Choriyeva mohira elbekovna


Download 189.43 Kb.
bet7/10
Sana16.06.2023
Hajmi189.43 Kb.
#1501172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ko’nikma va malakani shakllantirish ta’lim jarayoni sifati

Qator darsliklarda (A.D. Novikov, B.A. Ashmarin va boshqalar, 1966, 1979) jismoniy mashqni vujudga kelishi tarixi ibtidoiy jamoa tuzumi davriga to‘g‘ri keladi deb, ularning o b ‘ b ye k t i v va s u b ‘ ye k t i v sabablarini ochib berishga harakat qilingan.
Jismoniy mashqning vujudga kelishida o b ‘ ye k t i v sabab qilib ibtidoiy odamning qorin to‘ydirish maqsadida ov qilishi, s u b ‘ ye k t i v sabab sifatida esa asta sekinlik bilan uning ongning shakillanishi jarayoni qabul qilingan.
Ibtidoiy ov qilish qurollarni ishlatishni bilmagan ibtidoiy odamlar o‘z o‘ljasini (ovini) holdan toydirguncha quvlaganlar. Bu ovchining organizmiga katta jismoniy tayyor garlikka ega bo‘lish talabini yuklagan. Jismoniy tayyor garligi yetarli bo‘lmaganlarning o‘zlari oviga yem bo‘lganlar. Keyinchalik ibtidoiy odamlar gala-gala bo‘lib yashashga o‘tgan laridan so‘ng, yakka ov qilishdan ko‘ra ovga jamoa bo‘lib chiqishning afzalligini tushuna boshlaganlar. Bu esa ibti doiy odamning ongi shakllana boshlaganligini ko‘rsatardi.
Asta sekinlik bilan ibtidoiy odam qurollar: tosh, uchiga qirrali tosh boylangan nayza, xas-cho‘p bilan nomigagina berkitilib quyilgan chohlar va boshqalardan foydalanishni o‘rgana boshlaganlar. Bu ijtimoiy ong shakllanishidan guvohlik edi.
Ovda ishtirok eta olmay qolgan qabila urug‘ining qariya lari yoshlarga toshni nishonga otish, uni zarbini kuchayti rishni mashq qildirishda qatnasha boshladilar, bu bilan tarbiyaga, inson jismi tarbiyasining, ta’lim jarayonining asosiy elementlari yuzaga kelaboshladi.
Keyinchalik uloqtirish, quvib yetish yoki qochish uchun yugurish, sakrashlar mashq qilina boshlandi. Bunga jismoniy mashqlarning hamda jismoniy tarbiyaning elementlarini vujudga kelishi va shakllanish davri deb qarala boshlandi.
Hozirgi kunga kelib, bu mashqlar ayni paytdagi yengil atletika, gimnastika, sport o‘yinlari, yakka kurashlari, turizm va sportning boshqa turlari tarzida jismoniy tarbiya jarayoni uchun asosiy vosita sifatida foydalanilmoqda.
Jismoniy mashqlar xillarining ko‘payishiga insonning mehnat faoliyati ham ta’sir ko‘rsatdi Shuning uchun xam mehnat faoliyatida foydalaniladigan harakatlar kasbiy jismoniy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yishda keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Tarbiya amaliyotida asosan, inson mehnat faoliyatida qo‘llaydigan harakatlarini ko‘proq mashq qiladi. Ma’lumki, mehnat jismoniy kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlikdek insonning jismi (harakat) sifatlarining ma’lum daraja dagi tayyorgarligi, uning rivojlanganligini talab qiladi.
Jismoniy mashqning rivojlanishida diniy marosimlar, bayramlardagi o‘yinlar, raqslar, harbiy faoliyatdagi hara- katlar, san’atdagi ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakatlar vosita bo‘lib xizmat qildi.
Jismoniy mashqlarni mashq qilish tabiatning tabiiy qonuni ekanligi rus akademiklari I.M. Sechenov va I.P. Pavlovlarning ilmiy dunyoqarashlari orqali isbotlangan. Sechenovning fikricha, ixtiyoriy harakat ong va aql bilan boshqariladi hamda biror maqsadga yo‘naltiriladi.
I.P.Pavlov esa harakatlarning fiziologik mexanizmi bosh miya po‘stloq qismining to‘plash xususiyati bilan bog‘liq ligini birinchi, ikkinchi signal sistemasi, shartli hamda shartsiz reflekslarning aktiv ishtirokida vujudga kelishini ilmiy isbotladi.



Download 189.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling