Choriyeva mohira elbekovna


Jismoniy madaniyatning ilmiy-tadqiqot metodlari


Download 0.54 Mb.
bet15/18
Sana26.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1296435
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Jis.mad.Mustaqil.2

Jismoniy madaniyatning ilmiy-tadqiqot metodlari


Ilmiy tadqiqotning nazariy tahlil va umumlashtirish uslubiyoti




Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi




Matematik hisoblash ilmiy tadqiqot uslubiyati




Suhbat, intervyu olish va so‘rovnomadan foydalanish usullari


8-MAVZU: JISMONIY MADANIYATNING UMUMIY TAMOYILLARI.
Mavzu rejasi:
1. Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasini mehnat va harbiy amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyili.
2. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish va jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasini sog‘lomlashtirishga yo‘nal­­tirilgan tamoyili.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti o‘zining umumiy prinsiplariga tayanadi. Prinsip – fanning” “asosiy qonun-qoidalari”, “nizom” yoki “tartib”,”tarz” ma’nolarini anglatadi.
Qayd qilingan prinsiplardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko‘rinishlari va xususiyatlarini ifodalovchi (masalan, sport trenirovkasi, kosmonavtlar, o‘t o‘chiruvchilar va boshqalar)ning trenirovkalarining prinsiplari ham mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, prinsip larning yagona tizimini tashkil etadi.
1. Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasini mehnat va harbiy amaliyot bilan bog‘liqligi prinsipi
Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasini mehnat va harbiy amaliyot bilan bog‘liqligi prinsipi kishilarning harakat faoliyatiga yoki mehnatga tayyorlashda jismoniy tarbiya jarayonining asosiy ijtimoiy qonuniyatlari va uning xizmat funksiyasini ifodalaydi. Jismoniy madaniyat va sport jismoniy tarbiya jarayonida hayot uchun kerak bo‘lgan harakat malakalarini tarbiyalash va rivojlantirishdagina hayotiy ahamiyat kasb etish bilan cheklanmay, ijtimoiy hayotda ham o‘z o‘rniga ega. Aslida esa u yoki bu jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish orqali hosil qilingan harakat malakasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat faoliyati jarayoniga ko‘chsagina, u hayotiy amaliydir.
Jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiyaning maqsadi mehnatga va mudofaaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilsa, individning jismoniy madaniyat ta’limi, tarbiyasi orqali egallangan malaka va ko‘nikmalar zahirasi katta bo‘lsa, u kundalik turmushdagi duch kelinadigan noqulay sharoitga ishlab chiqarishdami, armiyadami, qisqa vaqt ichida moslashadi va lozim bo‘lgan harakat faoliyati texnikasini tez egallaydi.
Ma’lumki, chaqqon, kuchli, chidamli, tezkor va egiluvchan kishi yangi harakat malakasini egallashda qiyinchilikka boshqalarga nisbatan kam uchraydi. Amalda sog‘lom bo‘lsa-da, harakat zahirasi kam bo‘lsa, u kishi lozim bo‘lgan harakat texnikasini u hayotiy-amaliymi, harbiy – amaliymi o‘zlashti rishda qiyinchilikka uchraydi.
Tashqi ko‘rinishidan bu mashqlar hayotiy-amaliy emasdek tuyulsa-da, aslida... Yana misol, ma’lumki, samalyot va kosmik kemaning uchish tezligi juda yuqori. Ularning boshqaruv chilarining organizmida kutilmaganda xilma-xil o‘zgarishlar ro‘y beradi - ma’lum vaqt ichida miyaga birdaniga qon bormay qoladi yoki oz boradi. Sababi, bosimning yuqori yoki kamligi, tezlikning o‘ta yuqoriligidir. Bu ta’sirdan tez qutilishni esa yaxshi rivojlangan tana muskullarigina uddalaydi. Tana muskullari esa jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish orqali rivojlantiriladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling