v) manfiy sonlarni ishora bitida ifodalash Odatda 7-bit ishorali bit hisoblanadi. Agar son musbat bo‘lsa, 7-bitga “0” yoziladi, agar son manfiy bo‘lsa, 7-bitga “1” ya'ni, “-” yoziladi. Jadval Odatda 7-bit ishorali bit hisoblanadi. Agar son musbat bo‘lsa, 7-bitga “0” yoziladi, agar son manfiy bo‘lsa, 7-bitga “1” ya'ni, “-” yoziladi. Qo‘shimcha kodda arifmetika MP qo‘shimcha kodda amallar bajarishining sabablari bu - uni inversiyalash (teskari kodga aylantirish) va inkrementlash (songa “1” ni qo‘shish) amallarni baarishga imkoni borligi hisoblanadi. Biz o‘rgangan holda (ya'ni, to‘g‘ri hisoblashni) bilmaydi. Uning tarkibida faqat jamlagichlar bor, shuning uchun ayirish amallarini bajarish uchun MP qo‘shimcha koddan foydalanadi. “5” va “3” sonlarini qo‘shamiz (qo‘shimcha kodda). Musbat sonlarni qo‘shimcha kodlari to‘g‘ri kodlardan farqlanmaydi. “+7” va “-3” sonlarini qo‘shamiz. Qo‘shimcha kodda ushbu sonlar: +7(10)=0000 0111(2 va -3(10)=1111 1101(2) . Ularni oddiy sonlardek jamlaymiz: Eng katta bit bu yerda 8 razryadli registrni to‘lib ketishi natijasida u tashlab yuboriladi va natija quyidagicha bo‘ladi: 0000 0100(2) ya'ni, “+4(10)” Endi “+3” va “-8” sonlarini qo‘shamiz. Qo‘shimcha kodda ushbu sonlar: +3(10)=0000 0111(2) va -3(10)=1111 1101(2). Ularni oddiy ikkilik sonlardek jamlaymiz: Kompyuterda sonlarni ifodalanishi Kompyuterda sonlarni ikki xil shaklda ifodalash mumkin: 1. Tabiiy shakl, ya'ni qo‘zg‘almas nuqtali shakl; 2. Normal shakl, ya'ni suzuvchi nuqtali shakl. Qo‘zg‘almas nuqtali shaklda sonlarni butun qismini kasr qismidan ajratib turgan nuqta (vergul) doimo joyida turadi. Masalan, 10-lik tizimida keltirilgan sonni butun qismigacha 5-ta razryad, kasr qismiga esa 5 ta razryad ajratilgan bo‘lsa, ushbu razryad setkasiga joylashgan sonlarni ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: +00721,35500 +00000,00325 -10211,20260 Ushbu shakl eng oddiy va tabiiy, lekin sonlarni ifodalash diapazoni tor bo’ladi. Shuning uchun ko‘pincha ushbu shakl hisob-kitoblarga to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, sonlarni ko‘paytirishda , ko‘pincha butun razryadlar to‘lib toshib ketishi mumkin keyinchalik hisoblashlarni davom etishning ma'nosi yo‘qoladi. Zamonaviy kompyuterlarda ushbu shakl faqat butun sonlarni qayta ishlashda yordamchi shakl sifatida ishlatiladi. Kompyuterni xoirasida ushbu shakldagi sonlar uch formatda saqlanishi mumkin: 1. Yarim so‘z - odatda 16 bit (ikkita bayt); 2. So‘z - 32 bit (4 bayt); 3. Ikkitalik so‘z - 64 bit (8 bayt). Agar qo‘zg‘almas nuqtali son manfiy bo‘lsa, u razryad setkaga qo‘shimcha kod ko‘rinishida yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |