Chor rossiyasining istilosi va mustamlakachilik tizimining o'rnatilishi reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Chor Rossiyasining istilosi va Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi
Download 33.49 Kb.
|
Ashurov Shoxzod
Chor Rossiyasining istilosi va Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi
Ma'lumki, XIV asrning oxirlari - XVI asrlar mobaynida rus knyazliklarini birlashtirilishi asosida markazlashgan Rus davlati tashkil topdi. Vaqt o'tishi bilan sobiq Oltin O'rda yerlarida rus shaharlari, harbiy istehkomlari, tog' konlari va zavodlarining soni shunchalik ko'payib bordi. Ko'rsatilgan joylarda rus davlati o'z raavqeyini mustahkamlab olganidan keyin Turkistonni ham bo'ysundirish harakatiga tushdi. Chor Rossiyasining Turkiston yerlariga g'arazli maqsadlarda ko'z olaytirishlari hali o'lkada shayboniylar hukmronlik qilgan davrlardan boshlangan. 1558—1559-yillarda irigliz savdogari Jenkinson, 1612-yilda Moskva savdo elchisi Ivan Danilovich Xoxlov Xiva, Buxoro va Samarqandga asosan o'lkani o'rganish va josuslik ma'lumotlarini to'plash maqsadida kelgan edilar. Turkistonni Rossiyaga qaram qilish uchun to'g'ridan-to'g'ri amaliy ochiq harakat Pyotr I davridan boshlandi. 1714-yilda turkman vakillaridan biri Xo'ja Nafas Peterburgga borib, Amudaryoning oltinli qumlarga boyligi to'g'risida ma'lumot beradi. Oltin va boyliklar vasvasasi bilan Pyotr I O'rta Osiyoga 1717-yilda knyaz Bekovich-Cherkasskiyni katta qo'shin bilan yuboradi. Ammo Xiva xoiii Sherg'ozixon bu qo'shinni batamom qirib tashlaydi. O'rta Osiyoni bosib olish maqsadida Pyotr I zabt etilgan qozoQ yerlarida harbiy qal'alar va istehkomlar qura boshladi. 1717-yilda Omsk' l7J8-yilda Semipalatinsk, 1720-yilda Ust-Kaminogorsk, 1742-yilda Orenburg qal'alari quriladi. Faqat XVIII asrning o'zida chor ma'muriyati hozirgi Qozog'iston hududlarida 46 ta katta va 96 ta kichik harbiy qal'a va istehkomlar qurgan. Katta va Kichik Juzning xoni Abulxayrxon o'z hokimiyatini saqlab qolish va qalmiqlar xataridan saqlanish ilinjida chor Rossiyasi bilan yaqinlashishga majbur bo'ladi. Shu tariqa, 1731-yilda Kichik Juz, 1731-1740-yillarda esa Katga Juz qozoqlarining aksariyati rus davlatining tobeligiga o'tadi. Bu Pyotr I orzu-armonlari ro'yobga chiqishining boshlanishi edi. Qozoqlarning rus fuqaroligini qabul qilishlari chor mustamlakachi ma'raurlarining Turkiston yerlarini egallash borasidagi bosqinchilik harakatlariga qulay shart-sharoitlar yaratdi. Ammo Yevropadagi davlatlar o'rtasidagi o'zaro vaziyatning tobora keskinlashib borishi chorizmning Turkistonga nisbatan bosqinchilik harakatlarining ma'lum muddatga orqaga cho'zilishiga sabab bo'ldi. Biroq tez orada chor qo'shinlari faol harbiy harakatlar boshlab, Qo'qon xonligining strategik qal'asi bo'lgan Oqmachit (hozirgi Qizil O'rda)ni -1853-yilning yozida, keyin esa Pishpakni 1860-yil kuzida bosib oldilar. 1861-1863-yillar davomida rus qo'shinlari Yangi Qo'rg'on, Din Qo'rg'on, Merka, Oqsuv, Pishtepa, Choldevor va qayta tiklangan Pishpak (hozirgi Beshkek) qal'alarini janglar bilan zabt etib, minglab gunohsiz kishilarni qirib tashlaydi. 1863-yil yozida esa polkovnik Chernyayev So'zoq qal'asini qo'lga kiritadi va uni tevarak-atrofidagi aholisi bilan birga «Rossiyaning mulki» deb e'lon qiladi. 1864-yii boshida Verniy (hozirgi Almati) istehkomidan chiqqan Chernyayev boshchiligidagi 2500 kishilik chor qo'shinlari 4-iyunda Avliyootani jang bilan egallaydi. So'ngra otryad Chimkentga yo'l oladi. 1864-yil 22-mayda Perovskiy fortidan yo'lga chiqqan polkovnik Veryovkin otryadi esa Turkiston shahri tomonga yurish boshlaydi. Polkovnik Veryovkin general Chernyayevdan yordam olib, Turkiston shahrini mahalliy xoinlar yordamida 1864-yil 12-iyunda bosib oladi. 1864-yil sentabr oyining boshlarida eng dahshatli janglardan biri Chimkent ostonasida boshlanib ketadi. Shahar uzoq vaqt ayovsiz to'pga tutiladi. Chimkent vayronaga aylantirilgach, piyodalar hujumga o'tadi. lib da ko'p talafot ko'rishiga qaramay, Alimqul boshchiligidagi nmdofaachilar mardonalik bilan barcha hujumlarni qaytaradilar. Ammo pirovardida rus harbiy quroli ustun chiqadi. Ayovsiz qirg'inlar bilan Chimkent shahri 22-sentabrda bosib olinadi. Shahar olingach, ko'z ko'rib, Riloq eshitmagan talon-torojlik yuz beradi. U tamomila xarobaga aylanadi, Xalqning g'ururi toptaladi, dushmanning yovuzligi mislsiz bo'ladi. Rus qo'shinlari 1864-yil 1-oktabrda Toshkentga hujum boshlab, bir Itiecha marta shahar himoyachilarining zarbalaridan cheklanishga majbur bo'lsalar ham, lekin Qo'qon, Buxoro, Xiva xonliklarining yordani bermaganligi, shahar aholisining 1,5 oy mobaynida suvsiz, oziq-ovqatsiz tinkasi quriganligi, ayrim amaldorlarning (masalan, Abdurahmonbekning) xoinliklari sababli oxir-oqibat 1865-yil 17-iyunda shaharni bosib oldilar. 1866-yil 24-mayda chor askarlari Xo'jandga ham hujum qilib, uni zabt etdilar. Avgust oyida Toshkent, Xo'jand atrofidagi yerlar mustamlakachi saltanat tarkibiga kiritilganligi rasmiy ravishda e'lon qilindi. Chorizm tomoni Buxoro amiri bilan olib borilgan muzokaralarda kelisha olmagach, bosqinchi qo'shinlar 2-oktabrda amirlikka qarashli O'ratepa qal'asini, 18-oktabrda esa Jizzaxni bosib oldi. Jizzax uchun jangda 2 mingga yaqin vatanparvarlar shahid bo'ldilar. 1867-yil 7-iyunda bosqinchilar Jizzax va Samarqand o'rtasida joylashgan Yangiqo'rg'onda Buxoro qo'shini va xalq ko'ngillilarini tor-mor keltirdilar. 1867-yil 14-iyulda imperator Aleksandr II Turkiston harbiy okrugini ta'sis etdi va O'rta Osiyoda bosib olingan va saltanat tarkibiga kiritilgan hududlar hisobidan Turkiston general-gubernatorligini tashkil qilish to'g'risida farraon e'lon qildi, okrug qo'mondoni va general-gubernatori qilib general-adyutant fon K. P. Kaufman tayinlandi. Unga podsho juda katta vakolatlar berdi. Imperatordan olgan «Oltin yorliq»qa muvofiq fon Kaufman biror davlatga qarshi urush e'lon qilishi yoxud sulh tuzishi mumkin edi. U moliyaviy hamda iqtisodiy masalalarda ham mustaqil hukmdorlardek keng huquqlarga ega bo'lib, faqat podshogagina hisob berardi. Tez orada harbiy ma'muriyatdan tashqari fuqarolik, ma'muriy ishlar ham unga to'la bo'ysundirildi. Shuning uchun ham fon Kaufmanni mahalliy xalq «yarim podsho» deb atardi. Turkiston general-gubernatorligining markazi etib Toshkent shahri belgilandi. Gubematorlikda markazi Toshkent bo'lgan Sirdaryo, markazi Verniy (Alma-ota) bo'lgan Yettisuv viloyatlari tashkil qilindi. 1868-yilning may oyiga kelib Samarqand, Kattaqo'rg'on, Zirabuloq chor qo'shinlari tomonidan egallanadi va Zarafshon okrugi tashkil etildi. 1875-yilga kelib Qo'qon, Marg'ilon, Andijon, Namangan chor qo'shinlari tomonidan bosib olinadi. 1876-yilda Qo'qon xonligi tugatilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan Farg'ona viloyati tashkil qilindi. Download 33.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling