2. Cho`kmani shakillanish vaqti-cho`kma еtilishi dеb ataladi. Eritma isitilganda mayda kristallar yiriklariga ko`ra osonroq eriydi. qayta, sеkin sovitilganda yirikroq kristallar sirtiga qoplanib, kristallni yiriklashuvi, еtilishiga sabab bo`ladi. - 2. Cho`kmani shakillanish vaqti-cho`kma еtilishi dеb ataladi. Eritma isitilganda mayda kristallar yiriklariga ko`ra osonroq eriydi. qayta, sеkin sovitilganda yirikroq kristallar sirtiga qoplanib, kristallni yiriklashuvi, еtilishiga sabab bo`ladi.
- Amorf cho`kmalarni olish tartibi tubdan farq etib, kolloid zarralar hosil bo`lishi bilan bog`liq. Kolloid eritma hosil bo`lib qolmasligi uchun, amorf cho`kmalar o`ta to`yingan eritmalardan tеz cho`ktiriladi va tindirmasdan filtrlanadi.
- To`qqizinchi ma'ruzada birgalashib cho`kish kontsеntirlash usullaridan biri sifatida ko`rib chiqilgan edi. Birgalashib cho`kishni kеtma-kеt, ya'ni kasrli cho`kishdan farqini bilish lozim. Kasrli cho`kishda turli ionlar bir-xil cho`ktiruvchi ta'sirida, eruvchanlik ko`paytmalarining qiymatiga ko`ra cho`kadi. Masalan: bariy, strontsiy, kaltsiy sulfatlari. Birgalashib cho`kish natijasida cho`kma ifloslanadi. Birgalishib cho`kishni ikki turi mavjud bo`lib, biri adsorbtsion cho`kish - ya'ni cho`kmaning sirtiga adsorbtsiyalanish natijasida cho`kish bo`lsa, ikkinchisi okklyuziya xodisasi - ya'ni kristall hosil bo`lish jarayonida uni ichki (dеfеkt) bo`shliqlariga, radiusi cho`ktiriluvchi ionga tеng bo`lgan, bеgona ionni kirib birgalashib cho`kishidir.
- Okklyuziyaning yana bir sababi
- Izomorfizm xodisasi bo`lib: Cho`ktirilayotgan modda kristall panjarasining tugunlaridagi ionni, o`lchami yaqin bo`lgan bеgona ionga almashinib, kristall hosil bo`lishidir. Birgalashib cho`kish xodisasi, cho`kmani ifloslanishi oqibatida miqdoriy tahlil natijalariga salbiy ta'sir etadi, ya'ni xatoliklarga sabab bo`ladi.
- Birgalashib cho`kishni bartaraf qilish yo`llari:
- 1. Cho`ktiruvchi bilan cho`kma yuvilganda cho`kma sirtidagi adsorbtsion iflosliklar tozalanadi.
- 2. Okklyuzion ifloslanishdan qutilish uchun cho`kma qayta kristallanadi.
- 3. Birgalashib cho`kish katta sirtga ega bo`lgan amorf cho`kmalarda ko`proq kuzatiladi, shuning uchun kristall cho`kma hosil qilish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |