Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti
Chorvachilikda investitsiyalarni jalb etish samaradorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pilla ishlab chiqarish, tonna
2021
|
2022 |
2023 |
2024 | ||||
2025 | |||||||
Yaylovlar maydoni |
ming ga |
17727 |
17727 |
17727 |
17727 |
17727 | |
Qorako’l naslli qo’ylar |
ming bosh |
6270 |
6897 |
7932 |
8725 |
9619 | |
Jun ishlab chiqarish |
tonna |
15048 |
16553 |
19036 |
20940 |
23086 | |
Jundan yigirilgan ip ishlab chiqarish |
tonna |
6019 |
6621 |
7614 |
8376 |
9234 | |
Gilamlar ishlab chiqarish |
ming m2 |
301 |
331 |
381 |
419 |
462 | |
Kigiz ishlab chiqarish |
ming m2 |
3143 |
3414 |
3860 |
4176 |
4595 | |
Terilar ishlab chiqarish |
ming dona |
608 |
669 |
769 |
846 |
933 | |
Qorako’ldan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish |
ming dona |
243 |
268 |
308 |
339 |
372 | |
Qorako’l mahsulotlarini eksport qilish |
mln. dollar |
15 |
25 |
30 |
35 |
45 | |
Investitsiyalar hajmi |
mln. dollar |
15 |
15 |
15 |
15 |
15 | |
Ish o’rinlari |
Doimiy |
Shtat birligi |
36775 |
40453 |
46520 |
51172 |
56577 |
Mavsumiy |
49152 |
54068 |
59474 |
65422 |
75619 | ||
Jami |
85927 |
94520 |
105995 |
116594 |
132196 |
Manba: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059sonli farmoni
Surxondaryo viloyatida ham 737 ming gektar yer ajratish mo’ljallangan bo’lib, qorako’l naslli qo’ylar soni 2021-yilda 45 ming boshni, 2025-yilga borib esa 295 ming boshni tashkil etishi mo’ljallangan. Ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq ozuqa bazasini yaratish uchun qorako’lchilik klasterlariga respublikamiz bo’yicha jami 9200 gektar yer, shu jumladan Surxondaryo viloyatida 1000 gektar yer ajratish belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorako’lchilik tarmog’ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4420-sonli qaroriga muvofiq naslchilik qorako’lchilik xo’jaliklariga ozuqalar yetishtirish maqsadida sug’oriladigan yerlar ajratib berish nazarda tutilgan bo’lib, respublikamiz bo’yicha jami 3235 gektar ajratilishi nazarda tutilgan bo’lib, shundan 3125 gektariga arpa va jo’xori, 110 gektariga esa beda ekish uchun ajratish nazarda tutilgan. Surxondaryo viloyatidagi qorako’lchilikka ixtisoslashgan yagona xo’jalik bo’lgan Qumqo’rg’on tumanidagi “Bobotog’ suri qorako’lchilik” MChJga ham 120 gektar sug’oriladigan yer ajratish nazarda tutilgan bo’lib, ushbu maydonning barchasiga arpa va jo’xori ekish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, qorako’lchilik sohasida naslchilik seleksiya ishlarini takomillashtirish, jahon bozori nalablariga mos bo’lgan raqobatbardosh qorako’l terisi ishlab chiqarish va uni qayta ishlashni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida
Qorako’lchilikni rivojlantirish jamg’armasi tashkil etildi.
Mazkur qarorda qorako’lchilik mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etuvchi korxonalar faoliyatini rivojlantirish ham nazarda tutilgan bo’lib, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida loyiha qiymati 31 mlrd. so’m bo’lgan 3 ta korxona faoliyatini yo’lga qo’yish rejalashtirilgan. Ushbu mablag’larning 9 mlrd. so’mi korxonalarning o’z mablag’lari, 22 mlrd. so’mi esa Qorako’lchilikni rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan moliyalashtirilishi ko’rsatib o’tilgan. Ushbu korxonalar yiliga 560 ming dona terini (shundan 350 ming dona qorako’l teri va 210 ming dona qo’y terisi) qayta ishlash quvvatiga ega bo’lishi nazarda tutilgan.
Ushbu qarorga ko’ra, 2019-2023-yillarda qorako’lchilik xo’jaliklariga yetishtirib eksportga sotilgan har bir dona qoarko’l terisi uchun O’zbekiston Respublikasi davlat budjetidan 50 ming so’mdan va har bir dona qorako’lcha terisi uchun 75 ming so’mdan subsidiyalar ajratilishi belgilab qo’yilgan.
2021-yil 9-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qorako’lchilik tarmog’ini yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4984-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga ko’ra, 2021-yil 1-martgacha qorako’lchilik klasterlariga qishloq xo’jaligida foydalanilmayotgan sug’oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish sharti bilan ozuqalar yetishtirish uchun yer maydonlari ajratilishi nazarda tutilgan. Shunga ko’ra, 2021-yil 15-fevralgacha 100 milliard so’m mablag’lari “Turonbank” ATBga Markaziy bank asosiy stavkasida ajratiladi. Mazkur mablag’lar Respublika “Qorako’lchilik” uyushmasi a’zolariga 3 yil muddatgacha, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasiga 2 foizlik bank marjasini qo’shish orqali hisoblanadigan stavka bo’yicha kredit sifatida taqdim etilishi ko’rsatib o’tilgan. Qarorga ko’ra, 2024-yil 1-yanvargacha Pillachilik va qorako’lchilikni rivojlantirish qo’mitasining doimiy egaligidagi yaylovlar hamda O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi tomonidan Qo’mitaga ijaraga berilgan yaylovlar uchun belgilangan yer solig’i stavkasi 50 foizga kamaytirlishi ko’zda tutilgan. Shuningdek, nasldor qo’y va echkining, shu jumladan qorako’l zotli qo’ylarning xorijiy davlatlardan import qilingan har bir embrioniga respublika budjeti mablag’lari hisobidan 400 ming so’m miqdorida subsidiya taqdim etilishi belgilab qo’yilgan. Bundan tashqari, 2021-yil 1-apreldan Uyushma a’zolariga o’zlari tomonidan import qilingan qo’y bosh sonining 50 foizidan oshmagan qismini tirik va xom go’sht ko’rinishida eksport qilishga ruxsat etilgan.
2020-yil 2-sentabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi pillachilik va qorako’lchilikni rivojlantirish qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-4817-sonli qarori ham qabul qilindi.
17-jadval Pilla ishlab chiqarish, tonna
- Download 0.61 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling