Choriyeva mohira elbekovna


Download 189.43 Kb.
bet10/10
Sana16.06.2023
Hajmi189.43 Kb.
#1501172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ko’nikma va malakani shakllantirish ta’lim jarayoni sifati

Intervyu- maqsadli savollar tizimiga respondentning og‘zaki javoblarini olishga asoslangan axborot olish usuli tushuniladi.
So‘rovnomadan foydalanish - ilmiy tadqiqot usullari dan biri bo‘lib, uning yordamida tadqiqotchi so‘roqla nuvchining og‘zaki xabarlari zamiridagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi. So‘rovnomadan foydalanish tadqiqotchi tomonidan izchillik asosida tuzilgan savollarga so‘raluvchidan yozma axborot olish jarayoni bo‘lib, tadqiqotning eng keng tarqalgan, matematik ishlov berish ancha qulay bo‘lgan, ko‘p sonli so‘raluvchilarni qamrab olishga imkon beradigan usulidir. Oqilona ishlab chiqilgan so‘rovnoma tadqiqotchi uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: tanlangan muammodagi tadqiqot uchun eng dolzarb yo‘nalishlarni aniqlash, muammo mohiyatini aniq maqsad asosida tekshirishni tashkil qilish; o‘tkaziladigan ilmiy tajriba maydonini imkon qadar toraytirish; farazlarni ifodalash uchun ishonchli amaliy dalillar olish; o‘rganilayotgan hodisaning tasodifan ko‘zga tashlanadigan ayrim jihatlarini emas, balki tipik manzarasini ochib berish; muayyan o‘quv-mashqlanish muammosini hal etishda trener yoki sportchi faoliyatidagi tipik kamchiliklarni aniqlash; ularning mazkur faoliyati uchun tipik murakkabliklarni ochish; aniqlangan kamchiliklar va qiyinchiliklarning sabablarini o‘rganish; o‘rganilayotgan masalalarni hal etishda trenerlik tajri­ba­si­ning ijobiy tipik jihatlarini yuzaga chiqarish.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti o‘zining umumiy prinsiplariga tayanadi. Prinsip – fanning” “asosiy qonun-qoidalari”, “nizom” yoki “tartib”,”tarz” ma’nolarini anglatadi.
Qayd qilingan prinsiplardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko‘rinishlari va xususiyatlarini ifodalovchi (masalan, sport trenirovkasi, kosmonavtlar, o‘t o‘chiruvchilar va boshqalar)ning trenirovkalarining prinsiplari ham mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, prinsip larning yagona tizimini tashkil etadi.
Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasini mehnat va harbiy amaliyot bilan bog‘liqligi prinsipi kishilarning harakat faoliyatiga yoki mehnatga tayyorlashda jismoniy tarbiya jarayonining asosiy ijtimoiy qonuniyatlari va uning xizmat funksiyasini ifodalaydi. Jismoniy madaniyat va sport jismoniy tarbiya jarayonida hayot uchun kerak bo‘lgan harakat malakalarini tarbiyalash va rivojlantirishdagina hayotiy ahamiyat kasb etish bilan cheklanmay, ijtimoiy hayotda ham o‘z o‘rniga ega. Aslida esa u yoki bu jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish orqali hosil qilingan harakat malakasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat faoliyati jarayoniga ko‘chsagina, u hayotiy amaliydir.
Jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiyaning maqsadi mehnatga va mudofaaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilsa, individning jismoniy madaniyat ta’limi, tarbiyasi orqali egallangan malaka va ko‘nikmalar zahirasi katta bo‘lsa, u kundalik turmushdagi duch kelinadigan noqulay sharoitga ishlab chiqarishdami, armiyadami, qisqa vaqt ichida moslashadi va lozim bo‘lgan harakat faoliyati texnikasini tez egallaydi.
Ma’lumki, chaqqon, kuchli, chidamli, tezkor va egiluvchan kishi yangi harakat malakasini egallashda qiyinchilikka boshqalarga nisbatan kam uchraydi. Amalda sog‘lom bo‘lsa-da, harakat zahirasi kam bo‘lsa, u kishi lozim bo‘lgan harakat texnikasini u hayotiy-amaliymi, harbiy – amaliymi o‘zlashti rishda qiyinchilikka uchraydi.
Tashqi ko‘rinishidan bu mashqlar hayotiy-amaliy emasdek tuyulsa-da, aslida... Yana misol, ma’lumki, samalyot va kosmik kemaning uchish tezligi juda yuqori. Ularning boshqaruv chilarining organizmida kutilmaganda xilma-xil o‘zgarishlar ro‘y beradi - ma’lum vaqt ichida miyaga birdaniga qon bormay qoladi yoki oz boradi. Sababi, bosimning yuqori yoki kamligi, tezlikning o‘ta yuqoriligidir. Bu ta’sirdan tez qutilishni esa yaxshi rivojlangan tana muskullarigina uddalaydi. Tana muskullari esa jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish orqali rivojlantiriladi.
Ma’lumki, mavjud jamiyatda yashaydigan har bir shaxs har tomonlama rivojlangan bo‘lishi lozim, chunki, kishilar ruhiy, ma’naviy va jismoniy sifatlarni o‘zida mujas samlashtirgan holda tug‘ilmaydilar.
Bu sifatlarning kamol topishi, o‘sha ijtimoiy sharoitga va mavjud tarbiya tizimiga bog‘liq. Jismoniy madaniyat ta’limi va jismoniy tarbiya esa tarbiyaning boshqa tomon lari ichida muhimlaridan.
Ijtimoiy muhit har tomonlama garmonik rivojlanishni, har doim va har yerda inson organlari va sistemalarining biologik rivojlanishini ichki talab tarzida qo‘yadi.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish prinsipining jismoniy tarbiya mutaxassisiga qo‘yadigan asosiy talablari:
1. Tarbiyaning turli tomonlarining yaxlitligi, bir butunligiga erishish. Jismoniy tarbiya orqali erishilgan yuqori natija ko‘rsatkichi emasligi, shaxsni har tomonlama rivojlanaganligini, jismoniy sifatlarga qo‘shib aqliy, ahloqiy, ruhiy, estetik, va ma’naviy sifatlarni qo‘shib tarbiyalash va bu bilan shaxsni ijodiy mehnat va Vatan mudofaasiga tayyorlash. Bu talab o‘z navbatida jamiyatimiz a’zolarining hal qiluvchi vaqtda, mehnat vaxtasidami, mudofaadami, qonuniy demokratik davlatni barpo etishdek sharafli ishlarning barchasida oldinda bo‘lish imkonini beradi.
2. Keng va umumiy jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish. Jamiyat a’zolari faoliyatlarining barchasi ma’lum ma’no dagi kasbga, hunarga, ayniqsa, mehnat va harbiy faoliyat davo mida yo‘naltirilgan bo‘lishligi, qurolli kuchlar safidami yoki mehnat frontidami yutuq jismoniy tayyorgarlikka bog‘ liq. Umumiy jismoniy tayyorgarligi sust bo‘lganlar qiyin chiliklarga duch kelishining oldini olish zaruriyatdir.
Jismoniy sifatlar insonda qanchalik yaxshi rivoj langan, hayot uchun kerakli zaruriy harakat va mehnat malaka lari yetarli bo‘lsa, u boshqa faoliyatni oson va tez o‘zlashti radi. Jismoniy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yish uchun olib borilgan rejali faoliyat har tomonlama garmonik rivojlan tirishning omili bo‘lishi lozim.
Jismoniy madaniyat ta’limi va jismoniy tarbiya jara yonini sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilganligi prinsipi shug‘ ullanuvchilarning jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘li shida ularni sog‘ligiga javob berish mas’uliyatining mavjud ligini mutaxassislarga eslatish talabini o‘rtaga tashlaydi. Jismoniy madaniyat tashkilotchilari, trenerlar, davlat, xalq oldida shug‘ullanuvchilarning sog‘ligiga javob beribgina qolmay, uni mustahkamlashga va takomillashtirishga ham javob beradilar.
Jismoniy mashqlar bilan vrach va pedagog nazorati ostida shug‘ullansagina, mashg‘ulotdan ijobiy effekt kutish mumkin ligi jismoniy tarbiya amaliyotida isbotlangan. Mashqlardan foydalanishda uning ta’siri darajasi haqidagi bilimlarga ega bo‘lish soha mutaxassisining kasbiy tayyor garligining asosi hisoblanib, shug‘ullanuvchi sog‘ligiga salbiy ta’sirning oldini oladi. Shuning uchun ham individ organizmining b i o l o g i k x u s u s i ya t l a r i – yoshi, jinsi, sog‘lig‘i ni hisobga olish, tizimli tibbiy va pedagogik nazoratni yo‘lga qo‘yish tarbiya jarayonida yetakchi qonuni yatlaridan biridir.
XULOSA
Bundan kelib chiqadiki, pedagogik jarayon davomida jismoniy madaniyat nazariyasining umumiy prinsiplarga o‘z vaqtida rioya qilish, ular tomonidan belgilangan talablarni mukammal bajarish orqali jismoniy madaniyat ta’limi jarayonining samaradorligiga ijobiy ta’sir etish mumkin.
Amalda sog‘lomlashtirish jarayonining istiqbolini rejasiz tashkillash o‘ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Tanlangan uslubiyotlar, mashqlarning me’yori, bajarish intensivligi, yuklamaning umumiy miqdorini tanlashdagi pedagogning arzimas xatosi shug‘ullanuvchi uchun o‘ta qimmatga tushishi mumkin.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish prinsipi ijti-moiy hayotda - ishlab chiqarish va harbiy ishlarni amalga oshiradigan, rivojlangan shaxsga talabni oshirib, har tomonlama jismoniy, ma’naviy rivojlanganlarini tarbiya lash, mamlakat iqtisodiyoti va mudofaasini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino «Jismoniy mashqlar haqida qisqacha so‘z»ida salomatlikni saqlash rejimining asosiy omillaridan biri jismoniy mashqlar bilan shug‘ul-lanish ekanligini ta’kidlaydi. Ta’lim jarayonida mashq qilishning me’yorini topish va uning salomatlik uchun ta’sirini aniqlay olish, tarbiya jarayonining muhim ko‘rsatmasiga, kerak bo‘lsa, nizomiga aylanishi lozim. Jismoniy madaniyatning yuqorida qayd qilingan prinsiplari qatori jismoniy tarbiyani sog‘lom lashtirishga yo‘naltirishning amaliy samarasi kattadir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. U.Zokirov. “JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI” fanidan O`QUV- METODIK MAJMUA 1-kurs(II-semestr)

  2. https://fayllar.org/mavzu-jismoniy-madaniyat-nazariyasi-va-metodikasi-fan-sifatida.html

  3. https://hozir.org/jismoniy-tarbiya-va-amaliy-fanlar-talimi-kafedrasi-a-kurbashev.html?page=2

  4. http://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/14028-jismoniy-tarbiya-vositalari

  5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Jismoniy_tarbiya

Download 189.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling