Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti


Chorvachilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati


Download 0.61 Mb.
bet3/13
Sana19.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1603750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Chorvachilikda investitsiyalarni jalb etish samaradorligi

2.2.Chorvachilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati.
Chorvachilik – mamlakatimiz qishloq xo’jaligining muhim tarkibiy qismidir. Chunki bu tarmoqda inson salomatligi uchun zarur bo’lgan turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladi. Go’sht, sut va tuxum aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo’lib, ularsiz oziq moddalariga bo’lgan talabni qondirib bo’lmaydi. Chorvachilik tarmog’ining aholini oqsil va uglevodlarga boy sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda o’rni beqiyosdir. Chorvachilik sanoatning ko’pgina yo’nalishlari uchun xomashyo yetkazib beradi. Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi chorvachilik tarmoqlari tomonidan yetkazib beriladigan xomashyolarga ham bog’liqdir. Chorvachilik tarmog’i dehqonchilikni mahalliy o’git bilan ham ta’minlaydi. Bu esa tuproq unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Chorvachilik yirik tarmoq bo’lib, o’z navbatida hayvonlar turlari va yetishtiriladigan mahsulotlar xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi kichik tarmoqlarga bo’linadi:

    • qoramolchilik;

    • qo’ychilik va echkichilik;

    • parrandachilik;

    • yilqichilik;

    • mo’ynachilik;

    • cho’chqachilik;

    • baliqchilik;

    • asalarichilik va boshqalar.

Aholini zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish tizimlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Aholi soni ko’payishi va sanoat korxonalari quvvatlarining oshishi chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan talabning o’sishiga olib kelmoqda. Aholining chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish uchun bir qancha tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini rivojlantirish kerak. Chorvachilik tarmog’ini jadal rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorvachilik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni yo’lga qo’yish muhim ahamiyatga ega.
Chorvachilik bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarning zamonaviy talablarga javob beradigan moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich rivojlantirishga alohida e'tibor berish lozim. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda chorvachilik mahsulotlari asosan dehqon xo’jaliklarida yetishtirilmoqda. Bu esa chorvachilik mahsulotlari yetishtirish jarayonini mexanizatsiyalashtirish, naslchilik ishlarini ilmiy asoslangan holda tashkil etish, ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish imkoniyatlarini cheklab qo’yadi. Bu masalani hal etish uchun chorvachilik sohasiga ixtisoslashgan klasterlarni tashkil etish, fermer xo’jaliklarida ham chorvachilikni rivojlantirishga, bu jarayonga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga e’tibor berish zarur.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan yirik dasturlar ishlab chiqilib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo’yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Masalan, shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirish dasturini amalga oshirish yuzasidan bajarilayotgan chora-tadbirlar bugungi kunda sezilarli natijalar bermoqda.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling