Suzuvchi nuqtali (vergulli) shaklda son ikki xil ko‘rinishdagi raqamlarda ifodalanadi: mantissa va tartib guruhlar. Ushbu holda mantissani absolyut qiymati 1-dan kam bo‘lib, tartibi esa butun son bo‘lishi kerak. Sonni umumiy ko‘rinishi quyidagidek bo‘lishi kerak: N=±M*P±r Bu yerda, M - sonni mantissasi (׀M׀<1); r- sonni tartibi (butun son); p- sanoq tizimini asosi. Masalan, yuqorida keltirilgan sonlar normallashtirilgan ko‘rinishda quyidagicha yoziladi: +00721355*103 +325*10-3 -102112026*105 Normal shakl berilgan sonni katta diapazonini ta’minlashi uchun u, zamonaviy kompyuterlarda asosiy shakl sifatida qabul qilingan. Masalan, R=2, m=22 va r=10 bo‘lsa, sonni diapazoni taxminan 10-300 dan 10300 gacha bo‘lishi mumkin. Aytib o‘tish kerakki, suzuvchi vergulli sonlarni hammasi xotirada normallashtirilgan ko‘rinishda saqlanadi. Demak, ikkilik sonlar uchun 0,5< ׀M׀<1 ifoda o‘rinli. Komyuterlarni razryad setkasi ushbu shaklda yozilgan ikkilik son uchun quyidagi tuzilishga ega: - nolinchi razryad - bu sonni belgisi (0-musbat, 1-manfiy); - 1 dan 7-razryadgacha to‘g‘ri ikkilik kodda tartib bilan yoziladi, bo‘sh razryadlar nol bilan to‘ldiriladi. Tartibga tegishli birinchi razryadda tartibni ishorasi yoziladi; - 8 dan 31 (yoki 63) gacha mantissa chapdan o‘ngga yoziladi va bo‘sh razryadlar nol bilan to‘ldiriladi. 1>
Do'stlaringiz bilan baham: |