Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti


Download 0.61 Mb.
bet7/13
Sana19.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1603750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Chorvachilikda investitsiyalarni jalb etish samaradorligi

2016

2017

2018

2019

O’zbekiston Respublikasi

19697,9

20640,9

21580,5

21906,9

Qoraqalpog’iston Respublikasi

939,7

1031,8

1089,7

1115,1

Andijon

1290,5

1365,1

1434,9

1437,2

Buxoro

2043,4

2068,2

2115,9

2189,1

Jizzax

1823,0

2006,9

2118,3

2155,7

Qashqadaryo

4412,6

4518,4

4599,2

4614,2

Navoiy

1834,0

1875,0

2091,8

2151,4

Namangan

702,4

716,0

765,1

767,6

Samarqand

2205,8

2282,8

2397,1

2434,2

Surxondaryo

2089,7

2234,1

2316,9

2361,4

Sirdaryo

293,5

320,0

347,6

347,7

Toshkent

838,1

975,4

1024,4

1040,1

Farg’ona

829,2

831,8

851,4

856,7

Xorazm

396,0

415,4

428,2

436,5

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda qo’y va echkilar bosh soni ham so’nggi yillarda ortmoqda. 2016-yilda 19697,9 ming bosh qo’y va echkilar bo’lgan bo’lsa, 2019-yilga kelib ushbu ko’rsatkich 21906,9 ming boshni tashkil etgan. Jadval ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatimizda jami qo’y va echkilar soni bo’yicha 2019-yil holatiga Qashqadaryo (4614,2 ming bosh), Samarqand (2434,2 ming bosh) va Surxondaryo (2361,4 ming bosh) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’lsa, Namangan (767,6 ming bosh), Xorazm (436,5 ming bosh) va Sirdaryo (347,7 ming bosh) viloyatlari eng past ko’rsatkichga ega. Mamlakatimizda hozirgi vaqtda qo’y va echkilar sonining asosiy qismi dehqon xo’jaliklari tasarrufidadir. 2019-yil holatiga ushbu ko’rsatkich 82,5 foizni tashkil etgan.
Chorvachilik tarmoqlari ichida parrandachilik ham muhim ahamiyatga ega. Parrandachilik aholini to’yimli parhez oziq-ovqat mahsuloti va oqsilga boy tuxum bilan ta’minlaydi. Xalqimiz tomonidan parrandachilik “yetti xazinaning biri” sifatida e’tirof etiladi. Darhaqiqat, parrandachilik juda serdaromad soha hisoblanadi. Shu sababli mamlakatimizda parrandachilikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
10-jadval
Barcha turdagi parrandalar bosh soni (yil oxiriga, ming bosh)


2016

2017

2018

2019

O’zbekiston Respublikasi

67037,7

74870,1

86374,8

87859,7

Qoraqalpog’iston Respublikasi

3285,3

3871,4

4310,8

4524,8

Andijon

6682,0

7116,7

7478,9

8002,9

Buxoro

3774,5

4029,4

4695,1

5356,7

Jizzax

2641,6

2956,1

3285,8

3574,5

Qashqadaryo

5024,3

5710,6

6215,3

6049,1

Navoiy

2272,5

2234,8

2721,0

3031,9

Namangan

3839,8

4934,7

5708,7

5849,1

Samarqand

8941,6

11159,0

12755,1

12864,8

Surxondaryo

3985,8

4099,9

4808,5

4893,7

Sirdaryo

1936,2

1717,4

2619,9

2588,5

Toshkent

14242,8

16024,2

18229,5

17039,2

Farg’ona

5356,5

6077,0

7988,7

8119,7

Xorazm

5054,8

4938,9

5557,5

5964,8

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda barcha turdagi parrandalar soni ham so’nggi yillarda ortmoqda. 2016yilda 67037,7 mingta parranda bo’lgan bo’lsa, 2019-yilga kelib ushbu ko’rsatkich 87859,7 mingtani tashkil etgan. Mamlakatimizda jami parrandalar soni bo’yicha 2019-yil holatiga Toshkent (17039,2 ming bosh) va Samarqand (12864,8 ming bosh) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega va ushbu viloyatlar parrandalar umumiy sonida dehqon xo’jaliklari ulushining pastligi bilan ham ajralib turadi. Ushbu viloyatlarda parrandachilik asosan parrandachilik fabrikalarida rivojlangan. 2020-yil 1-yanvar holatiga Toshkent viloyati jami aholisi soni 2941,9 ming kishini, Namangan viloyatida esa 2810,8 ming kishini tashkil etgan, shunga mutanosib ravishda ushbu viloyatlardagi dehqon xo’jaliklari soni ham bir-biriga yaqin, ammo Toshkent viloyatida parrandalar soni Namangan viloyatidagi parrandalar soniga nisbatan deyarli 3 barobar ko’p. Bundan ko’rinadiki, parrandachilikni rivojlantirishda sanoat usulidan foydalanish yuqori samara beradi. Chunki, dehqon xo’jaliklarida parrandalar sonini keskin ko’paytirish, ularni ilmiy asoslangan ratsion asosida oziqlantirish, ish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, turli kasalliklarga qarshi kurashish imkoniyati parrandachilikka ixtisoslashgan fermalarga nisbatan past bo’ladi. Mamlakatimizda jami parrandalar soni bo’yicha 2019-yil holatiga Jizzax (3574,5 ming bosh), Navoiy (3031,9 ming bosh) va Sirdaryo (2588,5 ming bosh) viloyatlari eng past ko’rsatkichga ega. Aholining tuxum va parhez taom hisoblanuvchi parranda go’shtiga bo’lgan talabini yanada to’liqroq qondirish uchun boshqa viloyatlarda ham parrandachilik fabrikalari tashkil etish va ular faoliyatini rivojlantirish lozim.
11-jadval Ishlab chiqarilgan go’sht (ming tonna)


2016

2017

2018

2019

O’zbekiston Respublikasi

2172,5

2286,8

2430,5

2473,6

Qoraqalpog’iston Respublikasi

95,2

101,3

105,2

106,9

Andijon

134,0

135,6

146,1

151,6

Buxoro

209,3

223,5

243,0

253,9

Jizzax

190,2

203,3

212,4

212,9

Qashqadaryo

266,2

281,9

289,3

293,7

Navoiy

142,0

148,4

157,3

159,1

Namangan

125,0

134,9

143,8

150,9

Samarqand

258,0

262,8

294,6

297,3

Surxondaryo

168,5

177,6

184,1

186,5

Sirdaryo

60,4

62,9

64,8

67,3

Toshkent

238,9

258,6

264,4

267,0

Farg’ona

148,0

149,5

167,6

167,9

Xorazm

136,8

146,5

157,9

158,6

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda go’sht ishlab chiqrish so’nggi yillarda ortmoqda. 2016-yilda 2172,5 ming tonna go’sht ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2019-yilga kelib ushbu ko’rsatkich 2473,6 ming tonnani tashkil etgan. Barcha viloyatlarda go’sht ishlab chiqarish hajmi oshganligini ko’rishimiz mumkin. Go’sht ishlab chiqarish bo’yicha 2019-yil holatiga Toshkent (267,0 ming tonna), Qashqadaryo (293,7 ming tonna) va Samarqand (297,3 ming tonna) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’lsa, Qoraqalpog’iston Respublikasi (106,9 ming tonna) va Sirdaryo viloyati (67,3 ming tonna) eng past ko’rsatkichga ega.
Go’sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini yanada ko’paytirish uchun qoramolchilikni fermer xo’jaliklarida, chorvachilik klasterlarida ham rivojlantirish, yirik qoramolchilik komplekslarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki chorvachilikka ixtisoslashgan yirik ishlab chiqaruvchilarda ishlarni mexanizatsiyalashtirish va shu orqali mehnat unumdorligini oshirish, chorva mollarini ilmiy asoslangan me’yorlar darajasida mustahkam ozuqa bazasi bilan ta’minlash, naslchilik ishlarini yo’lga qo’yish, zootexniya va veterinariya xizmatlarini tashkil etish imkoniyatlari ancha yuqori bo’ladi. 2007-yilning qish oylarida ob-havoning noqulay kelishi, ya’ni qorning uzoq muddat davomida erimasdan turishi, havo haroratining sovuq bo’lishi mamlakatimizda chorvachilik tarmog’iga kata talofot yetkazdi. Chunki, dehqon xo’jaliklarida g’amlangan chorva ozuqasining yetishmasligi, chorva mollarini saqlovchi inshootlarning talab darajasida emasligi va boshqa shu kabi omillar natijasida chorva mollarining nobud bo’lishiga olib keldi. Shuni inobatga olgan holda chorvachilikni dehqon xo’jaliklari bilan bir qatorda boshqa tadbirkorlik shakllarida ham rivojlantirish maqsadga muvofiq.
Mamlakatimizda sut ishlab chiqarish hajmi to’g’risidagi ma’lumotlar 12-jadvalda keltirilgan.
12-jadval Sut ishlab chiqarish (ming tonna)



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling