Choriyeva mohira elbekovna


Jismoniy madaniyat nazaryasining manbalari


Download 189.43 Kb.
bet3/10
Sana16.06.2023
Hajmi189.43 Kb.
#1501172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ko’nikma va malakani shakllantirish ta’lim jarayoni sifati

Jismoniy madaniyat nazaryasining manbalari

Mustahkamlashga, odam organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi koʻrsatkichlardan biri. J. t.ning asosiy vositalari: jismoniy mashgʻulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va turmush gigiyenasi. J. t. aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya b-n qoʻshib olib boriladi.
Ibtidoiy davrdan boshlab J. t.ga alohida eʼtibor qaratilgan. Dastlab u jismoniy mashqlar, turli oʻyinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga oʻxshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud boʻlgan, turli marosimlarni aks ettirgan. Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan otish, yakkama-yakka kurash mahoratiga oʻrgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan. Uygʻonish davrida J. t.ga eʼtibor yanada kuchaydi. Gumanistlar J. t.ni oʻquv dasturiga kiritishga uringanlar. J. t.ga oʻrta asrlarda Yevropada oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi sifatida karala boshlandi. J. J. Russo "Emil, yoki Tarbiya toʻgʻrisida" deb atalgan pedagogik risolasida J. t.ning bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi ahamiyatini taʼkidlagan. 18-asrda asosan Russo gʻoyalari taʼsirida Germaniyada paydo boʻlgan "insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari" — filantropinlar J. t.ning shakl va uslublarining takomillashuviga olib keladi. Gimnastika mashqlari maktab dasturlaridan mustahkam oʻrin oladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida Fransiya, Buyuk Britaniya va b. mamlakatlarda J. t.ning milliy tizimlari tarkib topdi.
Jismoniy mashqlarning m a z m u n i v a u n i n g sh a k li. Barcha xodisa va jarayonlarga o‘xshash jismoniy mashqlar o‘zining mazmuni va shakliga ega.
Jismoniy mashqni bajarishda sodir bo‘ladigan mexanik, biologik, psixologik jarayonlar mazmunlarining majmuyi-to‘plami jismoniy mashqlarning m a z m u n i n i yuzaga keltiradi, ularning o‘zaro muvofiqligi esa harakat faoliya tidagi qobiliyatni namoyon bo‘lishi orqali ko‘zga tashlanadi.
Shuningdek, mashq mazmuniga harakat bo‘laklarining to‘plami, masalan, uzunlikka sakrashda tanaga tezlik berish (yugurish), depsinish (sakrash chuqurligi taxtasi ustidan), havoda uchish, yerga tushishdek shu mashqning xarakat tarkibidagi zvenolari va ularga qo‘shimcha mashqni bajarish jarayonidagi hal qilinadigan umumiy va xususiy vazifalar, mashqni bajarishda organizmda sodir bo‘ladigan funksional o‘zgarishlar haqidagi nazariy bilim va amaliy harakat malakalari kiradi. Bu elementlarning barchasi jismoniy mashqning umumiy mazmunini vujudga keltiradi.

1-rasm. ( Umumrivojlantiruvchi mashqlar).
Umumrivojlantiruvchi mashqlar jismoniy mashqlar majmuasi bo`lib, har tamonlama jismoniy sifatlarini rivaojlantiradi. Inson tanasini maxsus mashqlardagi yuklamaga jismonan tayyorlaydi. Shuning unchu har qanday jismoniy maxsus mashlardan oldin umumrivojlantiruvchi mashqlar bajariladi.



Download 189.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling