab shimoldan janubga va janubdan shimolga har xil mahsulot ortilgan qayiqlar tinimsiz qatnab turardi. 3. Misrda mulkiy tengsizlik va tabaqalanish. Misrda dehqon chilik, chorvachilik, hunarmandchilik va buyumlar almashuvi rivojlanib borgan. Shuning natijasida fir`avnlar, nomarxlar, amaldorlar, ruhoniylar, oqsoqollar va harbiy boshliqlarning mulklari ortib boyib ketganlar. Aholining katta qismi esa o`rtahol bo`lib, ularning mol-mulklari uncha ko`p bo`lmagan. Odamlarning ayrim guruhlarida arzimas mol-mulk bo`lib, ular qashshoq-kambag`al kishilar edilar. Misr fir`avnlari qo`shni mamlakatlarga tez-tez g`olibona urushlar uyushtirib turganlar. Aksariyat hollarda misr qo`shinlari qo`shni mamlakatlardan ko`plab asir o`lja va boyliklar olib qaytganlar. O`sha davrda Misr aholisi bir necha toifa-tabaqalarga bo`lingan edi. Fir`avn, a`yon va ruhoniylar aholining eng nufuzli kishilari hisoblangan. Kichik amaldorlar va jangchilar aholining malum tabaqasini tashkil etganlar. Dehqonlar va hunarmandlar aholining mehnatkash tabaqasini tashkil etganlar. Misrda hech qanday mol-mulkka ega boimagan, huquqsiz kishilar ham bo`lgan. Bular aholining eng quyi tabaqasi qullar edi. Misr fir`avnlari mamlakatni vazirlari, qozikalonlari, katta-kichik amaldor-a`yonlari, ruhoniylari, sarkarda va ko`p sonli qo`shiniga tayanib boshqarganlar. Lashkarboshilar va qo`shin podsholikning asosiy tayanchi edi. Misr fir`avnlari mamlakatni markaziy, viloyat va mahalliy tashkilotlar orqali idora qilganlar. Qadimgi Misr fir`avnlar hukmronlik qilgan davlat edi. Download 87.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling