Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


XIX asr Afrika qit’asini Yevropa davlatlari tomonidan mustam-


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

XIX asr Afrika qit’asini Yevropa davlatlari tomonidan mustam-
lakaga aylantirish davri bo‘ldi. Asr oxiriga kelib, Afrikani bosib
olish, asosan, yakunlandi. O‘z vatanini va mustaqilligini himoya
qilgan yuz minglab afrikaliklar mustamlakachilar bilan bo‘lgan
tengsiz janglarda halok bo‘ldilar. Mustamlakachilar esa qit’aning
tabiiy boyliklarini talash, aholisini shafqatsiz ekspluatatsiya qilish
natijasida cheksiz boyliklar orttirib, Yevropani yuksaltirishga hissa
qo‘shdilar.
Mamluklar – asosan, qullikka aylantirilgan Gruziya va Shimoliy Kavkaz
aholisi.
Burlar – Janubiy Afrikadagi golland, fransuz va nemis mustamlakachilarning
avlodlari.
1. Afrika qit’asi xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda boshqa qit’a xalqlaridan or-
qada qolib ketganligi sabablari haqidagi o‘z mulohazalaringizni daftaringizga qayd
eting.
2. Afrika qay tariqa mustamlakaga aylantirildi?
3. Afrika xalqlarining milliy-ozodlik harakatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Jazoir aholisining fransuz mustamlakachilariga qarshilik harakatini kim
boshqargan?
Ijodiy ish topshirig‘i
Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining mustamlakalarga aylantirilishi va
ularning milliy-ozodlik kurashi jarayonining umumiy hamda farq qiluvchi jihatlarini
taqqoslang. Barcha ma’lumotlarni daftaringizda murakkab krossvord holatiga
keltiring.
Mavzuga oid Piter Abraxamsning «Qabrdagi gulchambar» romanini o‘qing va
taassurotlaringizni esse shaklida daftaringizga yozing.
http://eduportal.uz


156
XULOSA
Aziz o‘quvchilar! Siz jahon tarixi Yangi davrining 1870-yilgacha
bo‘lgan bosqichi voqealari bilan tanishdingiz. Bu davrda Yevropa va
Shimoliy Amerika mamlakatlarida O‘rta asrchilik asta-sekin Yangi davr
bilan, feodal tartiblar yangi, burjuacha hayot tarzi bilan almashganligini
ko‘rib chiqdik.
Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy va madaniy hayotda yangi
jihatlar paydo bo‘ldi.
Siyosiy sohada katta o‘zgarishlar – absolut monarxiya va milliy
davlatlarning shakllanishi va mustahkamlanish jarayoni yuz berdi. Ayni
paytda G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarida huquqiy
davlat va fuqarolik jamiyatining dastlabki belgilari paydo bo‘ldi.
Insonning ma’naviy dunyosida ham o‘zgarishlar yuz berdi. Fan va
madaniyatning yangi yutuqlari kishilar hayotiga kirib bordi. Universitet
va maktablarning soni ko‘paydi, xonadonlarda kitoblar, gazetalar paydo
bo‘ldi. Natijada, kishilar asta-sekin diniy aqidalar ta’siridan ozod bo‘la
boshladi. Diniy ongning hukmronligi saqlanib qolgan joylarda ham endi
uni isloh qilish lozimligi haqidagi g‘oyalar paydo bo‘ldi.
Yevropada XVII–XVIII asrlarning dunyoqarashi sifatida Gumanizm,

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling