Chortoq pedagogika kolleji
MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
Download 1.46 Mb.
|
Chortoq pedagogika kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha ta’lim konsepsiyasining maqsad va vazifalari
- TASDIQLAYMAN »
MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlangich turi xisoblanadi, hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi Konun»i va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tashkil etiladi. - Maktabgacha ta’limning maqsadi: bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofik sog‘lom va etuk, maktabga o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish. - Maktabgacha ta’limning vazifalari: bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jixatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik xislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish extiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, uzining fikrini mustakil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruxiy sog‘ligini ta’minlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablari» orkali nazorat qilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim-tarbiya mazmunining asosiy yo‘nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib u davlat xujjati sifatida e’tirof etiladi. “Fonologiyaning til tovushlar tizimini o‘rganishda ilmiy jihatdan yondashishi nutqiy jarayonlarni sintaktik qonuniyatlar nuqtai nazaridan o‘rganishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.Bu fonologiyaning ham tarkibiy qismini tashkil etadi. So‘zning fonetik shakli faqat talaffuz jarayonidagina yaqqol ko‘zga tashlanadi.” deb ko`rsatadi. 1 Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish tayanch dastur asosida amalga oshiriladi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Konun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’limning asosiy omili bo‘lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berilgan. Sog‘lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustivor yunalishidir. Davlat talablari asosida tuzilgan «Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi»ga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarning ota-onalari, tarbiyachilari, hamda, o‘zlari uchun turli soxalar bo‘yicha dasturlar, qo‘llanmalar, tavsiyalar, qiziqarli kitoblar, aqlan va jismonan rivojlantirishga yordam beradigan turli-tuman o‘yinchoqlar va ta’lim tarbiya qurollari yoritiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablarida belgilangan kursatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga To‘la to‘qis tayyorlashga, maktabda beriladigan ta’limni mukammal o‘zlashtirishga, mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi uchun xizmat qiladigan barkamol inson bo‘lib etishishlariga zamin hozirlaydi. 2017- yil iyun oyida maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. 2018-yil 7-iyulda “Ilk qadam “ dasturi qabul qilindi. MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillariga quyidagilar kiradi: bola huquqlari, o’ziga xos rivojlanish xususiyati va salohiyatlarini hisobga olish; ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o’zaro bog’liqligi bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo’llab-quvvatlash; orqali ta’lim berish va rivojlantirish bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulaymuhit yaratish bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash; bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash; MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; milliy madaniy an’analar qadryatlarni oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish; “Maktabgacha ta’lim konsepsiyasining maqsad va vazifalari 1997 yilda YUNESKO qaroriga ko‘ra, maktabgacha ta’limning nazariy asoslarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati bilan asoslangan “maktabgacha ta’lim” atamasi qabul qilindi. Ana shunday asosdan kelib chiqqan holda 2011 yilda Respublikamizda maktabgacha ta’lim rivojining asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, tamoyillarini o‘z ichiga olgan “Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi” ishlab chiqildi Maktabgacha ta’lim muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta’lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi. O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi 2008-2017 yillar davomidagi islohotlar va rivojlanishning konseptual Nizomidan iborat. Unga maktabgacha ta’limning asosiy mazmuni, maqsadi, vazifalari, yangilanish tamoyillari, amalga oshirishning usul va modellari kiritilgan. Maktabgacha ta’lim tizimining tuzilish tavsifi yoritilib, maktabgacha ta’lim muassasalari va pedagogik texnologiyalarni uslubiy ta’minlanish tavsifi berilgan. Ta’lim tizimi rivojlanishining zamonaviy davri – maktabgacha birinchi bosqichida quyidagilarda namoyon bo‘luvchi o‘zgarishlar yuz bermoqda: maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining huquqiy-me’yoriy asosi takomillashib bormoqda; muassasalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yangi shakllariga o‘tmoqda; nodavlat tashkilotlar tarmoqlari kengaymoqda; ta’limning ilg‘or texnologiyalari tatbiq etilmoqda; kadrlar malakasini oshirish tizimi takomillashmoqda; maktabgacha ta’lim muassasalarining alternativ shakllari tatbiq etilmoqda. Moliya institutlari ishtirokida investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalarining innovatsion va eksperimental faoliyati kengaymoqda. YUNESKO qarori bilan 1997 yilda “maktabgacha ta’lim” termini kiritilgan. Bu esa maktabgacha ta’limning nazariy asosini qaytadan ko‘rib chiqish zarurligini belgilaydi. Shunga ko‘ra, mazkur maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi 2017 yilgacha bo‘lgan vazifalar, strategiyasi, maqsadi, tamoyillari, rivojlanish vazifalarini aniqlaydi. Konsepsiyada davlatimizda, chet elda maktabgacha ta’lim rivojlanishining zamonaviy g‘oyalari aks ettirilib, shuningdek, psixolog-olimlar, pedagoglar, defektologlar, ota-onalar jamoatchiligi fikrlari inobatga olingan. Konsepsiyaning huquqiy asosi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining quyidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va ta’lim sohasidagi boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlaridir. Nazorat savollari 1.“Ilk qadam” o’quv dasturini mazmuni 2.MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari 3.“Maktabgacha ta’lim konsepsiyasining maqsad va vazifalari O’bekiston Respublikasining oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 465-sonli buyrug’iga 1.1 ilova « TASDIQLAYMAN »
Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling