Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Juzeppe Garibaldi 1860-yili o‘z harbiy kuchlari bilan Sitsiliya oroliga
kelib tushdi. Xalq ommasi uni xaloskor sifatida kutib oldi. Sitsiliya-
ning Palermo shahri egallandi. Shundan so‘ng J. Garibaldi qo‘shini
Neapolga yurish qildi. Neapol qo‘shini tor-mor etildi va Neapol
qirolligi tugatildi.
Italiyaning birlashishida uch buyuk shaxsning xizmatlari beqiyos.
Bular bosh vazir K. Kavur, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi milliy-
ozodlik urushlarida nom qozongan xalq qahramoni J. Garibaldi,
«Yosh Italiya» jamiyatiga rahnamolik qilgan Juzeppe Madzinidir.
Kamillo Kavur
http://eduportal.uz


109
Badiiy adabiyotda har uchala milliy qahramonning Italiyani birlash-
tirishdagi xizmatlarini nazarda tutib, ularni «Vatanning aql-zakovati,
joni hamda shamshiri»ga qiyoslashadi.
1847-yilda Germaniyada iqtisodiy inqiroz yuz bergan.
1861-yilda Birlashgan Italiya qirolligi tashkil etildi.
Italiyaning birlashishida uch buyuk shaxs: Kamillo Kavur, Juzeppe
Garibaldi, Juzeppe Madzinilarning xizmatlari beqiyos.
Mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya qaror topdi hamda ikki
palatali parlament (Senat va Deputatlar palatasi) joriy etildi. 1866-yili
Avstriya qo‘l ostida qolgan Venetsiya viloyati ham, 1870-yilda esa
Fransiya ta’sirida bo‘lgan Rim shahri ham Italiya qirolligiga qo‘shib
olindi. Shu tariqa Italiyani yagona davlatga bir-
lashtirish yakunlandi.
Germaniyani birlashtirish uchun kurash.
Germaniyada ham jamiyatning ilg‘or qatlami
milliy birlashuv uchun kurashayotgan edi. Bu
yerda ham butun mas’uliyatni Germaniyada
mavjud ko‘plab davlatlardan biri o‘z zimmasiga
olishi zaruriyatga aylandi. Bunday sharaf Prus-
siyaga nasib etdi. Prussiya bu davrda Germa-
niya imperiyasidagi eng qudratli davlat edi.
Qirollikda o‘z davrining eng mashhur davlat
arbobi Otto fon Bismark kanslerlik qilardi. U
Germaniyani yagona davlatga birlashtirishdek
tarixiy ishga rahbarlik qildi.
1866-yili Prussiya Avstriya ustidan qozon-
gan tarixiy g‘alabadan so‘ng Bismark Germaniyada mavjud davlat-
larning Prussiya bilan «Shimoliy Germaniya Ittifoqi»ni tuzish haqi-
dagi shartnomani imzolashlariga erishdi. Bismark ittifoq kansleri –
Bundeskansler lavozimini egalladi. Bismark o‘z yordamchilari bilan
qisqa muddatda Shimoliy Germaniya ittifoqi konstitutsiyasini ishlab
chiqdi.
Bu konstitutsiya asosiy matnidagi ba’zi bir o‘zgarishlarni hisobga
olmaganda, 50 yildan ko‘proq vaqt davomida – 1919-yil Veymarda
Germaniya Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar amal
qilib keldi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling