Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti


Download 0.61 Mb.
bet1/13
Sana19.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1603750
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Chorvachilikda investitsiyalarni jalb etish samaradorligi


Mavzu:Chorvachilikda investitsiyalarni jalb etish samaradorligi
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1.Chorvachilikda investitsiyalarni jalb etish samaradorligi
2.2.Chorvachilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati.
2.3.Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish holati.
2.4.Chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari va samaradorligini oshirish yo’llari.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Mustaqilllikning ilk yillaridan mamlakatimiz qishloq xo’jaligida davlat mulkini xususiylashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. Shu maqsadda 1995-yil 24-martda O’zbekiston


Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilikda
xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo’llabquvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 96-sonli qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorda 1995-yil oxirigacha chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilmagan xo’jaliklardagi chorvachilik fermalarini xususiylashtirish belgilab berilgan. Unga ko’ra chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni kim oshdi savdosi asosida sotish nazarda tutilgan edi. Ushbu qarorda xususiylashtirilgan fermalarga chorva ozuqasi yetishtirish uchun, har bir xo’jalikning aniq tabiiyiqtisodiy hududlaini va yer resurslarini hisobga olgan holda, shartli har bosh mol hisobiga sug’oriladigan yerlardan Andijon, Farg’ona, Namangan, Toshkent, Xorazm va Samarqand viloyatlarida 0,3 gektardan, Qoraqalpog’iston Respublikasida va boshqa viloyatlarda 0,45 gektardan, lalmi yerlarda esa 2 gektardan yer ajratish nazarda tutilgan bo’lib, qarorning 1-ilovasiga ko’ra respublikamiz bo’yicha jami 144,4 ming gektar yer ajratilishi ko’rsatilgan edi. Bundan tashqari, chorvachilik fermalarini xususiylashtirishda yangi mulkdorlarning ulush qo’shib qatnashishlari asosida mavjud kommunikatsiyalar, ozuqa sexlari, transport vositalari va qishloq xo’jaligi texnikasi negizida shirkatlar tashkil etilishi nazarda tutilgan edi. Yuqoridagi qaror asosida mamlakatimizda mavjud ko’plab chorvachilik fermalari xususiylashtirildi, lekin ularning faoliyati ko’zlangan natijalarni bermadi. Bunga asosiy sabablardan biri – chorvachilik fermasini xususiylashtirib olgan tadbirkorlarning o’z faoliyatini samarali davom ettirib ketishlari uchun zarur bo’lgan investitsiyalarni amalga oshira olmaganliklari hamda chorva mollarini mustahkam ozuqa bazasi bilan ta’minlash uchun yetrali miqdorda sug’oriladigan yer maydonlari ajratib berishda kamchiliklarga yo’l qo’yilganligidir.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling