Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti


Download 0.61 Mb.
bet11/13
Sana19.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1603750
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Chorvachilikda investitsiyalarni jalb etish samaradorligi

2016

2017

2018

2019

O’zbekiston Respublikasi

65322,1

83900,4

90984,3

121717,0

Qoraqalpog’iston
Respublikasi

4515,0

6157,2

9856,7

12847,0

Andijon

2088,1

4081,0

10224,0

11048,6

Buxoro

2812,7

3399,7

3737,9

5798,3

Jizzax

11197,7

13837,6

7151,5

10314,9

Qashqadaryo

3952,3

4769,6

4796,1

5714,4

Navoiy

7669,7

12565,9

10882,4

11997,6

Namangan

3383,6

5218,0

5360,0

6931,6

Samarqand

2540,3

3435,3

4006,1

8974,1

Surxondaryo

2579,9

3876,0

3815,9

3610,8

Sirdaryo

2279,0

2222,4

5375,9

9994,1

Toshkent

8171,1

8155,1

9867,2

7896,6

Farg’ona

5214,1

6781,6

6430,3

10567,6

Xorazm

8918,6

9401,0

9480,3

16021,4

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda ovlangan baliq miqdori so’nggi yillarda ortmoqda. 2016-yilda 65322,1 tonna baliq ovlangan bo’lsa, 2019-yilga kelib ushbu ko’rsatkich
121717,0 tonnani tashkil etgan. 2019-yilda ovlangan baliq miqdorining 2016-yildagi ovlangan baliq miqdoriga nisbatan o’sish sur’ati 186,3 foizni tashkil etgan. Ovlangan baliq miqdori bo’yicha 2019-yil holatiga Xorazm viloyati (16021,4 tonna) va Qoraqalpog’iston Respublikasi (12847,0 tonna) yuqori ko’rsatkichga ega bo’lsa, Buxoro (5798,3 tonna), Qashqadaryo (5714,4 tonna) va Surxondaryo (3610,8 tonna) viloyatlari eng past ko’rsatkichga ega.
Mamlakatimizda 2019-yilda ovlangan 121717,0 tonna baliqning 42321,5 tonnasi yoki 34,8 foizi tabiiy suv havzalaridan ovlangan bo’lib, qolgan 65,2 foizi tadbirkorlar tomoidan tashkil etilgan sun’iy suv havzalaridan ovlangan.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan baliqchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Baliq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot (xizmatlar) hajmi so’nggi yillarda barqaror o’smoqda (1-rasm).

1-rasm. Baliq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot (xizmatlar) hajmi, mlrd. so’m
Ushbu rasmdan ko’rinib turibdiki, 2019-yilda baliq xo’jaligida 1468,6 mlrd. so’mlik mahsulot yetishtirilgan bo’lib, 2016-yilga nisbatan 2,5 barobar o’sishga erishilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-avgustdagi
“Baliqchilik tarmog’ini qo’llab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4816-sonli qaroriga muvofiq: - 2020-yildan boshlab sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiradigan baliqchilik xo’jaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq suv obyektlaridan olingan va qaytarib chiqarilgan suv hajmi o’rtasidagi farqidan kelib chiqib, qishloq xo’jaligi yerlarini sug’orish uchun belgilangan stavkalarda hisoblanadi;

  • kollektor drenaj suvlaridan olib foydalanilgan suv resurslari soliq solish obyekti hisoblanmaydi.

Ushbu qarorda Suv xo’jaligi vazirligi foydalanish mumkin bo’lgan kollektor-drenaj tarmoqlari, undagi suvlarning sho’rlanish darajasi va sifati doimiy nazorat qilinishi hamda bu to’g’risidagi ma’lumotlarni o’zining rasmiy veb-saytida ko’rsatib borishni ta’minlashi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiradigan baliqchilik xo’jaliklari, suv yetkazib beruvchi tegishli tashkilotlar va “O’zbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda har yili 15-yanvardan kechikmagan muddatda belgilangan tartibda uch tomonlama shartnoma tuzishi belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmog’ini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4576-sonli qaroriga muvofiq 2020-2022-yillarda “O’zbekbaliqsanoat” uyushmasiga a’zo bo’lgan intensiv usulda baliq yetishtiruvchi xo’jaliklarga davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:

  • intensiv usulda yetishtirilgan har bir tonna baliq mahsuloti uchun1 million so’m miqdorida;

  • O’zbekiston Respublikasi hududiga import qilingan 1 dona nasldor ona baliqning 3,5 million so’mgacha bo’lgan xarajatlariniing 50 foizi miqdorida.




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling