Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Afrikaning bo‘lib olinishi
iqtisodiyotni yuksaltirishga qaratilgan qator islohotlar o‘tkazdi.
Imperator fuqarolarni o‘zlari oldin shug‘ullangan mehnat faoliyatini
davom ettirishga chaqirdi.
Efiopiya, Misr, Òunis, Marokash, Sudan va Madagaskar kabi
davlatlarda feodal monarxiya qaror topgan.
Gana va Mali davlatlari G‘arbiy Afrikadagi eng qadimgi davlatlar
hisoblanadi.
Afrikada ikki davlat – Liberiya va Efiopiyagina o‘z mustaqilligini saqlab
qolgan.
1847-yili Liberiya ozod davlati tuzildi.
Biroq uning islohotlari yirik feodallar va cherkovning qarshiligiga
uchradi. Buyuk Britaniyaning aralashuvi bilan 1867-yili Kassa ho-
http://eduportal.uz


154
kimiyati ag‘darildi. Ammo Buyuk Britaniya Efiopiyada mustahkam
o‘rnasha olmadi.
Efiopiya xalqining o‘zgalarga qaram bo‘lmaslik yo‘lidagi irodasi
Buyuk Britaniyaning harakatlarini yo‘qqa chiqardi. Shu tariqa
Efiopiya ham o‘z mustaqilligini saqlab qoldi.
Janubiy Afrikaning mustamlakaga aylantirilishi. XIX asr boshlarida
Buyuk Britaniya Janubiy Afrikadagi Kap koloniyasini bosib oldi. Ko-
loniya aholisi burlar (bur – dehqon) deb atalardi. Ular fransuz, nemis
va gollandlarning avlodlari edi.
Burlar endi u yerdan ko‘chishga majbur bo‘ldilar. Ular yangi joyda
ikkita davlat tuzdilar. Ulardan biri ozod Oranj Respublikasi, ikkinchisi
esa Òransvaal deb ataldi. Burlar mahalliy aholiga nisbatan o‘ta shaf-
qatsiz munosabatda bo‘ldilar.
Fransiya mustamlakalari. Misrda XVIII–XIX asrlar chegarasida
mamluk jangchilari va mahalliy aholi mamlakatga bostirib kirgan
Napoleon Bonapart boshchiligidagi fransuz qo‘shiniga qarshi ku-
rashda qatnashdi. Fransuz qo‘shinlarining qolgan-qutgani taslim bo‘l-
ganidan keyin misrliklar Buyuk Britaniya qo‘shinini haydab chiqarish
uchun kurashdilar.
Rasman Misr Usmoniylar imperiyasining oliy hokimiyati ostida
bo‘lsa-da, amalda deyarli to‘la mustaqillikni saqlab qolgan edi.
Fransiya 1830-yili Jazoirni bosib oldi. Jazoir aholisi fransuz
mustamlakachilariga shiddatli qarshilik ko‘rsatdi. Istilochilarga qarshi
milliy-ozodlik kurashini olib bordi. Bu kurashda jazoirliklar yo‘l-
boshchisi Abdulqodir alohida rol o‘ynadi.
1847-yili Abdulqodir qo‘shini qurshab olindi va tor-mor etildi.
Abdulqodirning o‘zi halok bo‘ldi. Biroq milliy-ozodlik kurashi to‘xtab
qolmadi. Jazoirliklar uzoq yillar davomida istilochilarga qarshi milliy-
ozodlik kurashi olib bordilar.
Marokash aholisi mamlakat ichkarisiga kirib borgan portugal,
ispan va fransuz mustamlakachilariga muvaffaqiyatli ravishda qarshi-
lik ko‘rsatdi. Fransiya Hind okeanida Madagaskar orolini bosib olish-
ga bir necha bor urinib ko‘rdi, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Misrda XVIII–XIX asrlar chegarasida ...

1867-yili ...

Abdulqodir faoliyati ...

XIX asrning 90-yillarida ...
http://eduportal.uz


155
Mustamlakachilar Afrikaning harbiy-texnik jihatdan qoloqligidan,
uning xalqlari tarqoq ekanligidan, qabilalar o‘rtasidagi o‘zaro zid-
diyatlardan ustalik bilan foydalandilar.
XIX asrning 70-yillarida Afrikaning ichkarisidagi katta maydonlar
hali yevropaliklarga deyarli noma’lum edi.
Bu hududlarning Yevropa davlatlari o‘rtasida mustamlaka sifatida
taqsimlanishi XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida tugallandi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling