Choriyeva mohira elbekovna


BOB .O’quv predmeti ,ilmiy amaliy fan sifatida va uning mazmuni


Download 189.43 Kb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi189.43 Kb.
#1501172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ko’nikma va malakani shakllantirish ta’lim jarayoni sifati

BOB .O’quv predmeti ,ilmiy amaliy fan sifatida va uning mazmuni

O‘quv fani sifatida shakllanishi va rivojlanishi orqali amaliy o‘quv fani sifatida jamiyat a’zolarining jismoniy tayyorgarligiga, jismoniy rivojlanishiga ta’sir etadi. Bu o‘z navbatida ijtimoiy mehnat va harbiy amaliy tayyorgarlik uchun zarurdir.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyot fanining m a z m u n i g a quyidagilar:
- jismoniy madaniyat ijtimoiy hodisa tarzida jamiyat mahsuli sanalgan tarbiyaning boshqa shakllari bilan uzviy bog‘liqligiga oid bilimlarni;
- mamlakatdagi mavjud jismoniy tarbiya tizimi, uning maqsadi, vazifalari va zvenolari;
- jismoniy madaniyatning maqsadi, uning umumiy vazifalari va nazariy tamoillari;
- jismoniy tarbiyaning vositalari va uning usulubiy tamoillari;
- harakatga o‘rgatish, jarayonining mazmuni, vositalari, jismoniy tarbiya ta’limi uslubiyatlari;
- jismoniy sifatlarni rivojlantirish qonuniyatlari;
- jismoniy mashqlar, ularning mazmuni, tuzilishi texnikasining asosi, zvenolari va detallarini;
- jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarining mazmuni, tuzilishi, tashkillashning shakllari;
- o‘quvchi talaba yoshlar jismoniy tarbiya jarayoni va uni yo‘lga qo‘yish va bu jarayonni rejalashtirish;
- maktabgacha yoshdagi va umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi, o‘quvchi va yoshlarning jismoniy tarbiyasi mazmuni;
- sport trenirovkasi jarayonining tavsifi, mazmuni, tashkillash uslubiyotini o‘zida mujassamlashtirgan.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti har qanday holatda ilmiy pedagogikaning ajralmas bir qismi tarzida uning negizini tashkil etuvchi umumiy qonunlar, tamoillar, uslubiyotlaridan foydalanadi, barcha sport fanlari uchun ham bu qonunlar, qoidalar mos keladi va o‘ziga xos ma’no kasb etadi. Jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, pedagogik jarayon tarzida, jismoniy madaniyat nazariyasining o‘rganish predmeti hisoblanadi. Aholining har qanday tabaqasi bolalar, o‘smirlar, yoshlar, o‘rta yoshdagilar, kattalar va qariyalar hamda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishni endigina boshlaganlar, malakali sportchilarning jismoniy tarbiyasining xususiy tomonlarining umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti fanining rivojlanishi va takomillashishi uchun quyidagilar a s o s i y m a n b a sanaladi:
- mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportni yanada yuksaltirishning yo‘llari va hozirgi paytdagi ahvoli haqidagi hukumat qarorlari, qonunlari;
- jamiyat rivojlanishi davomida insonni har tomonlama kamol toptirish haqidagi progressiv ta’limotlar (ular orqali insonning har tomonlama rivojlanishi huquqinigina ovoza qilish bilan kifoyalanmay, uning mazmunini ochishga urinish hamda shu g‘oyalarini amalga oshirish yo‘llarini nazariy, amaliy jihatdan asoslash lozim bo‘ladi);
- jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti sohasi bo‘yicha olib borilgan va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va boshqa aralash fanlarning jismoniy tarbiyaga oid to‘plagan nazariy, amaliy bilimlar banki;
- ijtimoiy turmush tarzi uning hayotiy amaliyoti tajribasi, jamiyatning yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilarga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha to‘plangan amaliy tajribalar;
- jamiyat a’zolarining jismoniy tarbiya qonuniyatlariga oid bilimlari va shu asnoda inson jismoniy kamoloti tizimi va uni boshqarishga oid nazariy va amaliy bilimlar;
- mavjud jamiyat ma’naviyatining bir bo‘lagi hisoblangan jismoniy tarbiya tizimiga oid jismoniy madaniyat konsepsiyalari;
- jismoniy tarbiya amaliyotiga–manba tarzidagi nazariy qoidalar va ularning hayotiyligi, jismoniy tarbiya amaliyotidagi original g‘oyalar, tarbiya nazariyasi va uslubiyotidagi innovatsiyalar;
- arxiv materiallari, shaxsiy kuzatish natijalari (kundaliklar, sportchilar va ularning murabbiylarining rejalari, musobaqa bayonnomalari, konspektlar, ma’ruza matnlari va h.k.lar) jismoniy madaniyat nazariyasini boyitadi va unga manba bo‘lib xizmat qiladi;
- sog‘lom turmush tarzi jismoniy madaniyati nazariyasi va amaliyoti tajribalari orqali to‘plangan nazariy bilimlar, ekologik va boshqa ma’lumotlar, jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti fanini boyitadi, unga manba bo‘lib xizmat qiladi.




    1. Download 189.43 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling